Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   216
2021 4-son

 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
12 
bo‘la oladi. Ayni vaqtda, ular hazrat Navoiyning 
shoirlarimiz o‘z ona tili-“turkiyda ko‘prak yozsalar 
edi” degan asriy orzusi ham, eng avvalo, millati 
mizning ma’naviy ehtiyoji va kamoloti bilan bog‘liq 
ekanligini anglashimizga yordam beradi. 
Ma’lumki, ulug‘ adib va mutafakkirlar 
hamisha milliy tillari sofligi va ravnaqi uchun faol 
kurashib kelganlar va bu bilan ham o‘zlarining 
vatanparvarlik burchlarini ado etganlar. Abdulla 
Qahhor uchun ham til hamisha adabiyot rivojining 
asosiy sharti, omili bo‘lgan. “Adabiyot-bu til! Men 
shu vaqtga qadar biror yozuvchi tilsiz, imo-ishoralar 
bilan badiiy asar yaratganini eshitganim yo‘q”. Bu 
muxtasar e’tirof orqali ham tilning nafaqat ijod 
uchun, balki inson uchun bamisoli suv va havodek 
aziz va qadrli ekanligi ta’kidlangan. Adibimizning bu 
fikrini tilga bo‘lgan g‘oyat mas’uliyatli munosabati 
va badiiy til haqidagi qarashlari mohiyatini 
belgilovchi negiz deb qarash mumkin. Aslida, 
bundan boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. 
Chunki til shunchaki tashqi bir bezak yoki libos 
bo‘lib emas, balki asar mazmunining, yozuvchi 
g‘oyaviy-estetik maqsadining badiiy ifodasi bo‘lib 
yashaydi. Zotan, buyuk allomalar aytganlaridek
til inson uchun non-suv va havodek tengsiz ruhiy 
bir ne’mat, hayotiy ehtiyoj va bebaho milliy va 
umuminsoniy qadriyatdir.
Ona tilimizning nufuzi va mavqeini ko‘tarishda 
o‘z asarlari va adabiy-tanqidiy fikr va qarashlari 
bilan faollik ko‘rsatayotgan ijodkorlar safi 
kengayayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Atoqli 
adiblar O.Yoqubov, P.Qodirov, O.Sharafiddinov, 
E.Vohidov, shuningdek. T.Mirzo va E.Shukurlarning 
turkum asarlari va taniqli olimlar imizning yirik 
asarlari nomlari ham, mazmuni ham so‘z bilan 
bog‘liq ekanligining o‘ziyoq ibratlidir. Zero, Til 
millat qalbi va tafakkurining ko‘zgusi bo‘lganidek, 
so‘z ham hayotiy va ma’naviy-ruhiy ehtiyoj matlabi 
sifatida adabiyotda ham, eng avvalo, san’atkor 
fikr-tuyg‘ularini ifodalash maqsadida qo‘llanadi. 
“So‘zimni o‘qub bilgaysen o‘zimni” (Bobur) 
deganlaridek, ijodkor shaxsi va tafakkur tarzi, 
so‘z tanlash va qo‘llash mahorati- barchasi so‘zda 
aks etib turadi. Bu jihatdan E.Vohidov ijodi va til 
saboqlari alohida e’tiborga munosib. Darhaqiqat, 
unutilgan so‘zlarimizni tiklash, borini boyitib 
borish, xorijiy atamalarga munosib istilohlar topish 
faqat tilshunoslarning emas, butun millatning 
umumxalq ishidir. Tilga mehr-e’tibor ham 
muqaddas burchimiz. Tilimiz boyligi xalq hayoti 
va ko‘p asrli tarixiy ildizlariga bog‘liq. Xalq tili va 
dilining tarjimoni bo‘lolgan mutafakkir-shoir katta 
ishonch va g‘urur bilan aytganidek:
Notiq dedi:
“Taqdir shul,
Bu jahoniy iroda,
Tillar yo‘qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda.
“Va’zingni qo‘y, birodar,
Sen aytganing bo‘lmaydi.
Barcha dedi barobar:
“Ona tilim o‘lmaydi”
Erksevar va ma’rifatparvar xalqimiz qalbini oftob 
yanglig‘ munavvar etib turgan yuksak ishonch 
tilimiz, adabiyot va ma’naviyatimiz rivoji yo‘lida 
tog‘day tayanch bo‘lgan qudratli zaminga-tarixiy 
haqiqatga asoslangandir.”* O‘zligini anglayotgan 
butun bir millatning xohish-irodasi va asriy 
orzularini ifoda etgan tarixiy Farmonlar halqimiz 
ongu tafakkuri, madaniyati va yosh avlod kamoloti 
uchun nechog‘lik katta ijtimoiy-siyosiy va tarbiyaviy-
estetik ahamiyatga ega ekanligi yillar o‘tgan sari 
yaqqolroq namoyon bo‘lishi shubhasizdir. Ustoz 
shoirlarimiz aytganidek, ona tili umummillat 
mulkidir. Demak, til oldidagi ma’suliyat ham 
umummilliy. Men o‘zbekman, degan har bir inson 
o‘zbek tili uchun qayg‘urmog‘i kerak. Chunki 
bir millatni yo‘qotish uchun uni qirib tashlash 
shart emas, balki tili va tarixiy xotirasidan judo 
qilish kifoya ekan. Zotan, adabiyot va she’riyatda 
millatimiz va xalqimiz hayoti, orzu-umidi, tili va 
tarixiy xotirasi mujassamdir. 
Bu qismini qisqartish ham mumkin.
E’tirof etish lozimki, mumtoz 
adiblarimizningmashhur asarlari tilini lingvistik, 
lingvostilistik nuqtai nazardan o‘rganish bo‘yicha 
ham qator ishlar amalga oshirildi va ular badiiy 
matn tahlili rivojida munosib o‘rin tutadi. Lekin 
rivojlanayotgan ilmiy texnik asr va kompyuter 
lingvistikasi shoir va yozuvchilar ijodi, so‘z boyligi 
va san’atkorligini o‘rganishga yangicha usullar 
bilan yondashish zarurligini taqozo etmoqda. 
Taniqli olimlarimiz I.Qo‘chqortoev, R.Qo‘ng‘urov, 
S.Karimov, N.Mahmudov, Y.Solijonov, B.Mengliyev, 
A.O‘rozboyev kabilarning tadqiqot arida 
ta’kidlanganidek, davr talablar idan kelib chiqib
adiblarimizning asarlari tilini mukammal o‘rganish 
borasida ham tahlil metodlarini qayta ko‘rib chiqish 
zarur bo‘ladi. Bugun u yoki bu shoir va yozuvchi 
asarlari matnidagi obrazlilik namunalari bo‘lgan 
bir necha til birligini ajratib olib, udarni tahlil qilish 
zamonaviy tilshunoslik nutayi nazaridan yetarli 
deb bo‘lmaydi. Zero, asarda qo‘llangan u yoki bu 
til birligining yana boshqa ma’nolari badiiy matn 
ostida yashirinib qolib kelayotgan bo‘lishi mumkin. 
Shu munosabat bilan yana bir muammoga 
e’tiboringizni qaratmoqchimiz. U yoki bu shoir 
va yozuvchi ijodi yoxud muayyan bir asariga 
bag‘ishlangan maqola va taqrizlarda, hatto yirik 
monografiya va to‘plamlarda ham o‘sha ijodkorning 
til mahorati va so‘z san’ati kabi jihatlarga etarli 
e’tibor berilmaganligiga guvoh bo‘lamiz. Bunday 
asarlarni, maqola yo taqrizlarni to‘laqonli asar 
deb bo‘larmikin? Biznigcha, bu holat ham bugungi 
tilshunoslik va adabiyotshunosligimizning muhim 
vazifalaridan bo‘lishi lozim.
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI 
BAYRAMI KUNI


13 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI 
BAYRAMI KUNI

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin