7
izohlanadi.
Birinchidan,
davlat o‗ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‗zini-
o‗zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‗lmagan yoki samarali ravishda
amalga oshirib bo‗lmaydigan vazifalarni oladi.
Ikkinchidan,
bozor iqtisodiyoti
sharoitida ishlab chiqarish va iste‘molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy
oqibatlarni tug‗diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste‘molchidan farqli, jamiyat
manfaatini ifodalab, qo‗shimcha ijobiy samarani rag‗batlantirishga va aksincha
salbiy samara bilan bog‗liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi
zarur.
Uchinchidan,
davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‗y
beradiki, individual iste‘molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste‘mol
qilishning oqibatlarini ob‘ektiv baholay olmaydi.
Shu nuqtai nazardan, davlat
foydali iste‘molni kengaytirish va aksincha sog‗liqqa salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi
tovarlar iste‘molini cheklash vazifasini o‗z zimmasiga oladi.
To„rtinchidan,
davlat
o‗z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman
yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan,
hozirgi sharoitda barqaror, izchil
iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi .
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma‘lum chegaralari ham
mavjud bo‗lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta‘siridan
kelib
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma‘lum xarajatlarni taqozo
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‗yicha
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli
bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga
ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan ta‘sirni ham hisobga olish lozim.
Bunda tartibga
solishni amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lgan sarf-xarajatlarning miqdori
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam
bo‗lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini
belgilab beradi .
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob‘ektiv ravishda shartlanadi.
Ko‗plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‗plab
iqtisodiy muammolarni
hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma‘lum ma‘noda to‗g‗ri bo‗lsada,
biroq, iqtisodiyotga davlat ta‘sirining ob‘ektiv zarurligini eng avvalo ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning ob‘ektiv asosi bo‗lib ham milliy iqtisodiyot
darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi
negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi .
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‗zaro aloqasi va o‗zaro
bog‗liqligi yanada kuchayadi;
8
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida
alohida xo‗jalik birliklarining mayda bo‗laklarga ajralib ketish holatlari
barham topadi;
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‗planuvi jarayoni o‗sadi;
turli iqtisodiy mintaqalar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar
va faoliyat almashuvi
jadallashadi .
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‗zaro
muvofiqlashtirilgan holda xo‗jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini
ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit
iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob‘ektiv ehtiyoj paydo bo‗ladi.
Shunga ko‗ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solish ishlab chiqarish
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma‘lum
darajasida ob‘ektiv zaruriyatga aylanadi .
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyat a‘zolarinin
ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish
resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy iqtisodiy
muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonin
tashkil etish bo‘yicha davlatning faoliyati. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, mavjud tuzumni
mamlakat
ichida
va
xalqaro
maydonda
mustahkamlash
hamda
uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari bozor tizimining samarali amal qilishiga
imkon tug‘diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta‘minlash;
Raqobatni himoya qilish;
Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish Iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga
solishning usullari bevosita ta‘sir qilish usullari;
Bilvosita ta‘sir qilish usullari;
Bevosita usullar yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida
tomonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ma‘muriy tartibga solish.
Masalan, iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari –transport, aloqa, atom va elektr
energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalar-ni bevosita boshqarish;narxlar
va ish haqin i―muzlatib‖ qo‘yish siyosati;
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatini tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga
solishniko‘zda tutuvchiqonunlarniishlab chiqarish va qabul qilish. Bilvosita usullar
bunda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va
byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Pul
kredit siyosatining asosiy
vositalari quyidagilardan iborat:hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit
9
muassasalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o‘rnatish va
o‘zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operasiyalari.
Dostları ilə paylaş: