Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   216
2021 4-son

“Jabri ustod beh az mehri pedar”.
(Ustoz jabri ota mehridan afzal)
Hammamiz ham 1-sinfga borgan ilk 
kunlarimizni tez-tez eslaymiz. Ayniqsa, bizga o‘qish-
yozishni qunt bilan o‘rgatgan fidoiy o‘qituvchilarimiz 
har bir o‘quvchiga e’tiborli bo‘lganlari xotiramizda 
o‘rnashib qolgan. Ular, ya’ni qishloq muallimlarining 
biz kabi bolalardagi qiziqish va ozgina layoqatni 
ham juda erta payqaganlari va 15-20 yillar oldin 
o‘quvchilarining kelajagini ham bashorat qila 
olganliklaridan hayratlanamiz. Keyinchalik 
o‘qigan kitoblarimiz va ko‘rgan kinofilmlar orqali 
ham o‘qituvchilik kasbining ulug‘ligi, ayni vaqtda, 
sermashaqqatligini, eng muhimi, hayotning 
mazmun-mohiyati va insoniylik fazilatlarini 
tushunishimizda ham ustozlarning o‘rni beqiyos 
bo‘lishini anglay boshladik.


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Jumladan, taniqli adiblardan Parda 
Tursunning 1950-yili yozilgan “O‘qituvchi” romani, 
Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim”, Vasil 
Bikovning “Yodgorlik”, Yuriy Bondar yovning 
“Bizni kechiring” va O‘tkir Hoshimovning 
o‘qituvchi siymosini yoritgan asarlari hamda 
ularga bag‘ishlangan filmlar ham tushuncha-
tasavvurimizni boyitgan. Masalan, odamzod 
umrining mazmuni va yuksak a’moli haqida 
g‘oyat teran fikr-qarashlar mashhur belarus 
yozuvchisi V.Bikovning “Yodgorlik” povestidagi 
maktab o‘qituvchisining ezgu bir aqidasi tarzida 
ifodalanganini ko‘ramiz: ”Bandasi nimadir ezgulik 
ko‘rsatishi orqaligina inson qatoriga qo‘shilishi 
kerak. Faqat shaxsiy manfaatdan narini ko‘rolmay, 
boshqalar tashvishiga hamdard bo‘lolmas ekansan, 
turmushing umrbod tuzsiz, ma’nosiz kechaveradi. 
Bugun bo‘lmasa keyinroq yashash tarzingda 
nimadir jiddiy ezgulik ro‘y berganini sezsang, shuni 
bilginki, bu avvalo oqilona insoniy olijanoblik, 
yaqin, hatto yetti yot begona, ko‘magingga muhtoj 
odamlarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rliging natijasi”.
Insoniy yashashning maqsad-mohiyati haqida 
jiddiy o‘yga toldiruvchi bunday yorqin misollarni 
boshqa adiblar ijodidan ham ko‘plab keltirish 
mumkin.
Talabalik davrimizda ham yetuk ustozlardan 
ta’lim-tarbiya olganimizni hayot tuhfasi, taqdirning 
bir mukofoti deb bilishimiz lozim. Darslarini she’r 
kabi maroqli o‘tadigan, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib 
turadigan fors tili domlamiz (Namangan DU) 
dotsent Dadaxon Eshondadayev bir gal bizdan 
beto‘xtov va to‘xtovsiz so‘zlarining ma’no farqlarini 
so‘rab qoldi. Daf’atan javob berishga o‘ylanib qoldik. 
O‘qituvchimiz esa yuksak sharqona madaniyati 
bilan har doimgidek, bizni xijolatga qo‘ymasdan, 
bu so‘zlar ma’lum darajada farqlanishini aytib, 
qisqagina izohdan so‘ng bunga ishonch hosil qilish 
uchun A.Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasini diqqat bilan
o‘qishni maslahat berdi. Yillar o‘tib, badiiy adabiyot 
va uning tilidagi tagma’nolarga ham jiddiyroq 
ahamiyat beradigan bo‘ldik. Endi bilsak, har bir 
darsining hayotiy mazmundorligi va tarbiyaviy-
estetik ahamiyatiga alohida e’tibor beradigan 
ustozimiz bizni ko‘proq mustaqil fikrlashga va 
har bir mavzuga ijodiy yondashishga ham o‘rgatib 
borgan ekan.
O‘tgan yillardagi jo‘shqin hayotimizni va 
“eldek yugurik” (Navoiy) umrimizni sarhisob 
qilsak, nurli xotiralar bilan birga, oltinga teng 
talabalik davrimizning necha oy-yillari besamar 
ketganligidan ko‘nglimiz da o‘kinch-armonlar 
ham seziladi. Ya’ni buyuk ajdodlarimiz tarixi va 
merosini, yuksak umuminsoniy g‘oyalar bilan 
yo‘g‘rilgan mumtoz adabiyotimiz durdonalari va 
unutilayozgan milliy qadriyatlarimizni mehr bilan 
o‘rganish ga hozirgidek keng imkoniyat u yoqda 
tursin, aksincha, ularni o‘qish ham taq iqlab 
qo‘yilgan edi. Ularning o‘rniga “marksizm-leninizm 
ta’limoti,” “ilm iy komunizm” va “ilmiy ateizm 
asoslari” kabi hukmron mafkuraning bir yoqlama 
va “sovuq” siyosiy fanlarini majburan o‘qishga 
zo‘r berib, bilim saviyamiz, ruhiyatimiz va tafakkur-
dunyoqarashimizni cheklab, ma’naviyatimiz 
ni kemtik va qashshoq qilib qo‘yganligimiz- 
achchiq va armonli bir haqiqat. Shukurlar 
bo‘lsinki, Mustaqillkdan so‘ng amalga oshirilgan 
katta o‘zgarishlardan birini barcha o‘qituvchi va 
talabalarimiz mamnuniyat bilan ta’kidlashadi. 
Ya’ni Istiqlol sharofati bilangina ulug‘ mutafakkirlar 
imizning betakror asarlari adabiyot va ma’naviyat 
darsliklarimizdan munosib o‘rin oldi. Endilikda 
yoshlarimiz sobiq sho‘ro davridagi, asosan, 
inqilobiy qo‘zg‘olonlar-u sinfiy kurashlarni targ‘ib 
etuvchi mafkuraviy asarlar o‘rniga ko‘plab buyuk 
ajdodlarimizning ibratli hayoti va ijodini keng 
o‘rganish imkoniga ega bo‘lganligi ta’limdagi jiddiy 
bir o‘zgarishdir. 
Tasavvurimiz yanada kengroq bo‘lishi 
uchun e’tiborimizni so‘nggi yillarda xalqimiz ongu-
tafakkuri va ma’naviyatimizda yuz bergan chuqur 
o‘zgarish va yuksalish jarayonlariga qarataylik. 
Bugungi kunda jahondagi baxtli va insonparvar 
davlatlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan ozod 
va obod yurtimizda o‘zlikni anglash, eng avvalo, 
jamiyatimiz hayotidagi ulkan yangilanish va yuksak 
taraqqiyotimiz bilan bog‘liq ekanligi qanchalik 
buyuk haqiqat bo‘lsa, ma’naviyatimiz rivojida ulug‘ 
ajdodlarimiz merosi va mil liy qadriyatlarimiz bilan 
birga islomiy ma’rifat va diniy-axloqiy qarashlarning 
ham beqiyos ahamiyati endilikda oftobday ravshan. 
Binobarin, Istiqlol tufayli chinakam insoniy erk va 
huquqqa ega bo‘lgan xalqimizning bag‘rikengligi, 
imon-e’tiqodi butunligida uning diniy ixlos- ishonchi 
ham yorqin ifodalanganini alohida ta’kidlash lozim. 
Zotan, insonparvarlik g‘oyalari bilan oziqlangan 
Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, 
Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy kabi zotlar asos 
solgan muqaddas g‘oya va tariqatlarning vatani 
ham shu muqaddas zaminimizdir. Ko‘ngillarga 
ruhiy xotirjamlik va shukronalik bag‘ishlovchi 
bunday ishonch-e’tiqodning mustahkam bo‘lishida 
ulug‘ allomalarimizning ilmiy va diniy-axloqiy 
hikmat -o‘gitlari ham muhim ahamiyat kasb etishi 
shubhasizdir.
Shunday kezlarda Istiqlol berayotgan barcha 
huquq va ulkan imkoniyatlardan behad quvonib, 
bugungi yoshlarimizga havasimiz keladi. Biz 
orzu qilgan yuksakliklarga ular etishishlariga
ishonchimiz komil. Har bir viloyatda tashkil etilgan 
o‘nlab ijod maktablari, Prezident maktablari va 
ko‘plab nufuzli yangi oliy ta’lim muassasalari, 
zamonaviy yangi mutaxassisliklar-bularning 
barchasi yangi O‘zbekistonimizning milliy 
tiklanishdan milliy yuksalishi va taraqqiyoti 
yo‘llarida xizmat qiladi.
Talabalik davrimiz o‘zining tashvish-
quvonchlari bilan har birimizning hayotimizda 
chuqur iz qoldirgan. Mehnatdan qochmaganmiz, 
sport va san’atga ham astoydil qiziqqanmiz. 
Ammo takrorlanmas yosh umrimizning ancha 
yillari g‘o‘za chopig‘i, paxta terimi-yu sholi 
o‘rimlarida o‘tib ketganiga o‘kinamiz. Ammo, o‘sha 
qiyin sharoitda ham o‘zlarining keng bilimi va 
unutilmas hayotiy saboqlari bilan ong-shuurimizni 
va qalblarimizni boyitgan va bizni mudom ezgulik 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin