Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Moliyaviy siyosatga muvofiq bo‘lmagan javobni belgilang



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Moliyaviy siyosatga muvofiq bo‘lmagan javobni belgilang. 
a)
Faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish 
b)
Ijtimoiy siyosatga muvofiq
c)
Iqtisodiy siyosatga muvofiq
d)
Faqat ijtimoiy siyosatga bog‘lab qo‘yish 
4.
 
Moliyaviy boshqaruv tizimining eng asosiy elementi –bu… 
a)
Davlat siyosati 
b)
Moliyaviy siyosati 
c)
Soliq siyosati 
d)
Xo‘jalik siyosati 
5. Quydagilardan qaysi biri moliyaviy boshqaruvning aniq 
metodlari va shalklariga kiradi?
a)
Moliyaviy rejalashtirish 
b)
Moliyaviy barqarorlik 
c)
Moliyaviy daromad 
d)
Moliyaviy inqiroz 


67 
6-MAVZU: MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA 
SOLISH 
 
Reja:
1. Moliyaviy rejalashtirish haqida tushuncha. 
2. Moliyaviy bashoratlash. 
3.Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.
Kalit so‘zlar:
moliyaviy taktika, rejalashtirish, moliyaviy 
apparat, moliyaviy rejalashtirish. 
Mashg‘ulotning maqsadi: 
Moliyani rejalashtirishni tavsiflash. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot mate-
riallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, 
o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va shu kabilar. 
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanish-
tirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qi-
tishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum, 
taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.
1. Moliyaviy rejalashtirish 
 
Har qanday iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy 
bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, umumiy 
shaklda rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish 
bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada 
umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini 
muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi 
“rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish 
amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) 
va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli 
faoliyatni 
bildiradi. 
Shu 
ma’noda, 
moliyaviy 
resurslarning 
balansliligini (muvozanatini) va proporsionalliligini (mutanosibligini) 
ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan 
moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida 


68 
(qo‘lida) qolgan daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. 
Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, 
mintaqalar va davlat subyektlari bo‘yicha daromadlarning soliq 
to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari (miqdorlari) 
o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish 
yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish 
yoki cheklab qo‘yishi mumkin. 
Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish 
deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni 
nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni ishlab chiqish, yaratish 
yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil 
qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash 
kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumot-
larini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish 
va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, 
moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. 
Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u 
yoki bu subyekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining 
hayotchanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. 
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy 
tahlil qilish; 

jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan 
mablag‘larni joylashtirish menejmenti; 

firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, 
hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi; 

investision menejment; 

kapitallar menejmenti; 

faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va 
boshqalar). 
Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashti-
rishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – 
markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada 
formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi 
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning 
loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish 


69 
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm 
surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ 
qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi.
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy 
harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu 
tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin 
bo‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati 
hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatidagi barcha 
risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali 
oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. 
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy 
metodlardan foydalanish mumkin: 

iqtisodiy tahlil metodi; 

normativ metod; 

balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; 

ko‘p variantlilik metodi; 

iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi; 

va boshqa metodlar. 
Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashti-
rishning tarkibiy qismi bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘r-
satkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyat-
larini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. 
Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyida-
gilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi 
zarurligini belgilab beradi: 

pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari 
va metodlarining o‘ziga xosligi; 

moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta 
taqsimlash. 
Moliyaviy rejalashtirishning bosh obyekti rejada o‘zining 
miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo‘g‘inlari(moliyaviy 
munosabatlar) hisoblanadi. Pul fondlari mablag‘larining harakati 
yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda 
ifodalanadi va mustahkamlanadi. 
Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egal-
laydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni 


70 
shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, 
daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining 
miqdoriy ifodasini topadi. 
Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi,
sug‘urta fondi, tibbiyot sug‘urtasi fondi, yo‘l fondi, aholi bandligi 
davlat fondi kabilarning moliyaviy rejalarida (smetalarida), ularning 
daromadlari va xarajatlarida o‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar 
qismida yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari 
ifodalanadi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag‘lari 
tushishi, mablag‘lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan 
qarzga mablag‘lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari 
bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Sug‘urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va 
fuqarolar masshtabidagi yo‘qotmalarni tiklash uchun kerak bo‘ladi. 
Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlarini hisobga olish 
uchun sug‘urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan 
foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida 
korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa 
fondlardan (byudjet yo‘nalishidagi) mablag‘larning tushishi, xarajatlar 
qismida esa tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlarni qoplash, sug‘urta-
langanlarga sug‘urta to‘lanmalari so‘mmasini to‘lash kabilar aks 
ettiriladi. Sug‘urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning 
rejasi mablag‘larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi. 
Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy daraja-
lariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar, 
moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari 
harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi. 
Istiqboldagi 
(istiqbol 
uchun 
mo‘ljallangan) 
moliyaviy
rejalashtirish iqtisodiy va taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni 
muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek, 
ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy 
oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy 
tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o‘z 
vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. 
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy
rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili 


71 
uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular 
davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari 
kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar 
mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari iqtisodiy rivojla-
nishining aniqlashtirilgan o‘rta muddatli bashoratining ko‘rsatkichlarini 
hisobga olgan holda har yili o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) 
mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va 
balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda 
davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va 
har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar 
balansi muhim o‘rinni egallaydi. Davlatning yig‘ma moliyaviy 
balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning subyektlari, 
mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barcha 
daromadlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U o‘tgan yilgi 
davlatning hisobot yig‘ma moliyaviy balansi (hisobot moliyaviy 
resurslar balansi) asosida va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining 
bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular 
byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya 
tizimining boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, 
sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va 
nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari tarkibida rejalashtirilayotgan 
resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moli-
yaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’mu-
riy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moli-
yaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi sub-
yektlar o‘rtasida mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga 
imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy re-
surslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga bir-
lashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuning-
dek, boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining 
balansi – davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar 


72 
balansi) bevosita bog‘langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz 
shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o‘z ifodasini topadi. 
Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o‘zining 
manbasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi: 

ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari 
uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish 
beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan xarakterdagi to‘lanmalar; 

tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalar-
ning foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va
moliya – kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar; 

transfertlar – davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va
boshqalar. 
Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul 
xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi: 

iste’mol xarajatlari; 

soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar; 

pul to‘planmalari va jamg‘armalar. 
Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari 
va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va 
pensiya ta’minotining o‘sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshgan-
ligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari 
va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar 
aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun 
muhim rol o‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va 
moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi 
tomonidan ishlab chiqiladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin