Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   216
2021 4-son

Л.Р.Бекмирзаева 
Идейная совокупность произведений Чингиза Айтматова “Плаха”, “Белый карабль” и Шойима Бутаева 
“Крепость луны” (“Укреплённый месяц”)
 ..................................................................................................................................................................205
G.Esirgapova 
Abdulla Qahhor ijodining tarjimadagi hissasi ......................................................................................................................................209
D.N.Raxmatova 
Ma’rifatga chorlagan ma’rifatparvar ...............................................................................................................................................213
D. Azimova 
“Jannatga yo‘l” dostonida davr va shoir shaxsi muammosi talqini .....................................................................................................218
MUNDARIJA



“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
TAHRIRIYAT MINBARI
SHARAFLI KASB MAS’ULIYATI 
HAQIDA O‘YLAR
Shavkat Safarovich Sharipov –
 pedagogika f.d., professor Jizzax davlat pedagogika instituti
Usmonjon Qosimov –
 fil.f.d., Jizzax davlat pedagogika instituti
Bu mavzudagi o‘y-xayolllar va 
muammolarimizga hazrat Alisher Navoiy 
hikmatlari va saboqlari eng to‘g‘ri va oqilona 
javob bo‘la oladi. Navoiyning ustoz va shogirdlik 
munosabatlari xususida bitgan birgina baytida 
ifodalangan shart va talablar ham teran ma’nolari 
bilan o‘ziga xos bir dastur bo‘la olishi mumkin: 
Haq yo‘lida kim sanga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila. 
(“Mahbub ul-qulub”)
Haq yo‘lida, ya’ni Olloh yo‘lida beg‘araz, beta’ma 
saboq berish kerakligi uqdirilgan; Ikkinchidan 
esa, ustozning dars-sabog‘i talabalarni haqiqat, 
to‘g‘rilik va ezgulikka boshlashi lozim. Yana 
muhimi: o‘zgalarga saboq berish uchun ustoz bir 
umr o‘qitish-o‘rgatish mashaqqatini, ranj-zahmatini 
sabr-bardosh bilan chekishi talab etiladi. 
Barchamiz uchun birinchi ustoz – ota 
va onalarimiz bo‘ladi. Garchi ota-onalarimiz 
o‘zlari qiyin sharoit tufayli o‘qimagan bo‘lsalar-
da, lekin ularning o‘qishga, ilm va ijod ahliga 
munosabati ibratli bo‘lgan. “Mehnatning og‘iri- 
o‘qish, ilm olish”,– der edi keksalarimiz. Yaxshi 
ota-onalar farzandlari, yaqinlariga, qo‘ni-qo‘shni 
va mahallasidagilarga ham so‘zi, ishi va to‘g‘ri 
maslahati bilan ta’sir eta oladi. O‘qituvchi-ustozlar 
esa yuzlab, minglab yoshlarga saboq berishi va 
ularning ongu-tafakkuriga va qalbiga ta’sir o‘tkaza 
olishi mumkin. O‘qituvchi-murabbiylarning hayotda 
va jamiyatda tutgan yuksak mavqe-martabasining 
qadri ham zimmasidagi vazifasining muhim va 
sharafli ekanligi bilan bog‘liq. Shu boisdan ham 
shoir va mutafakkirlar
Ustoz-muallimsiz qolsa bir zamon,
Qaro bo‘lur edi butun jahon.
deb, o‘qituvchilik kasbi qanchalar ulug‘ligini 
ta’kidlashgan, ayni paytda, uning jamiyat va xalq 
oldidagi burch-mas’uliyati nechog‘lik yuksak 
va sharafli ekanligidan ham ogoh etishgan. 
Chinakam o‘qituvchilik darajasiga yetishish 
uchun umrbod izlanish va hayotni muttasil 
o‘rganish, teran mushohada qilish qobiliyati 
kerak bo‘ladi. O‘quvchilariga saboq berishi uchun 
o‘qituvchi ulardan o‘n, balki yuz karra ko‘p o‘qigan, 
o‘qiganlarini uqqan, anglab yetgan bo‘lishi shu 
yuksak talablarning biridir.
Muqaddas kalom va hadislarda ham ustod 
va shogirdlik insoniyat tamadduni uchun qanchalar 
zarur va ahamiyatli ekanligi ta’kidlangan. Ko‘p 
asrlik tariximiz va buyuk ajdodlarimiz hayoti va 
hikmatlari misolida ham bunga ishonch hosil 
qilamiz. Masalan, “Boburnoma”da o‘tmishda ilm 
toliblarining, jumladan, shahzoda va beklarning 
ham ustozlardan dars-saboq olishlarida qanchalik 
odob saqlashi, hamisha diqqat-e’tiborli bo‘lganligi 
xususida shunday ibratli bir voqea keltiriladi: 
zamonasining piri komillaridan bo‘lgan Xoja Ahror 
Valiyning navbatdagi va’zxonlik-suhbati chog‘ida 
kutilmagan holat voizning diqqatini tortadi. 
Ya’ni ustozga hurmati, irodat-e’tiqodi baland 
bo‘lgan va juda xushxulq bir sultonzodaning 
ko‘p betoqat bo‘layotgani va nimadandir ozor 
chekayotganday qiynalib o‘tirganini sezib qoladi. 
Suhbatini tamomlagandan so‘ng xodimlariga 
o‘sha sultonzoda muridi “o‘tirgan joyni ko‘zdan 
kechiringlar”, – deb buyuradi. Qarashsa, haligi 
sultonzoda o‘tirgan to‘shanchi-sholchaning ostida 
uchi pichoqday o‘tkir tig‘li suyak chiqib turgan 
ekan. O‘sha o‘tkir tig‘li suyak sultonzodaning 
oyog‘i-soniga ancha botib kirgan va yaralagan. 
Shu holatda ham sultonzoda tanasidagi jarohat 
og‘rig‘iga chidab o‘tirgan va ustozining va’zini 
oxirigacha tinglagan ekan...
Yoxud Shayx Sa’diyning mashhur 
“Guliston” dostoni necha yuz yillar davomida 
oliy madrasalarda darslik sifatida o‘qitilib 
kelingani ma’lum. (Yosh Alisher Navoiy. Husayn 
Boyqarolar ham bu kitoblarni katta qiziqish bilan 
mutolaa qilishgan) Asardagi hikoyatlarda ham 
ustoz-shogird munosabatlari va ularning saboq 
olishlarida qunt va intizom bilan birga ustozning 
talabchanligi alohida ahamiyat kasb etishi hayotiy 
misollar orqali bayon etiladi. Chunonchi, o‘sha 
davrdagi bir podshohning o‘g‘li ustozning dars-
saboqlariga e’tiborsizlik va quntsizlik qilganligi 
oqibatida boshqa hamsaboqlariga nisbatan 
chalasavod bo‘lib qoladi. Podsho buning 
sabablarini surishtirib, bilgandan so‘ng o‘g‘lining 
bo‘yniga bir taxta bitik osib qo‘ydiradi va bu taxtaga 
shunday satr yozdiradi: 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin