1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Korxonalar haqida ma’lumotlarni kiritish. Schyotlar rejasi. Boshlang’ich qoldiqlarni kiritish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix12.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#154432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-mavzu. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalteriyasi. Kor

umumdavlat, sohaviy
va 
mahalliydan 
foydalaniladi. 
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O’zbekiston uchun yagonadir, buxgalteriya 
hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: korxona va 
tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT), milliy iqtisodiyot sohasining UT(MISUT), 
tashkiliy huquq shaklining kodi (THShK), davlat mulkini boshqarish idoralarining kodi, o‘lchov 
birligi kodi (UBK), boshqaruv hujjatlarining UT. Qoidaga ko‘ra bu kodlar yig‘ma buxgalteriya 
hisobotlarining sarlavha qismiga qo‘yiladi va korxonadagi hisobning mahalliy uchastkalari 
buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalanilmaydi. Ularga zaruriyat faqat yig‘ma buxgalteriya 
hujjatlarini kompyuterda ishlab chiqishda vujudga keladi. 
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo‘lgan axborotlarni kodlashtirish uchun 
foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib borilishini hisobga olgan holda, ushbu 
guruhga korxona va tashkilotlarning sohaviy qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi 
uchun yagona bo‘lgan tasniflagichlarni kiritamiz. 
Qoidaga ko‘ra, bu tasniflagichlar barcha namunaviy loyihalarda bir turli bo‘ladi, shuning 
uchun korxonalar va firmalarda buxgalteriya vazifalarni kompyuterlashtirishda ularni 
loyihalashtirish zaruriyati yo‘q. Ularga buxgalteriya hisobi sintetik hisob raqamlarning kodi, ish 
haqi bo‘yicha to‘lovlar turlari va ushlab qolishlar turlari, moddiy mablag‘lar hisob harakatlari 
operatsiyalari turlari, amortazatsiya chegirishi me’yorlari, soliq to‘lovchilar kategoriyalari, kassa 
operatsiyalari kiradi. Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar uchun xosdir, shuning 
uchun ularni loyihalashtirish aniq korxonada xatto namunaviy loyihalarni xarid qilishda ham olib 
boriladi. 
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab qiladi, ya’ni 
kodlar korxonalarning barcha bo‘linmalaridagi turli vazifalarini yechishda qo‘llana olinishi 
kerak. Misol uchun, bo‘linmalarning kodlari hisob vazifalari, xodimlar hisobi vazifalari, ishlab 
chiqarish hisobini ishlab chiqishda yagona bo‘lishi kerak. 
Ayni vaqtda ba’zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun foydalaniladi. 
Aytilganlardan kelib chiqqan holda mahalliy kodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi 
guruh — bu, korxona uchun yagona bo‘lgan kodlar: tarkibiy bo‘linmalar, materiallar, tayyor 
mahsulotlar, detallar, qismlar va birlashmalar; uskunalar, tabel tartib sonlari, yetkazib 
beruvchilar va is-te’molchilar, ixtisosliklar kodlari. Kodlarning ikkinchi guruhidan faqat 
buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalaniladi, bular: subschyotlar, asosiy vositalar, moddiy 
javobgar shaxslarning kodlari. 


Buxgalteriya vazifalarining axborot ta’minlanishi shuningdek, mashina manbalarida 
joylashgan ma’lumotlar majmuasini (o‘zaro bog‘langan fayllarni) ham o‘z ichiga oladi. 
Iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqarishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari AIJ va 
hisoblash tarmog‘i va yakka tartibdagi loyihalar har xil konfiguratsiyasida: markazlashgan, 
taqsimlangan, mahalliy ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga mo‘ljallangan. 
Bunda korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo‘lgan bazali massivlar (ishlovchilar, 
materiallar, ma’lumotnomaviy ma’lumotlar, bo‘linmalar, lavozimlar) hamda faqat buxgalteriya 
vazifalarini yechishda foydalaniladigan mahalliy bazalar (buxgalteriya hisobi raqamlari
namunaviy provodkalar, xo‘jalik operatsiyalari qayd daftari, shaxsiy hisob raqam, asosiy 
vositalarning yo‘qlama varaqachalari, hisob raqamlar varaqachalari) yaratiladi. 
Ma’lumotlarning axborotli ko‘p bosqichli taqsimlangan bazasi tarkibi korxona KAT ishchi 
loyihasini tuzishning borishida aniqlanadi. Namunaviy loyihalardan foydalanishda ma’lumotlar 
bazasini tashkil qilishning yana bir jihatini ta’qidlash mumkin. 
Namunaviy loyihalarda, qoidaga ko‘ra, barcha korxonalar uchun yagona bo‘lgan 
ma’lumotlar bazasining tarkibi (buxgalteriya hisob raqamlari rejasi, ish xaqi bo‘yicha to‘lovlar 
va ushlab qolishlarning turlari, materiallar harakati operatsiyami, namunaviy, provodkalar va 
boshqalar) ko‘zda tutiladi. Foydalanuvchi o‘z istagiga ko‘ra bu massivlarga o‘zgartirishlar 
kiritishi, tartibi aniq foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan va u tomonidan qo‘lda 
to‘ldiriladigan boshqa bazali massivlar (bo‘limlar, xodimlar, materiallar va boshqalar) yaratiladi. 
Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to‘liq asosda bir qator axborotli 
ma’lumotli dasturlar; «Maslahatchi-hisobchi», «Maslaxatchi-plyus», «Kafolat», «O’zbekiston 
soliqlari», 
«Yuridik 
ma’lumotnoma»ni 
kiritish 
mumkin. 
«Maslahatchi-hisobchi» 
mutaxassislarning turli huquqiy me’yorlarini qo‘llash tartibi haqidagi tushuntirishlarga ega. 
Axborotlarni to‘ldirish huquqiy axborotlarni tarqatishning umumdavlat tarmog‘i bo‘yicha 
bajariladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin