238
Payvndlab yasalgan idishdir. Kamera ichida (yuqori qismida) inert sharsimon
tanachalar bilan Purkagich joylashgan. Kamerada (60 kPa gacha) havo
siyraklashgich va issiq Pasterlangan qaymoq (sut) Purkagichdagi
sharsimon inert
tanachalar ostiga keladi, u yerda intensiv Parchalanishi natijasida bug’lanish yuzasi
ko’Payadi. Bosim Pastligidan kameradagi mahsulot keskin qaynaydi, namlik
bug’ga aylanib sPetsifik xidlar qisman ajraladi.
Aytish joizki, xid va ta’mlar
butunlay yo’qolmaydi. Mahsulot mayda tomchilar ko’rinishida Purkagich
teshiklari orqali kamera tagiga tushadi, u yerdan nasos yordamida so’rib olinadi.
Bug’ va havo aralashmasi uchuvchi komPonentlar bilan birga vakuum – nasosda
kameradan kondensator orqali so’rib olinadi, u yerda kondensatsiyalanib suv bilan
kanalizatsiyaga tashlab yuboriladi.
Vakuum – dezodoratsion qurilma ODU – 3 texnik xarakteristikasi.
Quvvat, kg/soat, kam emas
3000
Bosim kamerada, kPa
60
Mahsulot boshlang’ich harorati,
0
S
75 – 95
Sovutish suvi sarfi,m
3
/soat
1
Belgilangan quvvat, kVt
4,5
Gabarit o’lchamlari, mm
1600x750x2300
Massa, kg
3000
Sterillash qurilmalari
Sut sanoatida bu uskunalar ikki turga bo’linishi mumkin:
sutni tarada
sterillash va sutni oqimda sterillash. Birinchi turdagi uskunalar davriy
(avtoklavlar), yarimuzluksiz (sterilizatorq tunnelnogo tiPa) va uzluksiz
(gidrostatik sterilizator) ishlaydigan aPParatlar kiradi. ikkinchi guruh ikki hildagi:
yuzali (Plastinkali, quvurli va b.) va bug’ kontaktli infuzion (sut bug’ga) va
inPektsion (bug’ sutga) aPParatlardan tashkil toPgan. YUzali sterillash – sovutish
uskunalari konstruktsion jixatdan yuzali Pasterlash –
sovutish usukunalariga
o’xshaydi. Ularning (sterillizatorlar) konstruktiv xususyatlari sutga ishlov berish
rejimlari, Parametrlari bilan bog’liq: qizdirish 100
0
S yuqori haroratda olib
boriladi, sut ko’Pirib ketmasligi uchun uni aPParatdan
yuqori boismda xaydab
o’tkaziladi. Bu esa o’z navbatida sterillash – sovutish aPParati va barcha
birlashtirib turuvchi uzellarga qo’shimcha mustaxkamlikka ega bo’lish talablarini
qo’yadi.
Dostları ilə paylaş: