S.A.BUDASSINING “O’ZINI O’ZI BAHOLASH” METODIKASI
S.A.Budassining o‘z-o‘ziga baho berish koeffitsentini aniqlash metodikasi
shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosini sifatiy tadqiq qilish imkonini beradi.
Sinaluvchiga quyidagicha ko‘rsatma beriladi: “Sizga keltirilgan 48 ta shaxs
sifatlarini ifodalovchi so‘zlardan o‘ziningiz uchun etalon 20 tasini ketma-
ketlikda belgilang. Samimiy bo‘ling. Tanlagan sifatlar ichida salbiy sifatlar ham
bo‘lishi tabiiy”.
1. Pokizalik
17. Engiltaklik
33. Maydakashlik
2. Beg‘amlik
18. Sustkashlik
34. SHodonlik
3. Mulohazalik
19. Hayolparastlik
35. Laqmalik
4.Zehnlilik
20. Gumonsirash
36. Sermulohazalik
5. Jahli tezlik
21. O‘ch olishlik
37. O‘zini tanqid qila
olishlik
6. Mag‘rurlik
22. Qat’iyatlilik
38. O‘zini tuta olishlik
7. Qo‘pollik
23. O‘z so‘zida turadigan 39. Haqaqiqatgo‘ylik
8. Odamiylik
24. Nozik didlilik
40. Ko‘ngilchanlik
9. Mehribonlik
25.Jur’atsizlik
41. Uyatchanlik
10. Hayotni sevuvchi
26. O‘zini tuta olmaslik 42. Harakatchanlik
11. G‘amxo‘rlik
27. Yoqimlilik
43. Mehnatsevarlik
12. Xasadgo‘ylik
28. Xafa bo‘luvchi
44. Qo‘rqoqlik
13.Tortinchoqlik
29. Ehtiyotkorlik
45. O‘jarlik
199
14. Kek saqlash
30. Tashabbuskor
46. Beriluvchanlik
15. Samimiylik
31. Shubhalanuvchanlik
47. Takabburlik
16. Injiqlik
32. Prinsipiallik
48. Egoizm
Sinaluvchi tanlab olgan sifatlarni, o‘zida qay darajada mavjudligiga
ko‘ra, qaysi sifat past darajada mavjud deb hisoblasa 1chi o‘ringa, eng
ko‘p deb hisoblangan sifat 20 o‘rinda bo‘ladi. Sifatlar quyidan yuqoriga
qarab yoziladi. (Masalan: eng ko‘p bor deb bilingan sifat 20 o‘rinda,
keyingisi 19 va hokazo.)
Keyingi topshiriq esa, tanlab olingan sifatlarning yoqimlilik
darajasiga ko‘ra, 20 dan past daraja bo‘yicha terib chiqiladi. Bu erda ham
keltirilgan sifatlar orasidagi farq aniqlanadi.
Shaxsning o‘z-o‘ziga bahosini qay darajada ekanligi quyidagi
formula orqali topiladi.
Bu erda: n-ranglar soni – 20 ta)
d- darajalar (o‘rinlardagi farq)
Σ d
2-
darajalarning miqdoriy farqlari kvadratlarining yig‘indisi
Agar Q=0,5 bo‘lsa, o‘z-o‘ziga bahosi normada ekanligini bildiradi.
Q=0,5-0,85 gacha sinaluvchining o‘z kuchi, imkoniyatlariga bahosining
yuqoriroqligi, va o‘ziga ishonchning ko‘pligidan dalolat beradi.
Q= +1 ga juda ham yaqin bo‘lsa, bunday odamlar o‘zlarini juda yuqori
baholashadi. Ularda o‘ziga ortiqcha ishonch mavjud bo‘lib, o‘z-o‘zini tanqid
qilish yo‘q hisobi.
Q= 0,5 dan kichik. O‘z-o‘zini baholash normadan juda ham sezilarli
bo‘lmagan past daraja.
Q= 0,5 dan -1gacha bo‘lsa past, o‘z-o‘zini baholashning pastligi, sabablari
ham turlicha bo‘lishi mumkin.
|