36
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekistonda tabiiy sharoitni
asl holicha saqlab qolish va uni muhofaza qilish ishlari O’zbekistonning
mustaqillik yillaridan boshlab jadal olib borilmoqda. Bu birinchi navbatda
O’zbekistonning davlat siyosatini to’g’ri yuritilishi bilan izohlansa, ikkinchi
navbatda mamlakatimizda yashovchi o’zbek xalqining ona tabiatni qadimdan
ardoqlab kelishidadir. Bu holat hatto xalqimizning urf-odat va an’analarida ham
yaqqol aks etib turadi.
Ayniqsa, O’zbekiston mustaqillikka erishgach tabiatni asrash va uni
muhofaza qilish ishlarini davlat siyosati darajasiga ko’tardi. Bu borada keng
ko’lamli islohotlar olib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilishga doir juda ko’plab
qonun va qarorlar, huquqiy me’yoriy xujjatlar qabul qilingan. Masalan,
O’zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va
chiqindilar joylashtirilganligi uchun to’lovlar tizimini takomillashtirish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2003 y, 9-10-son, 71-modda;
2004 y, 43-son, 456-modda; 52-son, 523-modda; 2005 y, 19-20-son, 142-modda;
2006 y, 6-7-son, 34-modda; 7-son, 400-modda; 2010 y, 5-son, 40-modda; 2010 y,
14-15-son, 106-moddalari, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 1-con, 1-modda,
qishloq va suv xo’jaligi vazirligining o’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi huzurida
manzarali bog’dorchilik va o’rmon xo’jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish
markazini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami, 2005 y., 8-9-son, 68-modda; 2009 y., 25-son, 287-modda, 2004 yilda
bioresurslardan foydalanish me’yorlari haqida O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to’plami, 2004 y., 14-son, 171-modda, Muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 1-son, 2-modda,
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to’lovlar tizimini takomillashtirish