Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

bozorning likvidligi
– bu ma’lum 
vaqt oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib to‘rgan 
holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori suratda 
aylanishini ta’minlash imkoniyatidir. 
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar o‘rtasidagi uzaro munosabat 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
rivojlanishiga, 
fond 
bozorining 
shakllanishiga, uning «yoshiga», shuningdek, muomilada bo‘lgan 
qimmatli qog‘ozlar har xil turlarining tarkibiga bog‘liq. 
Masalan, iqtisodiyot nisbatan barqaror bo‘lgan, qimmatli 
qog‘ozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan 
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarning 
deyarli barcha turlari bo‘yicha ikkilamchi savdo ustun turadi. 
Birlamchi bozordagi qimmatli qog‘ozlar aylanmasi ushbu 
mamlakatda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10 foizini tashkil 
etadi holos. Odatda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar fond 
birjalarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga 
oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomila muddatiga ega 
bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar baholanadi. 
Ommaviy 
xususiylashtirish 
bilan 
kuzatiladigan 
bozor 
munosabatlarini vujudga keltirish jarayonini kechirayotgan va 
endigina o‘zini fond bozorlarini barpo etayotgan mamlakatlar uchun 
islohotlarning dastlabki bosqichlarida qimmatli qog‘ozlarning 
birlamchi bozori ustun turadi. 
O‘zbekistonda ham 90-yillarning o‘rtalarida birlamchi bozorning 
ustuvorligi sezilarli, lekin keyincha bu nisbat o‘zgara bordi. 1995- 
yilda Respublikada bank va tijorat veksellarning ikkilamchi bozori. 
1996-yildan boshlab esa, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining 
(DQMO) ikkilamchi bozori, kuchli taraqqiy eta boshladi va ularning 
salmog‘i birmuncha o‘sishi kuzatildi. 
a) Qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushgan va uyushmagan 
turlari. 
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozori – qimmatli qog‘oz-
larning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari 
ushbu bitimlar ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlar savdosining 
tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan 


40 
tartibga solinadi. Qimmatli qog‘ozlarning uyushmagan bozori bu 
qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli 
qog‘ozlar bilan operatsiyalar savdo tashkilotchilarining ushbu bitim 
predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan qo‘ygan talablarga rioya 
etilmagan holda amalga oshiriladi. Bu shunday bozorki, unda 
bitimlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar ishtirokchilarga quyiladigan 
talablarning qoidalari belgilanmagan, savdolar sotuvchi va 
xaridorlarning shaxsiy aloqasi orqali ixtiyoriy ravishda amalga 
oshiriladi. Mazkur bozorda tuzilgan bitimlar haqidagi axborot tizimi 
mavjud emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilari qandaydir 
muhofaza va sug‘urta mexanizmlaridan foydalanilmagan holda 
amalga oshiriladi. Bitimlar maxsus ro‘yxatga oluvchilar tomonidan 
qonun bilan belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu 
bozor «ko‘cha», yoki «tartibsiz» bozor deb nomlanishga qaramay, u 
mutlaqo chalkash tartibsiz bozor emas, agar tovlamachilik hollari 
aniqlansa tartibga soluvchi davlat idorasi tergov ishini olib boradi. 
Bunday bozorda sifatli qimmatli qog‘ozlar kam, ular bo‘yicha yo 
dividendlar olish, yoki barcha qo‘yilgan mablag‘larni yo‘qotish 
mumkin bo‘lgan daromadli qimmatli qog‘ozlar ham, shuningdek, 
emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda qolgan, yoki bankrotlik 
yoqasida bo‘lgan, yaroqsiz deb nomlanuvchi aksiyalar ham sotilishi 
mumkin. O‘zbekiston Respublikasida uyushmagan bozorda yangi 
barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning 
birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aksiyalari, bank hamda tijorat 
veksellari sotiladi va xarid qilinadi. 
XIFlar aksiyalarining bevosita XIFlarning o‘zlari tomonidan 
amalga oshirilgan yoki “Xalq banki” bo‘limlari orqali birlamchi 
sotilishi bunday bozorlarga misol bo‘la oladi. 
b) Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlari. 
Qimmatli qog‘ozlarning birja bozori bu qimmatli qog‘ozlar bilan 
fond birjasi doirasida uyushgan tarzda savdo qilish sohasidir. 
Fond birjasi (bu haqda biz keyingi ma’ruzalarimizda to‘liq 
ma’lumot beramiz) qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida 
savdo qilish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi alohida muassasa 
bo‘lib, unda savdo faqat qimmatli qog‘ozlar bozorining professional 


41 
ishtirokchilari broker – vositachilar, maklerlar – dallollar, dilerlar – 
savdogarlar tomonidan maxsus qoidalar bo‘yicha olib boriladi. 
Fond birjasida eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi. 
Bular «Toshkent» Respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi 13 
ta bo‘linmasi orqali amalga oshiriladi. 
Ularda, korporativ qimmatli qog‘ozlar, davlat qisqa muddatli 
obligatsiyalari savdosi tashkil etilgan. 
O‘zbekistondagi aksiyalar bozorining o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, uning katta qismini davlat korxonalarining xususiylash-
tirish natijasida barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli 
qog‘ozlarini birlamchi sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar tashkil etadi. 
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozori – bu fond 
birjasidan tashqarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir. 
Unda fond birjasida sotuvga qo‘yilmagan qimmatli qog‘ozlarning 
erkin savdosi dilerlar tomonidan maxsus telekommunikatsiya tarmoq-
lari (telefon, telefaks, kompyuter vositalari) yordamida amalga 
oshiriladi. Bu savdo vositachilarga fond birjalari tomonidan o‘rnatilgan 
yuqori stavkali komission yig‘imlardan qochishga sharoit yaratadi. 
Birjadan tashqari uyushgan bozorlar AQSH va Yevropa 
mamlakatlarida yaxshi rivojlangan, O‘zbekistonda bunday savdo 
1998-yil 1-iyundan boshlab «Elsis-Savdo» birjadan tashqari elektron 
tizimi orqali amalga oshrilib kelinmoqda. 2005-yildan boshlab 
Banklararo savdo tizimi (MTS) ham birjadan tashqari bozorda 
faoliyat yuritmoqda. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarni to‘la qamrab 
oluvchi birjadan tashqari bozorni ikki turga bo‘lish mumkin. 
1. Stixiyali bozorlar; 
2. Dilerlar bozori. 
Stixiyali bozorda oldi – sotdi xaridor bilan sotuvchilarning shax-
siy aloqasi orqali palama – partish tarzda yuzaga keladi. Unda 
oldi-sotdining tartib-qoidalariga, qimmatli qog‘ozlar va ishtirokchi-
lariga nisbatan hech qanday talab qo‘yilmaydi. Savdo sotiq ixtiyoriy 
ravishda amalga oshiriladi. 
Dilerlar bozorida sotuvchilar sotuvga tushadigan qimmatli 
qog‘ozlarning narxini ochiqdan-ochiq e’lon qiladilar. Shu sababli 


42 
xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq raqobat yuz 
bermaydi. 
O‘z navbatida dilerlar bozorida qimmatli qog‘ozlarni taklif 
qilishning quyidagi xillari asosida ham tashkil qilish mumkin: 
- cheklangan (masalan, naqd pulga sotish uchun bir nechta 
muayyan joyni belgilash); 
- taqsimlangan (investorlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov turlari 
bo‘yicha bozor joylaridan tarqalgan tarmoqlar tashkil etish); 
- uzaytirilgan (masalan, tijorat yoki jamg‘arma banklarning filial 
tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarning turli xillarini har doim taklif 
qilish tashkil etiladi). 
V) Kim oshdi savdosi asosida tashkil etiladigan qimmatli 
qog‘ozlar bozori. 
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish texnologiyalarining barcha 
turlarini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin. 
Birinchi: Kim oshdi savdosi bo‘yicha savdo-sotiq, bunga oddiy 
kim oshdi savdosi kiradi. 
Ikkinchi: Gollandcha kim oshdi savdosi va qo‘shaloq kim oshdi 
savdosi. 
Oddiy kim oshdi savdosi, bunda faqat xaridorlar musobaqalashadi. 
Sotuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashmaydi. Savdolar boshlanishi-
dan oldin xarid qilish uchun va sotish uchun buyurtmalar yig‘iladi va 
buyurtmalar ro‘yxati (kopirovka varag‘i) to‘ldiriladi. Savdolar takliflar 
ro‘yxatining ochiqcha ketma-ketlik bilan e’lon qilinishi orqali amalga 
oshiriladi. Har bir aniq taklif bo‘yicha yangi narxlarning belgilanishi 
yo‘li bilan xaridorlarning bahslashuvi ochiq kechadi. 
Boshlang‘ich narxni odatda sotuvchi belgilaydi. So‘nggi narx bu 
xaridorlar 
tomonidan 
da’vogarlar 
raqobatlasha 
olmaydigan 
darajadagi ochiqcha taklif etilgan bahodir. Oddiy kim oshdi savdosi 
sobiq SSSRning barcha birjalarida eng ko‘p tarqalgan usuli edi. 
1991-yildan boshlab O‘zbekistonda ham bu ommabop usul keng 
tarqaldi. «Toshkent» RFBda kompyuterdan foydalanilgan holda bu 
usul qo‘llaniladi. Bu usul savdo o‘tkazuvchilarning barcha 
ishtirokchilari uchun aniq va tushunarlidir. 
Gollandcha kim oshdi savdosi. 


43 
Savdolarni o‘tkazishni bu usulida xaridorlarni buyurtmalari 
oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan 
yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan 
sirtdan ko‘rib chiqiladi. Yagona rasmiy narx belgilanadi. 
O‘zbekistonda bunday usul DQMO ning birlamchi joylashtirilishi 
bo‘yicha kim oshdi savdolarni o‘tkazishda qo‘llaniladi. 
Bu usulda kim oshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmi 
quyidagicha: 
- Respublika fond birjasi tomonidan xaridorlar buyurtmalarining 
yig‘ilishi; 
- buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga taqdim 
etish; 
- Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan xaridorlarning 
sirtqi bahslashuvi va narxning pastki chegarasini belgilash; 
- buyurtmalarni qondirish. 
G) Qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy, milliy va xalqaro 
bozorlari 
Katta hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda odatda, qimmatli 
qog‘ozlarning mintaqaviy yoki lokal bozorlari shakllanadi. Masalan, 
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinishi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatdan 
iborat bo‘lgan ma’muriy-hududiy tizimlardan iborat. 
Bunda har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. 
Qimmatli qog‘ozlarning halqaro bozori bu jahon miqiyosida 
qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir. Bunda qimmatli 
qog‘ozlar bilan savdo qilish natijasida kapital bir mamlakatdan 
ikkinchisiga oqib o‘tadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin