1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish. Schyotlar rejasi. Boshlang’ich qoldiqlarni kiritish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Kor

Birinchi pallada
birlamchi hisob, 
birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqarish va hisobning har bir uchastkasi bo‘yicha 
tahliliy hisobning qaydnomalari tuzilishi bajariladi (masalan, ish haqi hisobi bo‘yicha hisoblash 
to‘lov hujjatlari, qo‘shib hisoblangan va ushlab qolingan ish haqining to‘plamlari va boshqalar 
tuziladi). Qayta o‘zgartirishning barcha operatsiyalari hisobning aniq uchastkasining ADP yoki 
buxgalteriya hisobining yagona moduliga qurilgan moduli asosida bajariladi. 
 
 
 
 
2-rasm. Buxgalterning zamonaviy ish joyini tashkil qilish tamoyillari. 
Ishlab chiqishning 
ikkinchi pallasi
provodkalarni tuzish, ularni tahli-liy va sintetik 
hisobning turli registrlari, schyotlarning tartib raqamlari bo‘yicha qayd daftari ordenlariga 
joylashtirishdan iborat bo‘ladi. Kompyu-terli ishlab chiqish har bir uchastka yechimini tugashi 
bo‘yicha provodkani shakllantirib, bu jarayonlarni to‘liq avtomatlashtirishga imkon beradi. 
Ishlab chiqishning 
uchinchi pallasi
yig‘ma sintetik hisobni: asosiy kitobning schyotlari 
bo‘yicha hisobot saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat 
bo‘ladi, bu «Provodka-Asosiy kitob-Balans» mashina dasturining asosiy moduli tomonidan 
ta’minlanadi. 
BUXGALTYeR 
Internetga kirish 
Ishlab chiqarish 
Mijozlar 
Rahbariyat 


Buxgalteriya hisobi majmualari o‘rtasida hisobxona hisoblash tarmog‘ini tashkil qilish 
asosiga olingan axborotli aloqalar mavjud. Hisobning asosiy vositalari hisobi, tayyor mahsulotlar 
hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiya-larining hisobi, moddiy bo‘lim boyliklari hisobi, mehnat 
va ish haqi hisobi kabi uchastkalari uchun dastlabki axborotlarni shakllantirish, qoidaga ko‘ra, 
boshlang‘ich hisobiga va boshlang‘ich hujjatlarda xo‘jalik operatsiyalarini aqs ettirish hisobiga 
sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va kiruvchi axborotlarning yig‘ma hisobi 
bo‘yicha vazifalar uchun hisob vazifalarining boshqa majmualarini yechishning natijalari asos 
bo‘lib xizmat qiladilar. Ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi bo‘yicha axborot bazasini 
shakllantirish alohida e’tiborga loyiq, bu o‘rinda oldinroq asosiy vositalar, materiallar, mehnat, 
ish haqi va tayyor mahsulotlar hisobi bo‘yicha vazifalarni yechishdan olingan yakuniy ma’-
lumotlar asosiy manba bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’minlanishi ishlab chiqarishning 
ko‘rib chiqilgan pallalarining hisob vazifalarini integratsiya-lash hamda tashqi aloqalarning 
mavjudligini hisobga olish bilan ko‘riladi. 
Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasiga alohida to‘xtash zarur. 
Asosan bu aloqa me’yoriy va uslubiy materiallarni olish, hamda yig‘ma moliyaviy hisobotni 
manfaatdor tashkilot — yuqori ma’muriy idoralar, soliq qo‘mitasi, statistika idoralari, moliyaviy 
tashkilotlar va boshqa-larga berishdan iboratdir. ShKda olingan buxgalteriya hisobotlari-ning 
shakllarini yuqori idoralarga taqdim etish qonunlashtirilgan. Bu tashkilotlarga axborotlarni 
magnitli manbalar va aloqa kanallari bo‘yicha topshirish haqidagi masalalar hal qilinmoqda. 
Banklar bilan aloqa uchun «Mijoz-Bank» tizimi bo‘yicha axborotlarni maishnalararo 
almashtirish ko‘zda tutilmoqda. 
Tashkilotning hisob-kitob schyotiga xizmat ko‘rsatuvchi bank hisob-kitob schyotlarini 
tezkor boshqarish bo‘yicha xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif kiladi. «Mijoz-Bank» dasturi 
to‘lov topshiriqnomalarni yaratish, ularni bankka modem bo‘yicha uzatish, ShKda hisob-kitob 
raqamlaridan ko‘chirmalar olishga imkon beradi. Bunday axborotlarning himoyalanishini 
ta’minlash uchun elektron imzodan (usiz uzatilayotgan hujjatlar haqiqiy emas) hamda 
axborotlarni shifrlashning maxsus tizimidan foydalaniladi. Tizim g‘oyatda qulay, vaqtni tejaydi 
va turli mijozlardan nullarni hisob-kitob raqamiga kelishi haqida axborotlarni olishga imkon 
beradi va shu tariqa ularga xizmat ko‘rsatishni tezlashtiradi. Bundan tashqari «Mijoz-Bank» 
tizimi to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka borishdan tashkilotni ozod qiladi. 
Hisobxona ichidagi va tashqarisidagi turli bo‘linmalarda vujudga keluvchi ko‘plab 
boshlang‘ich hujjatlarning katta hajmi hamda me’yoriy ma’lumotnomaviy hujjatlardan keng 
foydalanish bilan ta’riflanuvchi buxgalteriya hisobi axborot ta’minlanishining ba’zi xususiyatlari 
haqida to‘xtab o‘tamiz. 
Barcha xo‘jalik operatsiyalari boshlang‘ich buxgalteriya hujjati — xo‘jalik operatsiyasi 
sodir bo‘lganligi haqidagi to‘liq va ishonchli yozma guvohnomada qayd etiladi. Hujjat yuridik 
kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo‘llash bo‘yicha umumiy uslubiy rahbarlik O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular 
hujjatlar haqidagi qoidalarni nashr qiladi, boshlang‘ich hujjatlarning namunaviy shakllarini 
ishlab chiqadi, yo‘riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi. 
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo‘linadi. Sohalararo hujjatlar 
barcha korxona va tashkilotlarda qo‘llanish uchun yagona bo‘ladi. Ularga asosiy vositalarning 
hisobi bo‘yicha hujjatlar, kassa va to‘lov hujjatlari, hisob beruvchi shaxslar bilan hisob-kitoblar 
uchun hujjatlar kiradi. Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish va yagona hisob 
registrlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy xarakterga ega. Ular asosida har bir soha ushbu soha 
hisobining o‘ziga xosligini e’tiborga olgan holda o‘z hujjat-larining shakllarini ishlab chiqishlari 
mumkin. Hujjatlarning sohaviy shakllari mehnat va ish haqi hisobi, materiallar hisobi, tayyor 
mahsulotlar hisobi uchastkalarida qo‘llaniladi. 


Barcha birlamchi buxgalteriya hujjatlari DTS, hujjatlarning bir shaklga keltirilgan tizimlari 
talablarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va kompyuterli ishlab chiqarish tomonidan 
qo‘yiladigan talablarni aks ettiradi. 
Buxgalteriya hisobining hujjatlari turli belgilari bo‘yicha tasniflanadi: 
• belgilanishi bo‘yicha — farmoyish beradigan, ijroiya (oqlaydigan), hisobli 
rasmiylashtiruvchi, murakkab; 
• xo‘jalik operatsiyalari mazmuni bo‘yicha — moddiy, pulli hisoblash; 
• aks ettirgan operatsiyalarning hajmi bo‘yicha — yagona (birlamchi) yoki yig‘ma; 
• foydalanish usuli bo‘yicha — bir martali va jamlovchi; 
• hisobga oladigan o‘rinlarning soni bo‘yicha — bir qatorli va ko‘p qatorli; 
• tizilish joyi bo‘yicha — ichki va tashqi; 
• to‘ldirish usuli bo‘yicha — qo‘lda, hisobni avtomatlashtirish vositalari yordamida. 
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo‘lda yoki kompыoterlarda) texnikasi korxonaning 
buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo‘linmalarini kompyuterlar bilan texnik 
jihozlanish darajasiga bog‘liq. Ammo ayrim xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning 
amaldagi qoida-lari bir qator hollarda hujjatlarni qo‘lda tuzishni ko‘zda tutadi. 
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) alomat, masalan, 
bo‘linmalar, sexlar, brigadalar bo‘yicha ishlovchilar asosida buxgalteriya hisoblari, ma’lumotlar 
va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda 
tasniflagichlarning har xil turlari: 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin