9
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
jalb etildi. Bularning barchasi darslarda
multmedia vositalardan unumli foydalanishga
yo‘l ochadi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab
institutda media markaz faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Media markaz ma’ruzalarni elektron
yozib olish uchun eng zamonaviy texnikalar
bilan jihozlandi. Bir o‘quv yili davomida
mutaxassislik fanlarining aksariyati media
markaz orqali videolashtirildi va talabalarning
foydalanishlari uchun institutning modul
tarmog‘i hamda utub.uz ga joylashtirildi.
To‘rtinchidan,
bugungi kunda elektron
axborot resurslarisiz ta’lim jarayonini tasavvur
etib bo‘lmaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev
raisligida 2021-yil 16-iyun kuni oliy ta’lim
tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida xorijiy davlatlardan
o‘quv va ilmiy adabiyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xarid qilish, oliy ta’lim muassasalari fondidagi
4 millionga yaqin adabiyotlarni to‘liq elektron
shaklga o‘tkazish zarurligi qayd etildi. Barcha
kutubxonalarni yagona tizimga ulab, talaba
va tadqiqotchilar uchun tunu kun foydalanish
imkoniyatini yaratish, plagiatni bartaraf
etadigan axborot dasturlarini joriy qilish
vazifasi qo‘yildi
5
. Biz ushbu vazifadan kelib
chiqib, elektron resurslarni boyitish ustida
ishlashimiz lozim.
Ayni vaqtda institutda ham elektron
adabiyotlarni boyitishda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil
7-iyundagi “Aholiga axborot-kutubxona
xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish,
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini
rivojlantirish” to‘g‘risidagi PQ-4354-sonli qarori,
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020-
yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori bilan qabul
qilingan “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va
qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi”da belgilab
berilgan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan
chora-tadbirlar dasturi muhim ahamiyatga
ega bo‘lmoqda. Institutimizda axborot-resurs
markazining jami kitob fondi 20053 nomda,
140626 nusxani tashkil etadi. Umumiy elektron
resurslar fondi 27450 ta bo‘lib, shundan
elektron kitoblar soni – 16865 tani tashkil
etadi. Shundan elektron o‘quv adabiyotlar soni
8873 ta, elektron badiiy adabiyotlar soni-7992
tani tashkil etadi.
Axborot-resurs markazi foydalanuvchilar
uchun masofadan turib zamonaviy axborot
xizmatlari ko‘rsatish maqsadida o‘z sayti lib.
jspi.uz va JSPI-library telegram-bot kanali
5 Олий таълим тизимидаги устувор вазифалар белгиланди // https://president.uz/uz/lists/view/4424
faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ayni paytda saytdan
foydalanuvchilar soni 1800 tadan ziyod
bo‘lib, “JDPI elektron kutubxona” kanalidan
foydalanuvchilar soni 1600 ta, “JDPI
o‘qituvchilari-ARM” kanalidan foydalanuvchilar
soni 224 tani tashkil etadi. Lib.jspi.uz saytining
“Elektron kutubxona” sahifasiga axborot-resurs
markazi fondidagi 4093 ta adabiyotlarning
to‘liq matni joylashtirilgan.
Institut axborot-resurs markazida 2021-
yil 2-iyunda EBSCOhost elektron ma’lumotlar
bazasidan foydalanish to‘g‘risida hamkorlik
shartnomasi imzolangan bo‘lib, ayni
paytda mazkur bazadan foydalanish ishlari
yo‘lga qo‘yilgan. EBSCOhost interfeysida
elektron kitoblar va elektron jurnallardagi
ilmiy manbalardan foydalanish imkoniyati
mavjud bo‘lib, bu bazaga Search.ebscohost.
com havolasi orqali kirish mumkin. Mazkur
shartnomada EBSCOhost bazasidan 1 yil
muddatda foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan.
Axborot-resurs markazida “Innovatsion
kutubxona” loyihasi asosida o‘quv adabiyotlarga
maxsus QR-kod berish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni paytda 5ta ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan
fanlar bo‘yicha barcha o‘quv adabiyotlarga
maxsus QR-kod berilgan. Shuningdek, 40
nusxadagi badiiy adabiyotlarga, 56 nusxadagi
o‘quv adabiyotlarga QR-kod berilib, foto
tasvirlar orqali foydalanuvchilarga havola
etilgan. Jami QR- kodlashtirilgan adabiyotlar
soni 264 tani tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, respublikadagi
boshqa oliy o‘quv yurtlari kabi Jizzax davlat
pedagogika institutida ham elektron ta’lim
imkoniyatlari katta ekanligi o‘z isbotini topib
bormoqda. Oliy ta’limni rivojlantirishning
ustavor sohalaridan biri hisoblangan elektron
ta’lim tizimi – ta’lim tizimini rivojlantirishning
yangi bosqichini boshlab berishi shubhasiz.
Yaqin vaqtgacha elektron ta’limni joriy
etishda tegishli muammolar mavjud edi.
Bular elektron ta’limni joriy etishga pedagogik
jamoalarning yetarli tayyor emasligi; elektron
ta’lim imkoniyatlari haqida tasavvurlarning
ozligi, ularni qo‘llash bo‘yicha metodik
ishlanmalarning kamligi; elektron ta’limda
foydalaniladigan kompyuter texnologiyalari
vositalarining qimmatligi; elektron ta’lim
bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi va
boshqalar. Ammo bugungi kunda bunday
muammolar o‘z yechimini topmoqda.
Dostları ilə paylaş: