O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

3-shkala. O‘z-o‘zini boshqarish
. (14-punkt) 
Ushbu shkalani shaxsning faoliyati va rivojlanishidagi faollik va erishilgan 
natijalarning asosiy manbaini aks ettiruvchi shkala deb atash mumkin. Mazkur 
shkala bo‘yicha yuqori ballar kishi o‘z taqdirini o‘zi yaratishini, kishining 
faoliyati, xulqatvori va muloqotini o‘zi boshqaruvchisi ekanligini anglatadi. 
Quyi ballar kishining o‘z “Men”ini tashqi sharoitlarga bog‘liqligini tan olish, 
o‘zini boshqarishning sustligi, xulqi, ish natijalarining sababini, o‘z shaxsi 
xususiyatlari rivojlanmaganligini o‘zidan qidirmaslikni anglatadi.
4-shkala. O‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni aks ettirilishi
(11 punkt) 
Mazkur shkalaning mazmuni sub’ektning o‘z shaxsi, xarakteri va faoliyati 
boshqalarning hurmatini, simpatiyani, qo‘llabquvvatlashni, tushunish hislarini 
uyg‘otishga qodir yoki bu hislarning teskarisini tasavvur etishini aks ettiradi. 
5-shkala.
O‘zini o‘zi baholash 
(14-punkt) 
Mazkur shkalaning ijobiy tomoni shaxsning o‘z qadrqimmatini bilishini 
aks ettiradi. Bu shkala kishining ichki, ma’naviy mezonlar orqali “Men”iga 


196 
berilgan emotsional bahosini, ichki olamining boyligi, boshqalarda chuqur his-
tuyg‘ular paydo qilishga qodirligini aks ettiradi. 
Shkalaning quyi darajasi o‘z shaxsining qadriga shubha bilan qarash, o‘z 
ma’naviy “Men”ini baholay olmaslik, o‘z ichki dunyosiga qiziqishning 
yo‘qligidan dalolat beradi. 
6− shkala. O‘zini o‘zi qabul qilish 
(12-punkt)
 
Mazkur omilning asosida o‘ziga simpatiyani his etish, ichki muvozanat, 
garchand ayrim kamchiliklar bo‘lsa ham o‘zini qanday bo‘lsa shundayligicha, 
qabul qilish yotadi. Ushbu omil shaxsning o‘z istak va rejalarini ichdan 
ma’qullashi, o‘ziga nisbatan tushunish va do‘stona munosabatda bo‘lish bilan 
bog‘liq.
Shkalaning quyi ballari esa shaxsning o‘ziga salbiy munosabatni aks 
ettiradi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin