Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   216
2021 4-son

TAHRIRIYAT MINBARI



“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
va yetuklikka boshlagan fidoyi ustozlarimizni 
hamisha minnatdorlik bilan yodga olamiz. 17-18 
yoshli o‘spirin bo‘lgan biz kabi g‘o‘r va tajribasiz 
shogirdlariga shuncha yillar sabot bilan beminnat 
saboq berib, otalarcha mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatib, lekin evaziga bizdan bir piyola choy ham 
ta’ma qilmaganlar... Mana shu fazilatlari uchun 
ham ularga hamisha qalbdan ta’zim qilamiz. 
Vodarig‘ki, ularning ko‘pchiligi endilikda olamdan 
o‘tishgan va qadrdon kursdoshlarimizdan ham 
bir nechalari bugun qatorimizda emasligi biz 
uchun ham og‘ir yo‘qotish. Olloh ularni rahmat 
qilsin. Yana bir tasalli shuki, biz hamisha e’zozli 
ustozlarimizning, demakki, xalqimizning ham umid-
ishonchini oqlashga intilib, o‘qituvchi-murabbiylik 
kasbimiz bilan yoshlarning Ona-Vatanimizga 
mehr-sadoqatini oshirib, jamiyatimizga baholi 
qudrat xizmat qilib kelganimiz umrimizga 
mazmun va ko‘nglimizga xotirjamlik bag‘ishlaydi. 
Ayniqsa, bugungi kunda o‘qituvchi kasbining 
naqadar ulug‘lanib, ularga ko‘rsatilayotgan 
cheksiz e’tibor va g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka 
yetgudek quvonamiz. 30-40 yillik hayotiy va 
pedagogik tajriba-malakamiz bilan barkamol 
avlodni tarbiyalashdek ezgu ishlarga kamarbasta 
bo‘lib kelayotganimizdan, O‘zbekistonday erkin 
va farovon bir insonparvar yurtimiz va zukko, 
mehnatsevar xalqimizga kerak ekanligimizdan 
o‘zimizni baxtli his etamiz. Aslida, bu minglab 
o‘qituvchilarimizga xos bir umrguzaronlik-yashash 
tarzi bo‘lsa kerak.
Jizzax DPIda ham boshqa OTMlaridagi kabi 
professor-o‘qituvchilar, salohiyatli yoshlarimiz 
o‘zlarining kreativ iqtidori, zamonaviy tafakkuri va 
innovatsion g‘oyalari bilan institutimizning ilmiy-
pedagogik salohiyatini oshirish yo‘lida samarali 
izlanish olib borishyapti. Iqtidorli magistrlar va 
umidli talabalarimiz bularga ergashib, ertangi yetuk 
pedagog kadrlarimiz zaxirasi shakllanmoqda. 
Joriy 2021-yili 40 nafarga yaqin tadqiqotchilarimiz 
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasini yoqlashdi. 
Iste’dodli yoshlarimizdan Sayfiddin O‘kanov 
o‘zining ijodkorlik talanti va yuksak vatanparvarligi 
va ibratli faoliyati uchun Prezidentimiz tomonidan 
“Mard o‘g‘lon” ordeni bilan mukofotlangani 
va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi 
bo‘lganligi institutimiz va viloyatimiz yoshlari 
uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Afsuski, ko‘p 
sonli professor-o‘qituvchilar orasida o‘z ustida 
ishlamayotgan va xalqimiz va yurtboshimizning 
ishonchi va g‘amxo‘rligini qadriga yetmayotgan, 
faqat kun o‘tsa bo‘ldi, deb o‘zini ham, jamoani 
ham orqaga tortayotgan, “uzatgan oyog‘ini yig‘ib 
ololmagan”, mas’uliyatsiz hamkasblarimiz ham 
yo‘q emas. Ana shunday layoqatsiz, g‘ayrati va 
ahamiyati sust pedagoglar hisobiga institutimiz 
respublikamizdagi OTM orasida past o‘ringa 
tushib qolayotgani bizni tashvishlantiradi. Yangi 
O‘zbekistonimiz yuksalishi va porloq kelajagi 
barchamizga bog‘liq bo‘lgan tarixiy kunlarda keksa-
yu yosh hamkasblar yuksak burchimizni bajarish 
haqida hamjihatlik bilan o‘ylashimiz zarur. Zakiy 
xalqimiz va yurtparvar Prezidentimizning yuksak 
ishonchi va doimiy g‘amxo‘rliklariga munosib yetuk 
ziyoli bo‘lish baxti va mas’uliyati barchamizga 
nasib etishini istardik.
So‘nggi yillarda bevosita muhtaram 
Prezidentimiz rahnamoligida mustaqil mamla- 
katimizda, jumladan, Jizzax viloyatimizda 
ham ko‘plab yangi ishlab chiqarish korxonalari, 
sanoat zonalari barpo etilib, ijtimoiy-iqtisodiy 
va xalqaro turizm sohalari rivojlanishiga ham 
keng imkoniyatlar yaratilayotganligi xalqimizni 
va ayniqsa, yoshlarimizni faollikka undamoqda.
Ayni vaqtda, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, 
xususan, Jizzax vohasining ijtimoiy-iqtisodiy va 
boshqa ustuvor sohalarini rivojlantirish va xalqaro 
hamkorlik aloqalarini kengaytirish uchun yetuk 
mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda. Hozirgi davr talab etayotgan 
zamonaviy mutaxassiskadrlar tayyorlash ehtiyojini 
e’tiborga olib hamda yurtboshimiz tomonidan 
belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarish 
uchun viloyatimizda keng profilli universitet 
tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lishini 
bugungi murakkab davr ham taqozo etmoqda.
Universitet tashkil etilishi davlatimiz belgilab 
bergan dolzarb mavzu-muammolarni ilg‘or 
innovatsion loyihalar asosida bajarish bilan birga 
mamlakatimiz va vohamiz taraqqiyoti uchun zarur 
mutaxassis kadrlar tayyorlash, ilm-fan va ishlab 
chiqarish integratsiyasini kuchaytirish va ularning 
samaradorligini oshirish uchun ham tayanch 
markaz bo‘lib xizmat qilishiga ishonchimiz komil. 
Ba’zi muammolar va taklif-mulohazalar
Eng avvalo, talabalarda va ayrim prof.-o‘qituvchilar, 
ayniqsa, yoshlarimizdagi noto‘g‘ri tushuncha-
qarashni o‘zgartirish lozim. Ya’ni OTM-mo‘may 
daromad manbai emas. Bu illatni birgalikda bartaraf 
etish mumkin. Oylab-yillab o‘qishga kelmaydigan 
layoqatsiz talabalar, hatto magistrlar ham bitirib 
ketayotganligi barchamizni tashvishlantirishi 
lozim. Iqtidorlilarni tanlab, maqsadli tayyorlashni 
yo‘lga qo‘yolsak edi. Darslik, o‘quv qo‘llanmalar 
tayyorlashga ayrim kafedralarda salohiyat yetarli. 
Shularga imkon yaratilsa, yaxshi natija bo‘lar edi. 
Tajribali mutaxassislardan iborat jamoatchilik 
guruhi prof.-o‘qituvchilar darsini tahlil etishini yo‘lga 
qo‘yish zarur. Bitiruvchilarning Diplom ilovalarida 
Testdagi kirish bali ham ko‘rsatilsa ma’qul bo‘ladi. 
Faqat ingliz tilida emas, o‘zbek yoki rus tilida
nutqi ravon, uslubi va savodxonligi yaxshi talabalar 
va o‘qituvchilar tanlovini har yili o‘tkazish va 
g‘oliblarni rag‘batlantirish ham ko‘p jihatdan foydali 
bo‘lar edi. Nomutaxassis yo‘nalishlarda O‘zbek tili 
fanini grammatizmdan xoliroq shaklda Adabiyot 
bilan bog‘lab o‘tish yo‘lga qo‘yilsa, ta’lim sifati va 
samaradorligi oshar edi. 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin