196
berilgan emotsional bahosini, ichki olamining boyligi, boshqalarda chuqur his-
tuyg‘ular paydo qilishga qodirligini aks ettiradi.
Shkalaning quyi darajasi o‘z shaxsining qadriga shubha bilan qarash, o‘z
ma’naviy “Men”ini baholay olmaslik, o‘z ichki dunyosiga qiziqishning
yo‘qligidan dalolat beradi.
6− shkala. O‘zini o‘zi qabul qilish
(12-punkt)
Mazkur omilning asosida o‘ziga simpatiyani his etish, ichki muvozanat,
garchand ayrim kamchiliklar bo‘lsa ham o‘zini qanday bo‘lsa shundayligicha,
qabul qilish yotadi. Ushbu omil shaxsning o‘z istak va rejalarini ichdan
ma’qullashi, o‘ziga nisbatan tushunish va do‘stona munosabatda bo‘lish bilan
bog‘liq.
Shkalaning quyi ballari esa shaxsning o‘ziga salbiy munosabatni aks
ettiradi.
Dostları ilə paylaş: