I bo’lim. Konserva korxonalari jihozlari



Yüklə 9,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/116
tarix14.10.2023
ölçüsü9,41 Mb.
#155367
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
ma\'ruza matn

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7-ma’ruza. TO’LDIRISH, DOZALASH, SHAKL BERISH 
VA QADOQLASH MASHINALARI
 
Kolbasa mahsulotlari, go’sht konservalari, chuchvara, kotlet va boshqa go’sht 
mahsulotlari ishlab chiqarishda qiymani kolbasa qobiqlariga to’ldirish, konserva 
bankalarini go’sht bilan to’ldirish, donali mahsulotlarni tayyorlashda go’sht va 
xamir Portsiyalarini og’irlik yoki hajmi bo’yicha bo’lish oPeratsiyalari bajariladi. 
Ularga ma’lum shakl beriladi, qadoqlanadi va o’rab qo’yiladi.
Bu oPeratsiyalar jarayon unumdorligini oshiruvchi va mahsulot sifatini 
yaxshilovchi turli mashinalar yordamida oqim-texnologik liniya tashkil etib amalga 
oshiriladi.
Dozalash-to’latish mashinalari 
To’latish va dozalash mashinalari go’sht va Parranda kombinatlarining 
kolbasa va konservalash tsexlarida keng ko’lamda ishlatiladi. Bu guruh 
mashinalarga birinchi navbatda shPrits, yoki kolbasa qobiqlariga mexanik usulda 
qiyma to’ldirish mashinalari kiradi. 


177 
SHPritslar
Ishlash PrintsiPi bo’yicha shPritslar davriy va uzluksiz ishlovchi bo’ladi. 
Davriy ishlovchi shPritslar nisbatan kichik unumdorligi bilan tavsiflanadi. 
Uning farsh solish rezervuari qiymani rezervuardan qobiqqa siqib chiqarish Porshen 
shaklidagi moslamasi bilan birga qurilgan. U qo’l kuchi, mexanik va gidravlik 
yuritmalaridan harakatga keltiriladi. 
Uzluksiz ishlovchi shPritslar unumli va kolbasa ishlab chiqarish oqim-
texnologik liniyalarini vujudga keltirish uchun juda qulay. Bu mashinalar uzluksiz 
ravishda shPrits orqali kolbasa qobig’iga qiyma berishni ta’minlaydi. Qiymani 
rezervuardan bosim bilan berish uchun uzluksiz ishlovchi ekstsentrik loPastli 
konstruktsiyali, vintli yoki shnekli, shesternyali va rotatsion ishchi organli 
mexanizmlar qo’llanadi. YUritma turi bo’yicha mexanik va gidravlik mashinalarga 
ajraladi. 
Uzluksiz ishlovchi qiyma chiqargichlarning kamchiligi qiymaga nisbatan 
bosim teng tarqalmasligidan iborat. Qiyma uzatish ayrim hollarda siltashlar 
ko’rinishida amalga oshiriladi, agar qiyma sarfi kamaysa, uning ko’P marta 
aylantirilishi (retsirkulyatsiyasi) ro’y beradi, natijada qiyma seli chiqib ketadi, 
qiyma korPusga ko’P ishqalanib, sifati yomonlashadi. 
Porshenli qiyma siqib chiqaruvchi shPritslarda tsilindr kesimining barcha 
nuqtalari bo’yicha qiyma bir tekisda siqiladi, buning natijasida go’sht seli deyarli 
chiqmaydi, qiyma berish doimiy bosim ostida amalga oshiriladi, qiymada havo 
to’lib qolgan bo’shliqlar hosil bo’lish ehtimoli deyarli qolmaydi .
SHPritslar bir yoki bir necha tsilindrli, gorizontal yoki vertikal bo’lishi 
mumkin. SHPritslarning ayrim konstruktsiyalarida maxsus dozalovchi yoki 
burovchi qurilmalari bo’lishi mumkin. 
SHPritslarga quyidagi talablar qo’yiladi: yuqori unumdorlik, mahsulot 
birligiga sarflanadigan quvvatning minimalligi, qiyma chiqishi bosim va tezligini 
rostlash imkoniyati, qiymaning tarkib va strukturasini saqlash, qobiqga tiqish 
zichligi, qiyma yuklash qulayligi, mashina konstruktsiyasining ishonchliligi, 
konstruktsiyani yechish osonligi va sanitar ishlov berish osonligi, xizmat 
ko’rsatishda xavfsizlik ta’minlanishi.
Qobiqni qiyma bilan to’ldirish vaqtida uning ichiga havo kirmasligi eng 
asosiy omil hisoblanadi. SHuning uchun shPritslarning oxirgi konstruktsiyalarida 
tsilindridan vakuum-nasos yordamida havoni so’rish qurilmasi qo’llanilgan.
64–rasmda go’sht kombinatlarida ko’P ishlatiladigan ayrim shPritslarning 
PrintsiPial sxemalari keltirilgan. 

Yüklə 9,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin