Nazorat uchun savollar
1.
Iqtisodiy siyosatni yaratishda optimal maqsadlar sonini ilmiy asoslang.
2.
Iqtisodiy liberalizmning afzalliklari va kamchiliklarini tavsiflang.
3.
Keyns konsepsiyasini mantiqiy asoslang, uning kamchiliklari va
afzalliklarini tavsiflang.
21
3-BOB: IQTISODIY SIYOSATNI ISHLAB CHIQISHDA VOSITALAR VA
CHEKLOVLAR
3.1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat.
3.2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar.
3.3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o‟rni.
Tayanch iboralar:
demokratiya, aktiv saylov huquqi, tashqi iqtisodiy faoliyat,
valyuta siyosati, valyuta intervensiyasi, iqtisodiy tsikl
3.1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan
biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir ( Konstitutsiyaning
117-moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita
hamda o‘z vakillari orqali davlarning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama
qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar ( Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov
huquqi- fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish
kabi sub‘ektiv huquqini ta‘riflab berish uchun ishlatiladi.
Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir biridan farq
qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroni saylash, vakillik organlarini saylashga
bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi- saylanish huquqidir.
Professor A. Saidov ta‘kidlashicha ―Saylov huquqi‖ tushunchasi va ifodasi ikki
ma‘noda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylab qo‘yiladigan
davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me‘yorlar tizimidir.
Saylov huquqlarini manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik
organlariga saylovlar qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning
saylab qo‘yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, ya‘ni unga o‘zlarining
saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tartibini saylash (faol saylov huquqi)
huquqlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik
bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil
O‘zbekiston hududida muhim yashagan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekistonning 25 yoshga to‘lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputatiga yoki Senati a‘zolariga saylanishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha
21 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
22
Davlat organlari o‘zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning ba‘zi
organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga
o‘tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o‘tkaziladi. O‘zbekistonda ildiz otib
borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an‘analarni o‘zida
mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa
cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi
ularning qaysinisining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida‖gi, ― O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida‖gi, ― Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida‖gi va ―
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi to‘g‘risida‖gi qonunlar
tashkil qilinadi va o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o‘z oldiga
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini qo‘ydi va bu vazifa
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasigada e‘lon qilindi. Konstitutsiya
O‘zbekiston-
suveren
demokratik
respublika
ekanligini,
O‘zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishini, ularga ko‘ra,
inson, uning hayoti, erkinligi, sha‘ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari
oliy qadriyat hisoblanishini mustahkamlab qo‘ydi. Demokratik huquq va
erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiyada
fuqarolarning asosiy siyosiy huquqlaridan biri sifatida fuqorolarning jamiyat va
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi nazarda tutilgan. Chunonchi,
Konstitutsiyaning
32-moddasiga
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari
orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini- o‘zi
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashlik
etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlab aytganidek, ―
Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro
birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya- saylov degani‖. Shu
sababli saylovlarsiz demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Saylov-bu fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlarini,
shakllantirishdagi ishtirokini ta‘minlovchi huquqiy vositadir. Saylov xalqning
irodasini ifoda etish shaklidir, uning natijasida davlat hokimiyatining vakillik
organlari shakllanadi. Saylov huquqining demokratik ekanligini va erkinligi
23
yangidan shakllantirilgan davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati sifatini
yaxshilashga bevosita ta‘sir o‘tkazadi.
Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an‘analari, siyosiy tizim
xarakteri, elektorat xulqi va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z xususiyatlariga
ega. Shu bilan birga, demokratik davlatlarda saylov huquqi xalqaro-huquqiy
hujjatlarda ifodalangan va umume‘tirof etilgan printsiplarga asoslanadi. Ular
qatoriga saylov huquqining umumiyligi va tengligi, yashirin ovoz- berish va
boshqalar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini
belgilab beradi. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish
huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash
huquqiga egadir. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil
O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi O‘zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,
shuningdek, O‘zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Senati a‘zosi bo‘lish mumkin.
Qaraqalpog‘iton Republikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari uchun yigirma besh
yoshga to‘lganlik , xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashilari
deputatlari uchun esa yigirma bir yoshga to‘lganlik talab etiladi.
Sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek,
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar
saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday
hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita
cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov umumiy, teng va to‘g‘ridan –to‘g‘ri saylov
huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida saylovlar ko‘p partiviylik qoida amalga
oshiriladi. Chunonchi, ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida‖gi Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat bo‘ladi.
Qonunchilik palatasining bir yuz ellik deputatdan iborat bo‘ladi. Qonunchilik
palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir manfaatli saylov okruglari
bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida saylanadi.
Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston Ekologik
harakatidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘I Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida
mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qaraqalpog‘iston
24
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda- olti kishidan
saylanadi.
Saylov huquqining kafolatlari tizimini yaratish alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda bu kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida,
konstitutsiyaviy qonunlarda va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, ovoz berish huquqi, o‘z xohish
irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Konstitutsiyaning
mazkur normasini tatbiq etish maqsadida 1994-yil 5-mayda ―Fuqarolar saylov
huquqlarining kafolatlari haqidagi qoidalari rivojlantirildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganidek, ― Avvalo, fuqarolarimiz
va saylovchilarimiz va saylovchilarimizning o‘z fikri va e‘tiborini, xohish irodasini
bildirishlari uchun erkinlik va yana bir bor erkinlik hukmronligini, ommaviy
axborot vositalari va kuzatuvchilikga o‘z huquq va burchlarini amalga oshirishda
zarur imkoniyatlarni, ta‘minlash va yashirin ovoz berish sharoitini yaratib berishni,
muxtasar aytganda, demokratik norma va andozalarga so‘zsiz rioya qilishni
hayotining o‘zi bizdan talab etmoqda‖.
2002-yil 4-aprelda qabul qilingan ―Referendum yakunlari hamda davlat
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida‖gi Konstitutsiyaviy
Qonun xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan printsiplari va normalari asosida
inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta‘minlash hamda siyosiy hayotning,
davlat va jamiyat qurilishining barcha javxalarini izchil erkinlashtirishni milliy
qonunchilikni takomillashtirishga doir ishlarning asosiga qo‘yilgan asosiy
printsiplar, deb e‘lon qildi. O‘zbekiston Respublikasida saylovchilar o‘z xohish-
irodasini erkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga egadir.
Ayrim mamlakatlarda (Avstraliya, Belgiya, Gretiya) saylovlarda ishtirok
etish majburiydir, ya‘ni fuqarolar saylovda ishtirok etmaganlik uchun
javobgarlikka tortiladi. Mamlakatimizda uchastka saylov komissiyalari ovoz
berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga xohish-irodalarini
erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar. Saylovchilarning
xohish-iroda bildirishlarini nazorat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18ga to‘ladigan, tegishli saylov
uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilish huquqiga egadirlar.
Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosiga saylovchilar ro‘yhati
bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati ta‘minlanadi. Saylovchilar ro‘yxatidagi
xato va noaniqliklar to‘g‘risida saylov komissiyalariga arz qilish huquqiga ega.
Uchastka saylov komissiyasi yigirma to‘rt soat ichida bunday arizani ko‘rib
chiqishi hamda xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi tarzda rad etilganligi
to‘g‘risidagi ma‘lumotnoma berishi shart.
25
Butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida o‘tkaziladi. Tegishli
saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastlarini tuzish, saylov
komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi, shuningdek, deputatlikka nomzodlarni
ro‘yhatga olish, ovoz berish, va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda
e‘lon qilinadi. Saylovchilar saylovda ishtirok etayodgan siyosiy partiyalar va ayrim
nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkonmiyatiniga ega bo‘lmagan
saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar. Bunday hollarda tegishli
uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga ko‘ra, belgilangan shaklda
bo‘lgan, deputatlikka nomzodlar to‘g‘risida tegishli ma‘lumotlar qayd etilgan
saylov varaqlarini beradi. Salomatligining holati yoki boshqa sabablarga ko‘ra
ovoz berish binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov kommisiyasiga
tegishli iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega. Komissiya ovoz berishni ana
shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart. O‘zbekston fuqarolar saylov
huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikning xalqaro huquqning umume‘tirof
etilgan normalariga muvofiqligi ta‘minlangan.
Bunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro- huquqiy hujjatlari
alohida o‘rin egallaydi. Masalan, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining
21-moddasiga muvofiq, xalq irodasi davlat hokimiyatining yashirin ovoz berish
yo‘li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta‘minlaydigan boshqa teng qiymatli
shakllar voitasida o‘tkazilgan saylovlarda o‘z shaxsini topishi lozim. Shunday
qilib, O‘zbekiston Republikasida amal qilayotgan saylov huquqining demokratik
asoslari erkin va demokratik saylovlarning mustahkam poydevor bo‘lib,
fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati vakillik
organlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqini amalga oshirishdag xizmat qildi
va mamlakatning asosiy maqsadiga erishish demokratik huquqiy davlat , kuchli
fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: |