Go’sht va go’sht mahsulotlarini kesish mashinalarini eksPluatatsiya qilishdagi texnika xavfsizligi YUqorida keltirilgan go’shtga mexanik ishlov berish mashinalari odatda
tez harakatli, ishlovchilar uchun xavfsiz emas. SHuning uchun ular bilan
ishlashga bu mashinalarni yaxshi bilgan ishchilar, ishga tushirish, eksPluatatsiya
qilish va to’xtatish qoidalarini biladigan, texnika xavfsizligi bo’yicha kerakli
instruktaj o’tgan ishchilarga ruxsat beriladi.
Mashinalar to’liq soz holatda bo’lishi kerak. Harakatlanuvchi
qismlarga qo’yilgan g’ovlar bo’lmasa, elektr qismlarni yer bilan tutashtirgan
vositalar bo’lmasa, tsex yomon yoritilgan vaqtda ishlashga ruxsat berilmaydi.
Barcha harakatlanuvchi qismlar moylanishi kerak. Ular tovushsiz ishlashi,
detallari qizimasligi kerak. Elektrodvigatel, elektroblok-lovchi kontaktlar,
Provodka, ishga tushirish va rostlovchi Priborlarni namlik tegishi va iexanik
ta’sirlardan saqlash, doimiy tekshirishlardan o’tkazish kerak.
Har bir mashina yonida ko’rinar joyda mashinani ishga tekshirish, xizmat
ko’rsatish va to’xtatish qoidalari osiladi.
Nazorat savollari:
1. Tangasimon muz (cheshuychatqy led) tayyorlash uchun AIL-200
aPParatining vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
2. Tez muzlatuvchan konveyerli GKA-2 aPParatini tuzilishi va ishlash
tartibi.
3. Arralar, ularning turlari, vazifasi, tuzilishi va ishlash tartiblari.
4. Qadoqlash-shakl berish mashinalari, ularning turlari, vazifasi, tuzilishi va
ishlash tartiblari.
5. Volchokning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
6. Kutterlarning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
176
7. SHPik keskichlarning vazifasi, tuzilishi va ishlash tartibi.
8. Go’sht va go’sht mahsulotlarini kesish mashinalarini eksPluatatsiya
qilishdagi texnika xavfsizligi.