1. Moliyaviy nazoratning mohiyati
Nazorat – jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har
qanday davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat – butun nazorat tizimining tarkibiy qismi
bo‘lib, uning yo‘nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli
amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va
tarmoqlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali
foydalanishga qaratiladi.
Moliyaviy nazorat – moliyaning nazorat funksiyasini amalga
oshirish hamdir. Moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishi
jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining
o‘zgarishidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Korxonalarning
80
xo‘jalik
yuritish
imkoniyatlarining
kengayishi,
moliyaviy
mustaqilligi, tadbirkorlikning turli shakllarining vujudga kelishi
moliyaviy nazoratning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu maxsus shakl
va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar
yig‘indisidir. Moliyaviy nazorat tizimi subyektlar (nazorat
qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va
vositalarini birgalikda jamlab, o‘z ichiga oladi. Ular nazorat
obyektining holatini, ijroning kutilgan natijalarini aniqlash, ularni
tahlil qilish va baholash, tuzatish kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar
yo‘sinini ishlab chiqish uchun yaxlit uyg‘unlikda hamkorlik qiladi.
Moliyaviy nazorat – tarmoqlar iqtisodiyotidagi nazoratning
tarkibiy qismi bo‘lib, u qiymat kategoriyasi bilan bog‘liqdir.
Moliyaviy nazorat ma’lum bir sohalarda qo‘llanilib, o‘ziga xos
maqsadli yo‘nalishga ega bo‘ladi. Moliyaviy nazoratning obyektiga
moliyaviy
resurslarning
harakati,
shakllanishi
hamda
foydalanishdagi taqsimlash va pullik jarayonlar shuningdek,
tarmoqlar iqtisodiyotining barcha bo‘g‘inlaridagi fond shaklidagi pul
resurslari ham kiradi.
1. Moliyaviy nazorat – kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda
moliyani muhim rolining bir ko‘rinishidir.
2. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruv organlari faoliyatining
ko‘rinishlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaviy nazorat – boshqaruvning tartibga solish,
rejalashtirish, hisob-kitob va xo‘jalikni yurituvchi subyekt
faoliyatining tahlili singari mustaqil vazifasidir.
4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab
chiqarish, ayirboshlash, muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq
etiladi.
Moliyaviy nazorat – moliyaviy, kredit va xo‘jalik organlari
(tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy,
byudjet, soliq, kredit, hisob-kitob va kassa intizomini ta’minlashga
qaratilgan va pul xarajatlarining qonuniyligi, asosliligi va
oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun me’yorlari bilan tartibga
solinuvchi faoliyatidir.
81
Moliyaviy nazoratning vazifasi yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqish
me’yorlarini malakali belgilashdan iborat, qolgan barcha chetga
chiqishlarni qayd etish va bartaraf qilish talab qilinadi.
Boshqaruvning ichki va tashqi xo‘jalik jarayonlarini kuzatish,
tekshirishni amalga oshirar ekan, nazorat bozor iqtisodiyotida, bu
harakatlarning hammasi faqat samarali boshqarish uchun foydali
bo‘lgandagina mavjudlik huquqiga egadir.
Moliyaviy nazorat deganda – nazorat vazifalari yuklatilgan
davlat va jamoat organlarining korxonalar, muassasalar va
tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy samaradorligini
holis baholash maqsadi bilan bu faoliyat ustidan nazoratning ko‘p
tomonlama
tarmoqlardagi
tizimini,
xo‘jalik
va
maqsadga
muvofiqligini aniqlashni hamda davlat byudjeti daromadlarining
rezervlarini aniqlashni tushunmoq kerak.
Eng muhim jihati nazorat davomida belgilangan moliyaviy
qonunchilik me’yorlaridan chetlanish va buning natijasida keltirilgan
zararlarni aniqlash nazoratning mohiyatini belgilab beradi. Bu
jarayonda:
–
qonun nuqtai nazaridan nazorat qilinayotgan obyektning joriy
holati va kutilayotgan darajasi va yo‘l qo‘yiladigan daraja bilan
qiyoslanadi;
–
harakatlar, xarajatlar, natijalar, standartlar, rejalashtiri-
layotgan yoki zarur ma’lumotlar bilan qiyoslanadi;
–
qo‘llangan va huquqiy cheklashlar bilan amalga oshirilgan
harakatlar qiyoslanadi;
–
kutilayotgan va haqiqiylari oqilona va maqsadga muvofiqlari
bilan qiyoslanadi;
–
boshqa qiyoslashlar ham amalga oshiriladi.
Nazoratning mohiyati va nazorat qiluvchi shaxsning ish usuli
shundan iborat. O‘tkazilgan qiyoslashlardan ish manfaatiga xizmat
qiladigan va hatto aybdorlarni jazolash uchun baholash xulosalari
chiqarish
nazoratni
boshqarishning
boshqa
vazifalaridan
farqlaydigan maqsadi shu.
Shunday qilib, moliyaviy nazorat – davlat tomonidan tashkil
etishni nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil
jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va
82
muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan
nazorat tizimidir. Davlat byudjetini shakllantirish va sarflashdagi
rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha
darajalarida
operatsiyalarning
maqsadga
muvofiqligi
va
samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga o‘tish va ularni
buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi.
Nazorat maqsadi – tuzatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni
javobgarlikka tortish va bularning oldini olishdan iborat.
Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari
bilan bir qatorda, alohida vazirliklar orqali ham amalga oshiradi.
Umumdavlat boshqaruv organlari moliya nazoratini amalga
oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo‘jalik subyektlarining
mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinishidan qat’i nazar barchasini
qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliya
nazoratini faqat o‘zlarining tarkibidagi maxsus nazorat-taftish
organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa,
vazirliklar tarkibidagi korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va
aksionerlik
jamiyatlarining
ishlab
chiqarish
va
moliyaviy
faoliyatidan iborat bo‘ladi.
Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va
muassasa ichida tashkil qilingan iqtisodiy xizmat (buxgalteriya,
moliya bo‘limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa, alohida
korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida
korxona tarkibiga kiruvchi tuzulmaviy bo‘lim (filial, shaxobcha,
bo‘lim)lar hisoblanadi.
Jamoat moliya nazoratini alohida guruh, alohida jismoniy
shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab qilmaslik
sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo‘lib, tekshiruvchi
oldida turgan muayyan vazifalar nazarda tutiladi.
Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari
va xizmatlari amalga oshiradi.
Bevosita tekshirish moliyaviy ko‘rsatkichlar tarkibiga kiruvchi
foyda, daromad, bevosita va bilvosita soliqlar, rentabellik, mahsulot
tannarxi, muomala xarajatlari, turli xil maqsadlar va fondlarga
ajratmalar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar uyg‘unlashgan
xarakterga
ega
bo‘ladi,
shuning
uchun
nazorat
xo‘jalik
83
yurituvchilarning ishlab chiqarish, xo‘jalik yuritish, tijorat hamda
moliya-kredit mexanizmidagi o‘zaro bog‘liqlikni barcha tomonlarini
qamrab oladi.
Moliyaviy nazorat quyidagi tekshirishlarni o‘zida aks ettiradi:
- obyektiv iqtisodiy qonunlar talabiga rioya etish;
- milliy daromad va yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini
taqsimlash va qayta taqsimlashdagi optimallikni ta’minlash;
- davlat byudjeti daromadlarini tashkil etish va ijrosi (byudjet
nazorati)ni ta’minlash;
- korxona, tashkilot va byudjet muassasalarida moliyaviy,
mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish;
- xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holati va soliq nazorati.
Moliyaviy nazoratning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan
quyidagi vazifalar turadi:
tarmoqlar iqtisodiyotidagi pul daromadlari va fondlari bilan
moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab o‘rtasidagi mutanosiblikka ta’sir
o‘tkazish;
davlat byudjeti oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z
vaqtida va to‘liqligicha bajarilishini ta’minlash;
moliyaviy resurslarni yuksaltirishda ichki ishlab chiqarish
rezervlarini aniqlash;
tannarxni pasaytirish hisobiga rentabellikni oshirish yo‘llarini
ko‘rsatish;
xo‘jalik subyektlarining pul resurslari va moddiy boyliklarini
maqsadga muvofiq obyektlarga sarflashga ta’sir qilish, shuningdek,
buxgalteriya hisobi va hisobotini to‘g‘ri yurgizish;
harakatdagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilishni
ta’minlash, shuningdek, turli xil mulk shaklidagi korxonalarni
soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish uchun takliflar berish;
korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati va valyuta
operatsiyalaridan yuksak iqtisodiy samara olishga shart-sharoit
yaratish va shu kabilar.
Moliya intizomiga rioya qilish uchun moliyaviy nazorat
korxona, tashkilot va muassasalar javobgarligi bilan uzviy
bog‘liqlikda bo‘ladi. Bunday javobgarlik moliya intizomini buzgan
shaxsga nisbatan, ham ma’muriy ko‘rinishda, ham iqtisodiy usulda
84
bo‘lishi mumkin, iqtisodiy usul bilan ta’sir ko‘rsatish muayyan
moliyaviy jazo choralari (sanksiyalari) orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy javobgarlikni kuchaytirish, bir tomondan, moliyaviy
nazoratning ta’sirini yuksaltirishda qo‘llanilayotgan moliyaviy
sanksiyalar miqdorini kamaytirishni talab qilsa, ikkinchi tomondan,
ularning samaradorlik darajasini oshirishni talab etadi.
Moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud:
Dastlabki moliyaviy nazorat – yuridik va jismoniy shaxslarning
moliya xo‘jalik jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u
korxona moliya rejasini tashkil qilishda, ko‘rib chiqishda va
tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar
smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan jarayonlar tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat
moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga
ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini
olishga xizmat qiladi.
Joriy moliyaviy nazorat – korxonalarning ichki xo‘jalik
rezervlarini izlash hisobidan jamg‘armani oshirishga ta’sir qiladi.
Joriy moliya nazorati korxona, tashkilot va muassasalarning moliya
xizmatlari orqali moliya rejasi bajarilayotganda, moliyaviy
intizomlar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni
amalga oshiradi.
Yakuniy moliyaviy nazorat – hisobot davri va butun moliya yili
davomida so‘ng amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir. Bunda,
byudjetni ijro etishdagi davlat pul resurslarini maqsadga muvofiq
xarajat qilinganligi, korxona va tashkilotlarning moliya rejasini
bajarganligi hamda byudjet muassasalari smetasining bajarilish
natijalari tekshiriladi. So‘nggi moliya nazorati dastlabki moliyaviy
nazorat shakli bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir, chunki so‘nggi nazorat
dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |