Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   216
2021 4-son

TAHRIRIYAT MINBARI


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
10 
TAQVIM 21-OKTABR – O‘ZBEK TILI 
BAYRAMI KUNI
TIL-MILLAT QALBI, RUHIYAT 
VA MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI
Usmonjon Qosimov –
 fil.f.d., Jizzax davlat pedagogika instituti
 Sobir Ahmedov –
 fil.f..falsafa d., Jizzax davlat pedagogika instituti
Donishmandlar tomonidan aytilgan ko‘hna 
bir haqiqat bor: tog‘ cho‘qqilarining yuksakligi 
ularga olisdan qaralganda, yanada yaqqolroq 
ko‘zga tashlanadi. Bu tashbehni “O‘zbek tilimizning 
davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Jizzax davlat 
pedagogika instituti 2019-yil, 21-oktyabrdagi 
va 21-oktyabrni “O‘zbek tili bayrami kuni” deb 
nishonlash to‘g‘risidagi tarixiy Farmonlarga 
nisbatan ham qo‘llash barcha hamyurtlarimizning 
ham dilidagi haqiqatni ifodalashi mumkin. Bu 
tarixiy voqeaning xalqimiz madaniyati va yosh 
avlodning kamoloti uchun nechog‘lik katta ijtimoiy-
siyosiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi yillar 
o‘tgan sari yanada yaqqolroq namoyon bo‘lib 
borishi shubhasizdir. Mustaqilligimiz sharofati 
bilan hayotimizning deyarli barcha jabhalarida 
ulkan islohotlar, ijobiy o‘zgarish va yangilanishlar 
jarayoni boshlandi. Ayniqsa, Istiqloldan keyin ona 
tilimiz va adabiyotimizni chuqur o‘rganishga e’tibor 
har qachongidan ham kuchayganligi o‘zining 
ulkan samarasini bermoqda. Xalqimizning o‘zligini 
anglashida va ma’naviyati yuksalishida ona tili va 
adabiyotimizning o‘rni va ahamiyati beqiyosligi 
muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev nutq-
ma’ruzalari va asarlarida alohida ta’kidlangani 
bejiz emas.
Jahon madaniyati va adabiyoti tarixiga 
nazar tashlasak, shunday bir haqiqatning guvohi 
bo‘lamiz: ulug‘ adib va mutafakkirlar hamisha 
o‘z milliy tilining ravnaqi va istiqboli uchun faol 
kurashganlar. Ayni paytda, ko‘plab Sharq va G‘arb 
tillarini ham o‘rganib, o‘z asarlarida va nutq-
maqolalarida ulardan oqilona foydalanganlar 
va shu yo‘l orqali ham ona tilimiz va milliy 
tafakkurimizni boyitishga xizmat qilganlar. 
O‘zbek tilining xalqaro nufuzi va 
ravnaqi ma’naviyatimiz rivojining asosiy omili 
ekan, beqiyos tilimiz va adabiy merosimizni 
chuqur o‘rganish zarurati hozirgi globallashuv 
sharoitida yanada ortadi. So‘z san’ati barcha 
zamonlarda ham adabiyotning, demakki, 
tilshunoslik va adabiyotshunoslikning ham mangu 
muammolaridan biri bo‘lib kelgan. Mumtoz shoir-
yozuvchilar va adabiyotshunoslar “Adabiyot-
so‘z san’ati”, “Adabiyot tildan boshlanadi”,1 “Til-
adabiyotning asosiy quroli” deb ta’riflashlarida 
ham chuqur haqiqat mujassam. Ulug‘ adiblar 
1 Алишер Навоий. Муҳокамат ул-луғатайн. Т.: 2014, 69-б.
badiiy asar tiliga va undagi har bir so‘z-iboraga 
alohida e’tibor bilan qarashgan. Bu qutlug‘ adabiy-
estetik an’analar zamondosh adiblar va tanqidchi-
adabiyotshunoslar tomonidan ijodiy davom 
ettirilayotgani ham so‘z san’ati rivojining muhim 
omilidir. Chunki so‘z-eng avvalo, fikr-tuyg‘u va 
ijoddir.
Yangilanayotgan 
O‘zbekistonimizning 
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida kun sayin 
qadrlanib borayotgan bu tarixiy voqelik adabiyot va 
ijod ahli zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. 
Etuk shoir va yozuvchilarimizning asarlari matnini 
va ularning so‘z san’atkorligini o‘rganishda bu 
boradagi qadimiy ijodiy an’analarimizni, jumladan, 
o‘tmishdagi aksariyat shoir va allomalar ikki tilda- 
ham turkiy, ham forsiyda samarali ijod qilganliklarini 
ham unutmaslik lozim. Binobarin, tilimiz va 
adabiyotimizning buyuk yalovbardori Navoiy, ayni 
paytda, fors va arab tillarini ham mukammal bilgan 
ligi uning favqulodda nodir iste’dodining yorqin 
bir qirrasi edi. Ulug‘ shoirning boy va rang-barang 
ijodi, jumladan, yuzlab ruboiylari ham fikrimizga 
dalil bo‘la oladi. Ularning deyarli barchasiga xos 
bo‘lgan yorqin fazilat bor: bu-ularning ham ma’nan, 
ham shaklan poetik mukammalligi. Bunday 
g‘oyaviy-badiiy mukammallikka erishishda, avvalo, 
Navoiyning tilimizning serjilo va ma’nodorligi kabi 
o‘ziga xos jihatlari va imkoniyatlaridan mohirona 
foydalangani ustuvor ahamiyat kasb etgan. Shu 
bilan birga she’r va dostonlarida keng qo‘llangan 
fors-arabcha so‘z- iboralarning ham muayyan o‘rni 
borligini ta’kidlash joiz. “Muhokamat ul-lug‘atayn” 
asarida “So‘z va iboradan maqsad ma’nodir”
1
deb 
bilgan Navoiy turkiy va fors tillarining kamoli va 
tafovutlarini yoritib, arab tili fasohati va badiiyat 
ziynati yuksak qadrlashini ham e’tirof etadi. Bu 
ilmiy-nazariy fikr qanchalar asosli ekanligiga ulug‘ 
shoir yaratgan ruboiylari misolida ham ishonch 
hosil qilish mumkin:

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin