Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

2. Moliyaviy bashoratlash 
 
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur 
etib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin 
bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va 
moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy basho-
ratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash 
ikkiga ajratiladi: 

o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; 


73 

uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. 
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan 
oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi 
taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi 
ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi
bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish 
manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy 
bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va 
takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari 
va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. 
Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab 
chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi 
bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha 
subyektlari oldida turgan iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal 
qilishning) turli senariyalari ishlab chiqiladi. 
Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo‘llanilishini taqoza 
etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq 
ravishda moliyaviy reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakter-
laydigan ekonometrik modelni qurish (yaratish); 

korrelyatsion-regression tahlil; 

bevosita ekspertli baholash metodi. 
Shu asoslar aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning 
vositalari yotgan dasturli – maqsadli yondashuvdan foydalanadigan 
moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlash-
tirish quyidagilarning bo‘lishini ko‘zda tutadi: 

yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini 
belgilash (o‘rnatish); 

davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish; 

muqobil 
variantning 
tanlanishiga 
muvofiq 
ravishda 
moliyalashtirishni to‘xtatish. 
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga 
(resurslarga) bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, 
ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zahiralarning hajmi, 
kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial 


74 
yo‘qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq 
va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning
muhim metodi sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirish-
ning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan 
asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mohiyati
besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan 
belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining kutilayotgan 
ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda 
ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan 
keyingi yilga) ko‘chiriladi. Oldinda turgan birinchi yilning reja 
ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt yillik ko‘rsatkichlar esa 
mo‘ljalli (oriyentirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab 
chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo‘yicha balanslilikka 
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va boshqa tadbirlar 
tizimidan iborat bo‘lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng 
foydalanilmoqda. 
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

ishlab chiqarish, investision va moliyaviy faoliyatlarni 
kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; 

pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish 
hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni 
qidirib topish; 

kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan 
oqilona va samarali foydalanishni baholash; 

kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish; 

korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga 
layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish. 
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari 
davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich 
material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning 
informasion asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi 
moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar 
daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning obyektiv 
ravishda o‘zaro bog‘liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, 


75 
shuningdek, kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin