Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Ekstrapolyatsiya usuli
– buning mohiyati shundan iboratki
xo‘jalik faoliyati o‘tgan davr moliyaviy natijalarini ijobiy va salbiy 
tomonlarini zimdan hisobga olib, kelgusi davr rejalashtirishida ular 
e’tiborga olinishi zarurligini ko‘rsatadi. 
Normativ usul – 
belgilangan, tasdiqlangan norma va 
normativlarga tayangan holda bajariladi. 
Ekonometrik usullar –
real iqtisodiy va sotsial jarayonlar 
oqimini aks ettiruvchi moliyaviy-iqtisodiy modellar ko‘rinishida 
ifodalanadi. 


62 
Balans usuli – 
moliyaviy resurslarning shakllanish manbalari 
va ulardan foydalanishdagi bog‘liqlik hamda tenglikni ta’minlash o‘z 
ifodasini topadi.
 
3. Korxonani moliyaviy boshqaruv tizimida rejalashtirish 
va tahlil 
 
Boshqarish – aniq natijalarga erishish uchun obyektga maqsadli 
yo‘naltirilgan holda ta’sir qilishning shakllari va usullari yig‘indisi-
dir. Boshqarish inson faoliyatining barcha sohalariga xosdir. 
Shuningdek, boshqarishning muhim sohalaridan biri moliyaviy 
faoliyatni boshqarish hisoblanadi. 
Moliyaviy boshqarishda har qanday boshqarish tizim kabi 
boshqarishning obyekti va subyektlari ajratiladi. Boshqarish obyekti 
sifatida turli markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fond-
larini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy muno-
sabatlar maydonga chiqadi. Moliyaviy munosabatlarni tasniflanishi 
bo‘yicha boshqarish obyektlari 2 asosiy turga ajratiladi: davlat 
moliyasini boshqarish va xo‘jalik subyektlari moliyasini boshqarish. 
Shunga 
muvofiq 
ravishda 
boshqarish 
subyektlari 
sifatida: 
korxonalarning moliyaviy xizmat tizimi va moliyaviy organlar, soliq 
organlari kiritiladi.
Moliyaviy boshqaruvni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy 
strukturalar majmuasi moliyaviy apparat deb ataladi. 
Moliyaviy boshqaruv quyidagi funksional elementlardan tashkil 
topadi: 
- rejalashtirish – har qanday subyekt rejalashtirish jarayonida 
o‘zining moliyavaiy holatini baholaydi va moliyaviy resurslarni 
ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonidagi 
boshqaruv qarorlari moliyaviy axborotlar tahlili asosida qabul 
qilinadi. 
- operativ boshqarish – moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash 
yordamida xarajatlarni minimumdan maksimal qanoatlantiruvchi 
ko‘pni ko‘zlovchi hamda operativ tahlil asosida ishlab chiqiladigan 
tadbirlar kompleksini o‘zida aks ettiradi. 


63 
-nazorat – boshqarish elementi sifatida rejalashtirish va operativ 
boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Uning yordamida rejalash-
tirilgan moliyaviy resurslardan foydalanish prognoz ko‘rsatkichlarini 
haqiqiy natijalar bilan solishtiradi. 
Moliyani boshqarishning funksional elementlari ichida asosiy 
o‘rinni rejalashtirish tashkil qiladi.
Moliyaviy rejalashtirishning obyekti bo‘lib xo‘jalik subyektlari 
va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Har bir xo‘jalik 
subyekti moliyaviy rejasini tuzadi, ya’ni bu alohida muassasaning 
smeta xarajatlaridan tortib to davlatning yig‘ma moliyaviy 
balansigacha qamrab oladigan muhim jarayondir. 
Rejalashtirish, bir qator o‘zining xususiyatli jihatlariga ega 
bo‘lib, ular quyidagilar hisoblanadi:
- ma’lum tartibga solingan jarayonligi; 
- axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liqligi;
- aniq belgilangan maqsadga yo‘naltirilganligi; 
- vaqtinchalik tavsifga egaligi.
Rejalashtirish deganda – miqdoriy va sifat tavsifidagi ma’lum bir 
maqsadlarni o‘rnatish va unga erishishning samarali yo‘lini aniqlash 
jarayonidir. Moliyaviy reja moliyaviy rejalashtirishning natijasidir. 
Moliyaviy rejalashtirish – moliyaviy resurslar va pul mablag‘-
lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni rejalashti-
rishdir. 
Moliyaviy reja – davlat, xo‘jalik subyektlari daromad va 
xarajatlarini bog‘lovchi, oldindan qo‘yilgan moliyaviy maqsadlarga 
erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy rejalashtirish 
jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxona-
ning joriy moliyaviy holatiga o‘rnatilgan maqsadlarning muvofiq 
kelish darajasi o‘rganiladi, o‘rnatilgan maqsadlarga erishishga 
yo‘naltirilgan faoliyat ketma-ketligi shakllantiriladi. 
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan holda 
amalga 
oshiriladi. 
Shulardan asosiylari 
bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
- ekstrapolyatsiya usuli; 
- normativ usuli; 
- matematik modellashtirish usuli. 


64 
Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o‘tgan hisobot 
davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili 
uchun moliyaviy rejani tuzishni ko‘zda tutadi. Moliyaviy 
ko‘rsatkichlarning prognoz va rejali hisob kitoblari turli usullardan 
foydalanishga asoslanadi. Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko‘rsat-
kichlar va ularnig dinamik o‘zgarishlariga asoslanadi. Moliyaviy 
ko‘rsatkichlar hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foyda-
lanish ko‘zda tutiladi. Masalan: byudjetdan moliyalashtiriladigan 
ta’lim muassasalarida o‘quvchilar kontingenti va h.k. 
Matematik modellashtirish usulida real iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarni takrorlovchi moliyaviy modellar tuzish orqali amalga 
oshiriladi. Moliyaviy resurslarni manbalarini ulardan foydalanish 
bilan muvofiqlashtirish asosidagi rejalashtirish jarayoni balans usuli 
hisoblanadi. 
Situatsion tahlil va bashorat qilish usuli asosida qattiq yoki 
funksional 
determinatsiyalashgan 
bog‘liqlikni 
o‘rganishga 
mo‘ljallangan model yotadi. Bu modeldan foydalanish va unga turli 
omillar: realizasiyadan tushum, aktivlarning aylanuvchanligi, tashqi 
manbalarga moliyaviy bog‘liqlik darajasi kabi ko‘rsatkichlar ta’siri 
ostida bashorat ko‘rsatkichlarini aniqlash bilan - xususiy kapital 
rentabelligining bashorat ko‘rsatchiklarini aniqlash mumkin.
Rejalashtirilayotgan 
loyiha 
bo‘yicha 
mumkin 
bo‘lgan 
natijalarning bashorati quyidagi formula orqali amalga oshiriladi: 
(1)
(1)formula orqali asosiy mezonlar aniqlanadi (masalan, 
kutilayotgan foydani maksimallashtirish). 
N E(R)=

Rk*Pk max; (2)
k=1 
Mazkur formula orqali korxona uchun ma’lum mezonlar 
asosida samarali muqobil variantlar tanlab olinishi mumkin. 
Korxonalar moliyaviy boshqaruv tizimining funksional 
modelida tahlil muhim funksionlar seksiyalardan biri hisoblanadi.


65 
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishning quyidagi usullari 
mavjud: 
- hisobotni o‘qish va absolyut ko‘rsatkichlarni tahlil qilish; 
- gorizontal tahlil; 
- vertikal tahlil; 
- trend tahlili; 
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Ushbu tahlil usullari vositasida korxonalar moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatining holati va dinamikasi kompleks baholanadi.
Moliyaviy tahlil tizimida ishlatiladigan asosiy moliyaviy 
koeffitsiyentlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: 
Likvidlik 
koeffitsiyenti 
korxonaning 
qisqa 
muddatli 
majburiyatlarini qaytara olish qobiliyatini ko‘rsatib beradi.
Ishbilarmon faollik koeffitsiyenti korxonalarning mavjud 
resurslaridan samarali foydalanishlarini ko‘rsatib beradi. 
Rentabellik 
koeffitsiyentlari 
korxonalarning 
faoliyatini 
moliyaviy natijalarining samaradorligini ko‘rsatib beradi. 
Kapitallar strukturasi koeffitsiyenti korxonalarning uzoq mud-
datli majburiyatlarini qaytara olish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi. 
Bozor faolligi koeffitsiyenti esa korxonalarning investorlar 
uchun foal qiluvchanligini ko‘rsatib beradi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin