“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
8
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Institutda HEMIS - Oliy ta’lim
jarayonlarini
boshqarish axborot tizimi joriy etildi. Shu
asosda 2020-2021 o‘quv yilida HEMIS - Oliy
ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi
orqali 862 nafar professor-o‘qituvchilar tizimda
ro‘yxatdan o‘tkazildi. 16297 nafar talaba
tizimda qayd qilindi. 129 ta mutaxassislik, 256
ta o‘quv rejalar, 782 ta akademik guruh yaratildi.
2020-2021 o‘quv yilida 831 ta dars jadvali qayd
etildi. 16297 nafar talabaga platforma
orqali
o‘quv varaqalari shakllantirildi. 3122 nafar
bitiruvchi kurs talabalariga diplom va diplom
ilovalari shakllantirildi.
Fanning xususiyatidan kelib chiqqan
holda kafedralar tomonidan oraliq nazoratlar
o‘tkazilishi va davri mustaqil belgilaniladi.
Bitta fandan umumiy soatlaridan kelib
chiqqan holda 1- va 2- martagacha oraliq
o‘tkazilishiga ruxsat berilgan. Oraliq nazorat
jadvallari va o‘tkazilishi to‘liq tizimda qayd
qilib boriladi. HEMIS platformasi orqali
to‘liq professor-o‘qituvchilarning dars o‘tishi,
talabalar davomati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tizim orqali qayd etib borilmoqda. 2021-2022
o‘quv yilidan professor-o‘qituvchilarga o‘quv
jarayonini sifatli tashkil etishida qulaylik
yaratish va sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan
shu vaqtgacha yuritilib kelingan kalendar
rejalar, o‘quv-uslubiy majmualar,
ishchi rejalar,
fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari to‘liq elektron
tizimga kiritish va shu orqali nazorat qilish
tizimi yo‘lga qo‘yildi. Qaydnomalarni qog‘oz
ko‘rinishida rasmiylashtirishdan voz kechilib,
elektron tizimda qayd qilish yo‘lga qo‘yildi.
HEMIS tizimi elektron ta’lim
imkoniyatlarining katta ekanligini yana bir
ko‘rsatdi. Birgina misol keltiraman. Oliy ta’lim
fakultetlar dekanlari avval bir qancha vaqtni
oladigan va ortiqcha qog‘ozbozlik bilan bog‘liq
funksiyalarni elektron amalga oshiradigan
bo‘ldi. Jumladan, HEMIS tizimi orqali ular:
- Axborot tizimining "Talabalar"
menyusiga taalluqli bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklarni, kvalifikatsiyalar va
talabalar yutuqlarini, akademik guruhlar va
talabalar bazasini shakllantirish;
- Axborot tizimining “Talaba harakati"
menyusiga taalluqli bo‘lgan talabalarning
o‘qishdan chetlashtirish va tiklash, talabalarga
akademik ta’til berish, talabalar o‘qishini
ko‘chirish, kursdan qoldirish, kursdan kursga
o‘tkazish hamda o‘qishni bitirish ma’lumotlarini
shakllantirish,
elektron buyruqlarni yuritish;
- Axborot tizimining "O‘quv jarayoni"
menyusiga taalluqli bo‘lgan o‘quv rejalar,
o‘quv semestrlari, o‘quv haftalari va o‘quv
reja fanlarini shakllantirish, mashg‘ulotlar
va nazoratlar jadvallarini tuzish, imtihonlar
ro‘yxatini shakllantirish va nazorat qilish;
- Axborot tizimining “Davomat" va
"O‘zlashtirish” menyulariga taalluqli bo‘lgan
talabalarning mashg‘ulotlarga
qatnashish
davomatini va fanlardan o‘zlashtirish
natijalarini monitoring va tahlil qilish, elektron
qaydnomalarni yuritish, talabalarning GPA-
ballarini hisoblash hamda talabalarga shaxsiy
grafiklar berish;
- Axborot tizimining “Xodimlar" menyusiga
taalluqli bo‘lgan professor o‘qituvchilarning
malaka oshirish va lavozimga tanlovdan o‘tish
ma’lumotlarini monitoring qilish;
- Axborot tizimining “Nazoratlar"
menyusiga taalluqli bo‘lgan talabalarning
yakuniy davlat attestatsiyalarida bitiruv ishi
yoki magistrlik dissertatsiyalari himoyasi
natijalarini qayd qilish va
monitoringini olib
borish;
- Axborot tizimining “Akademik yozuv”
menyusiga taalluqli bo‘lgan talabalarning
fanlardan o‘zlashtirish ma’lumotlarini
shakllantirish, bitiruvchi talabalarni
akkreditatsiyadan o‘tkazish va diplom
ma’lumotlarini shakllantirish, diplom blanklari
hisobini yuritish, bitiruv malakaviy ishlari va
magistrlik dissertatsiyalari mavzulari ro‘yxatini
hamda davlat attestatsiya
komissiyalari
ma’lumotlarini shakllantirish, talabalarning
transkript, o‘quv varaqa va akademik
ma’lumotnomalarini tayyorlash va hisobini
yuritish;
- Axborot tizimining “Reyting" va
"Statistika” menyulariga taalluqli bo‘lgan
professor-o‘qituvchilar va kafedralar ilmiy
faoliyat reytingini monitoring qilish, talabalar va
o‘qituvchilar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni
shakllantirish va boshqa imkoniyatlarga ega.
Bunday funksiyalarni bir avtomatik elektron
formatda amalga oshirilishi o‘quv jarayonini
shaffof tashkil etishda alohida ahamiyatga
ega.
Uchinchidan,
o‘quv
jarayonini elektron
tashkil etishda tegishli moddiy-texnik baza
muhim rol o‘ynaydi. Chunki zamonaviy axborot
texnologiyalarisiz elektron ta’lim haqida
gap ham bo‘lishi mumkin emas. Institutda
talabalar kontingenti kattaligidan kelib chiqib,
moddiy-texnik baza bosqichma-bosqich
kengaytirilib borilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi uch
yil davomida oliy ta’lim muassasamizning
imkoniyatlari sezilarli ravishda yaxshilandi.
Bunga institut bosh o‘quv binosi va qo‘shimcha
o‘quv binolarini zamonaviy ta’mirlanganini
ta’kidlash kerak. Eng asosiysi, talabalar uchun
darslarni qiziqarli tashkil etish muhimligidan
kelib chiqib, qator choralar ko‘rildi. Amalga
oshirilgan o‘zgarishlar natijasida institutda 113
ta proektor, 24 ta sensorli monitor, 50 ta smart
televizor, 1155 ta kompyuter o‘quv jarayoniga
Dostları ilə paylaş: