1-MAVZU. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’YEKTLARNING BUXGALTERIYASI.
KORXONALAR HAQIDA MA’LUMOTLARNI KIRITISH. SCHYOTLAR REJASI.
BOSHLANG’ICH QOLDIQLARNI KIRITISH
1.1.
O’zbekiston
Respublikasida
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot sohasida foydalanish
imkoniyatlari.
1.2. Boshlang‘ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzish va taqdim etish.
1.3. Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish.
1.4. Kontragentlar va ularga doir ma’lumotlari bilan ishlash.
1.5. Schyotlar rejasi. Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda schyotlar rejasiga
o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish.
1.6. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona ma’lumotlaridan foydalanilgan holda
boshlang‘ich qoldiqlarni shakllantirish.
1.7. Boshlang‘ich qoldiqlarni kiritish: schyotlar bo‘yicha qoldiqlarni kiritish, asosiy
vositalar qoldiqlarni kiritish, xodimlarga ish haqi bo‘yicha majburiyatlar va boshqa
schyotlarga oid qoldiqlarni kiritish.
Tayanch iboralar:
axborot kommunikatsiya texnologiyalari, amaliy dasturlar va ulraning
turlari, buxgalteriya hisobining
dastlabki hujjatlari, xo‘jalik operatsiyalari, korxonalar haqida
ma’lumotlar, kontragentlar,
:
buxgalteriya hisobining
ishchi schyotlar rejasi, faoliyat
ko‘rsatayotgan va yangi ochilgan korxonalar, moliyaviy hisobot elementlarining boshlang‘ich
qoldiqlar, inventarizatsiya
1.1. O’zbekiston Respublikasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarning yangi avlodlari va ulardan iqtisodiyot sohasida foydalanish
imkoniyatlari.
Milliy iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish buxgalteriya
hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisobning
xalqaro tizimlariga
o‘tishi amalga oshirmoqda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab
qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda
ishlab chiqishni tashkil
qilishning an’anaviy shakllari katta o‘zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy
holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy
tahlil usullarini egallash, qimmatli qog‘ozlar
bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag‘lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar
talab qilinadi.
Hozirgi davrda hisobchini «moliyaviy menejer», «hisobchi-tahlilchi» deb atash ham
mumkin.
Yangi usullarni egallashni axborot tizimlarini takomillashtirishmay va zamonaviy ShKsiz
tasavvur etish mumkin emas. Har qanday iqtisodiy ob’ektni boshqarish
faoliyatining asosini
murakkab qurilishga ega bo‘lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, faoliyat turi va
korxona, tashkilot, firmaning ko‘lamiga bog‘liq.
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish,
moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini
olib borish va buxgalteriya,
faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal kilish
kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish
nazariyasiga binoan ular