Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Moliyaviy rejalashtirishning obyekti



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Moliyaviy rejalashtirishning obyekti
– bu davlat va xo‘jalik 
subyektlarining 
moliyaviy 
faoliyati 
hisoblanadi. 
Moliyaviy 
rejalarning shakli korxonalar, muassasalar va birlashmalarning ishlab 
chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatidan kelib chiqib, alohida 
muassasaning «Smetasi»dan boshlab, davlatning «yig‘ma moliyaviy 
balansi»gacha bo‘ladi. Har bir moliyaviy rejada ma’lum bir 
muddatga mo‘ljallangan daromadlar va xarajatlar moliya sohalari va 
kredit tizimi bilan aloqalari (badallar, ajratmalar, byudjetga soliqlar, 
bank krediti uchun to‘lovlar va bosh.) aniq qilib belgilanadi. 
Moliya tizimining barcha bo‘ginlari moliyaviy rejalashtirishni 
amalga oshiradi, biroq moliyaviy rejaning shakli, tarkibi, tuzilishi va 
hajmi har bir bo‘ginning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. 
Masalan, tijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlari 
«daromadlar va xarajatlar balansi» shaklidagi moliya rejasini tuzsa, 
notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlari «smeta 
xarajatlari» tuzadi, jamoa birlashmalari, kooperativ, sug‘urta 
tashkilotlar moliyaviy rejalar tuzsa, davlat boshqaruv organlari 
respublika hamda mahalliy byudjetlarni tuzadilar. 


61 
Moliyaviy rejalashtirishning muayyan vazifalari moliyaviy 
siyosat tomonidan belgilanib, quyidagi ko‘rsatkichlarni qamrab oladi: 
– rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul resurslari 
va ularning manbalarini aniqlash; 
– daromadlar hajmini oshirish va xarajatlarni tejab iqtisod 
qilish; 
– markazlashgan va markazlashmagan pul fondlari o‘rtasida pul 
resurslarini taqsimlashda optimal proporsiyani belgilash va boshqalar. 
Sobiq Ittifoq davrida derektiv rejalashtirish keng qo‘llanilgan. 
Derektiv rejalashtirish boshqaruv tizimining funksiyalaridan biri bo‘lib, 
o‘zgarmas qat’iy xususiyati bilan ajralib turgan. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida rejalashtirish boshqaruv tizimining asosiy funksiyasi bo‘la 
turib, davlatning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini to‘liqligicha qamrab 
olmaydi. Agar rejali iqtisodiyotda moliyani boshqarish, asosan, 
taqsimlash sohasiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti 
sharoitida esa ishlab chiqarish jarayonining ayirboshlash sohasiga 
asosiy e’tibor qaratiladi. Chunki, ayirboshlash orqali mahsulot va 
xizmatlar sotiladi va mahsulot ishlab chiqarishga hamda sotilishiga 
ketgan ijtimoiy zaruriy xarajatlar tom ma’noda tan olinadi. 
Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishni rad etmaydi, ammo ma’muriy 
buyruqbozlik tizimining rejalashtirishga nisbatan egiluvchan va davr 
talabiga mos harakat qila oladigan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida bunday ijobiy natijaga erishish tahlillash va dasturlash 
orqali amalga oshiriladi. 
Moliyaviy ko‘rsatkichlarning tahliliy va rejali hisobotlari turli 
xil usullarda qo‘llaniladi. Ammo asosiylari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin