Оила психологияси


Talabalar bilimi tahlil qilinadi.  5.2



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/93
tarix14.10.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#155530
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93
Оила психологияси

5.1.
Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2.
Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 
5.3.
O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli 
o’zgartirishlar kiritadi. 
10 minut 
Asosiy savollar: 
1. Oilaviy nizolar psixologiyasi
 
to’g’risida tushuncha. 
2. er-xotin nizolarining kelib chiqish sabablari. 
3. Oilaviy nizolar turlari. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Nizo, konflikt, odob-axloq. Qaynona-
kelin, ovsinlar, er-xotin. 
1-savol. Oilaviy nizolar psixologiyasi
 
 to’g’risida tushuncha. 
Mavzuning bayoni. 
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o’rtasidagi nizolardir. 
Xo’sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila 
qurishgandan keyin ularning o’zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro’y beradi? Ular 
nima uchun urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz 
ham yashasa bo’ladimi? Bu kabi savollarni yana ko’p davom ettirish mumkin. 
Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo’lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo’lmaydi. Faqat, 
nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to’xtalib o’tamiz. Haqiqatdan ham 
ilk bolalikdanoq ko’plab ertaklar eshitib, keyinchalik o’zlari ham ularni turli kitoblardan 
o’qib o’sgan yoshlar o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta 
olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga 
yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo’lda 
duch kelgan qora kuchlarni engib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq 
kecha-yu qirq kunduz to’y berib, murod-maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha 
ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind 
filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham ko’p martalab 
guvoh bo’lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan 
yigit-qizlar o’z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo’lgan 
o’zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari 
uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so’ng o’g’il bolalar xuddi 
o’z otasidek va qizlarimiz o’z onalaridek «ota», «ona», «er», «xotin» bo’lishni orzu 
qiladilar. Chunki ular o’z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy 
munosabatda bo’luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni ko’rmaganlar. 
Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo’lsa ham ularning ota-
onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari 
ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib 
boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlarini bir 
yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko’rsatish an’analari mavjud. Bularning hammasi 
yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos 
bo’ladi. Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og’ushida oila qurgan yoshlar, 
o’zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning 
oilaviy hayotlari o’zlari kutganlaridek bo’lmayotganligi, turmush o’rtog’ini tanlashda 
«xato qilganligi», ular oldingi (to’ydan oldingi) holatiga nisbatan ma’lum darajada 
(albatta) «salbiy» tomonga o’zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. 
Shuningdek, yosh oilada er-xotinlarning o’zaro munosabatlari rivojlanishining o’ziga 


90 
xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o’zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi 
jarayoni bilan bog’liq qiyinchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va 
nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila 
uchun muqarrar bo’lgan va aksariyat yoshlar oila qurish arafasida o’z nikohlaridan 
kutmagan jarayonlardir. Xo’sh bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi? Ular er-
xotinning o’zaro munosabatlariga qay darajada ta’sir etadi? O’tmish donishmandaridan 
biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan. Garmdori achchiq, 
lekin u me’yorda bo’lsa ishtahani ochadi, me’yoridan ortib ketsa, og’iz, lab, tilni 
kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday 
oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday bo’lishidan qat’i nazar nizolardan 
mutlaqo xoli (himoyalangan, kafolatlangan) bo’la olmaydi. 
Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo’lmaydi. Bu nizolar ma’lum 
darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o’taydi. Lekin 
nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi, tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish 
tezligi (soni) va nihoyat oqibatlariga ko’ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-bir maxsus 
mezon yo’qki, shunga asosan nizolarning qaytalanishi, kuchi, darajasi va boshqa 
ma’lumotlari (ko’rsatkichlari)ni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo’lsa. Bunda 
hamma narsa subyektning o’ziga, uning shaxsiy, psixologik xususiyatlariga, yoshiga, 
jinsiga, uning qo’yilishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omillarga bog’liq 
bo’ladi. Ma’lumki, bir-birlariga aynan o’xshash, mos ikki odamning bo’lishi mumkin 
emas, chunki shaxs va uning individualligi 
takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan 
oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun me’yorida bo’lgan shaxslararo 
munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi, yoki biron-bir oila 
uchun u qadar ahamiyatga ega bo’lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a’zolarining 
o’zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va hokazo. Shunday ekan 
jamiki oilalarga xos bo’lgan nizolar va ularning sabablarini yagona bir o’lcham yoki 
xarakteristika Bilan ko’rsatib berish masalasi ham mantiqqa to’g’ri kelmaydigan ishdir. 
Lekin turli toifadagi oilalarni o’rganish, ular a’zolarining o’zaro munosabatlarini 
taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulosalarga, mulohazalarga kelish 
mumkinki, shu nisbiylikdan har bir odam o’zi uchun nisbatan «tegishli» xulosalar 
chiqarib olishi lozim bo’ladi. Shuning uchun, biz quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi 
nizolar haqida fikr yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq tegishli 
bo’lishligini (ekanligini) da’vo qilolmaymiz. Quyidagilar ham bizning nisbiy 
mulohazalarimizdir. 
Oilaviy nizolar turlari 
1. Er-xotin o’rtasidagi. 
2. Qaynona-kelin o’rtasidagi. 
3. Qaynona-kuyov o’rtasidagi. 
4. Ovsinlar o’rtasidagi. 
5. Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi. 
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va 
ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar 
o’rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda 
kimlar ishtirok etayotganiga ko’ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin: 


91 

er-xotin o’rtasidagi nizolar; 

qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar; 

qaynona-kuyov o’rtasidagi nizolar; 

ovsinlar o’rtasidagi nizolar; 

ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar. 
Albatta, bu ro’yxatni yanada davom ettiraverish mumkin, lekin biz hozircha shu 
yuqorida keltirilganlar bilangina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro’y berish ehtimoli 
nisbatan yuqori bo’lgan nizolarning eng asosiysi bo’lmish er-xotin o’rtasidagi 
nizolarning ayrim xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Umuman oilada 
er-xotin o’rtasidagi nizolarning yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan quyida 
keltirilgan sxemadagidek bo’lishi mumkin. Sxemadan ko’rinib turibdiki, har qanday 
oilada er-xotinning o’zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi 
muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko’ra turli oilalar va 
ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Shunday ekan biz dastavval 
muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz oilalarda ro’y beradigan nizolarni ko’rib chiqaylik. 
Sxemada ko’rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchi va 
muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham 
psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va 
«destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. 
Ular, o’zlarining yuzaga kelishiga asos bo’lgan muammolar, bu muammolarning hal 
etilishi, kechinishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko’ra bir-
birlaridan farqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo’lgan 
muammolar va ularning hal qilinishi ham erning, ham xotinning, butun oilaning 
manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy 
manfaatlariga oid muammolar o’z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, 
intizom, ozodalik, oila budjetini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo’l 
qo’ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo’la oladi. Ular 
asosan er-xotin o’rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtirokchilari ham faqat er-
xotinlarning o’zlarigina hisoblanadilar. 
Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birlarini yanada 
yaqinroq bilib, tushunib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o’rganib borish, 
bir-birlariga moslashish, muammolarni hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy 
hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. 
Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar «er-xotinnnig urushi — doka ro’molning 
qurishi » kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro’molning qurishi» er-xotin o’rtasidagi 
hamkorlikni rivojlantiradi. Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga asos bo’lgan 
muammo va uning yechimi er-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo’ladi. 
Bunday nizolarda bir tomon manfaatining hal etilishi ko’pincha, ikkinchi tomon 
manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, erni yoki xotinni shaxsan 
o’zi uchun biron nima xarid qilishi, erning yoki xotinning ishi tufayli, o’zbek oilasi 
uchun xarakterli bo’lgan nizolardan bo’lmish er yoki xotinning qarindosh-urug’lari 
bilan bo’ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. 
Bunday nizolarning hal qilinishi, ya’ni bir tomon manfaatlarining qondirilishi 
ko’pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga 
oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozilik, e’tiroz saqlanib 
qoladi va bu keyinchalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo’lib 


92 
xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal etilgani bilan, nizoli vaziyat 
saqlanib qolaveradi. Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar 
bevosita er-xotinlarning o’zaro munosabatlari doirasidan tashqaridagi omillarga ham 
bog’liq bo’ladi. Ularning sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan er-xotindan tashqari 
uchinchi odam bo’lishi mumkin, ularning hal etilishi ham erxotinlarning o’zlarigagina 
emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga bog’liq bo’ladi. Bularning oqibatida 
nizolarni yanada kuchayishi, sonining ortishi kuzatiladi Ajratuvchi nizolar, aksariyat 
hollarda «chegaralanmagan» nizolar bo’lib, o’z xarakteri, ishtirokchilari, hal etilishi va 
oqibatlariga ko’ra er-xotin munosabatlari doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin
nizolariga oilaning boshqa a’zolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar va boshqalar ham 
aralashadi. Ijtimoiy psixologiyada gap, so’z, nizo haqidagi ma’lumot bir og’izdan 
chiqib, kishilarning keng tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning ko’lami 
ma’lumot manbayidan uzoqlashib, undan xabardor bo’lgan va unga jalb etilgan 
ishtirokchilar soni ortib borgan sari kengayib boraveradi. Er yoki xotin bir-birlari bilan 
urishib qolganlaridan so’ng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo’lsa, imkon 
qadar shu nizoda o’zini aybsiz, haq qilib ko’rsatishga, shu uchinchi odamni uning 
manfaatlarini himoya qilishiga og’dirib olish maqsadida bir yoqlama gapiradi. Bunda 
subyekt foydalanadigan gap-so’zlar, ohang, imo-ishora, mimika, urg’u va boshqalar 
deyarli barcha verbal va noverbal vositalar ro’y berib o’tgan hodisa (nizo-janjal)ning asl 
holatiga qaraganda bo’rttiribroq idrok etilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qanchalik ko’p 
odamga gapirib beraverilgan sayin, u ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va 
oqibatda fojiali natijalarga ham olib kelishi mumkin Shunday ekan, oilaviy hayotda ro’y 
berishi mumkin bo’lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham, yoki ularni 
birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas. Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro’y 
beradigan biriktiruvchi nizolarga tayyor bo’lishlari, ularni biriktiruvchilik, er-xotinni 
bir-birlariga moslashuvlariga, ularning o’zaro munosabatlarining rivojlanishini 
ta’minlovchi, ularning har ikkalovining ham, ya’ni «biz»ning manfaatiga qaratilgan 
nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, ularni salbiy 
oqibatlarga olib keluvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o’rganishlari lozim. 
Albatta ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» nizolarni oldini olish, uning 
oqibatlaridan voqif bo’lishlari ham maqsadga muvofiq. Sxemada ko’rinib turganidek er-
xotinning o’zaro munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar aksariyat 
hollarda er-xotin o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklarning hal 
etilishi, ularning o’rtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-oqibat er-xotin
munosabatlarinig mustahkamlanishiga olib boradi. Ajratuvchi nizolarda yuqorida aytib 
o’tganimizdek, bir nizoning hal etilishi (ya’ni er-xotinlardan birining manfaatining 
qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzaga kelishiga asos yaratar ekan, o’z navbatida 
bunday 
«men» xarakteridagi, «chegaralanmagan» nizolar tufayli er-xotin
munosabatlarida nizolar «eskolatsiyasi » shakllanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin
uchun «uzluksiz jang maydoni»ga aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit nafaqat shu 
oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga, ularning asabi, sog’lig’i, ijtimoiy holatigagina 
emas, balki shu oilalarda dunyoga kelib shunday muhitda tarbiyalanayotgan 
farzandlarning ruhiy olamiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday oilalarda hukm 
surgan nizoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibatizlik, o’z asoratini faqat shu 
oilalarning o’zidagina qoldirmay, balki shu oila farzandlari tomonidan tuzilajak keyingi 
avlod oilalariga ham o’z asoratini olib o’tishi mumkin. Er-xotin munosabatlarida 


93 
nizolarning rivojlanish yo’li tasviri berilgan sxemadan ko’rinib turibdiki, yangi yuzaga 
kelgan oilalarda er-xotin munosabatlarining u yoki bu tarzda rivojlanishi oqibatida 
shartli ravishda to’rt xil oilalar shakllanib boradi. Bular: o’zaro munosabatlari 
mustahkamlangan oilalar; munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi 
nizolar yuzaga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va nihoyat munosabatlar 
uzil-kesil buzilib ajralishib ketgan oilalar. Bularning orasida eng maqbuli — 1-toifa 
oilalar. Yoshlarimizning har biri shunday mustahkam oila qurishga intilishlari lozim. 2-
toifa oilalar munosabatlari vaqtincha mustahkamlangan oilalar. Bunday oilalarda bo’lib 
o’tgan nizolardan so’ng er-xotinlar o’z vaqtida bo’lib o’tgan nizolar, ziddiyatlardan 
to’g’ri xulosa chiqarishib, o’z xatolarini vaqtida anglab etib, bir-birlarini tushunishga 
harakat qilsalar, ularda ham o’zaro hamkorlik yuzaga kelishi mumkin. Agarda qulay 
shart-sharoitlar yuzaga kelmasa, er-xotinlar o’z xatolarini tushunib etish va ularni 
tuzatish borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega bo’lmasalar, yoki bu xatolarni bartaraf 
qilishni xohlamasalar, shuningdek, ularning katta yoshdagi qarindosh-urug’lari, 
yaqinlari o’zlarining boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda, yoshlarga umumiy 
yo’l-yo’riqlar, maslahatlar bermasalar, va aksincha yosh oila hayotiga noo’rin 
aralashgudek bo’lsalar (afsuski bunday holatlar o’zbek oilalarida tez-tez uchrab turadi), 
bunday hollarda vaqtinchalik erishilgan zo’riqishlarning pasayishi keyinchalik yana 
yangi nizolarning yuzaga kelishi bilan avj olib ketishi mumkin. Uchinchi toifa oilalar 
nizodan keyingi vaziyat xarakteriga ko’ra: «nizolar qisman hal qilinadigan 
zo’riqishlarning kuchayishi yangi nizoning yuzaga kelishi _ ular yana qisman hal 
qilinishi» zanjiridagi oilalar bu to’rt tur oilalar ichida eng xarakterlisi va jiddiy e’tibor 
talab qilinadiganidir. Chunki ayrim oilalar (4-toifa) er-xotin munosabatlari yomonligi, 
nizolar chuqurlashuvi, zo’riqishlar keskinlashuvi (hatto ayrim hollarda arzimagan 
narsalar) tufayli buzilib ketishi mumkin. Albatta, ajralish hodisasi bu nikoh oila 
munosabatlari uchun ayanchli. Ayniqsa, bunday hollarda oilada farzandlar bo’lsa, ular 
otasiz yoki onasiz qolishadi. Ajralishdan so’ng har ikki tomonning ijtimoiy ahvoli 
keskinlashadi. Lekin birinchi marotaba oilasi buzilgan odam kelgusi safar o’z xatolarini 
tuzatishi, balkim keyinchalik «o’z tengini topib» baxtli hayot kechirib ketishi ham 
mumkindir. Biroq 3-toifa oilalarning o’zbek etnosi uchun xarakterli yana bir jihati 
shuki, o’zbeklarda, shuningdek, tojik, qirg’iz, qozoqlarda ham oilalarning buzilib ketish 
hollariga boshqa, yevropa xalqlarida bo’lganiga nisbatan salbiy munosabatlarda bo’lish 
an’analari kuchli. Ya’ni ajralish jamoatchilik fikriga ko’ra qoralanadi. Buning ustiga 
o’zbek oilalarida qarindosh - urug’ chilik nikohlari boshqa qardosh millatlar oilalariga 
qaraganda ko’proq uchraydi. Mabodo bunday oilalarda er-xotin munosabatlari kutilgan 
tarzda rivojlanmasa, ya’ni ular nizojanjalli, bir-birlarini tushunmaydigan, bir-birlariga 
mos tushmaydigan, psixologik qovusha olmaydigan bo’lsalar ham «oila buzilmasin», 
«qarindosh-urug’chilik uzilmasin» qabilida ish tutib, qanday qilib bo’lmasin oilalarni 
saqlab qolishga harakat qilinadi. 
Hozirgi vaqtda nikoh-oila munosabatlari zaminida yuzaga keladigan noxush hodisalar, 
har xil asab buzilishlar kasalliklarning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, o’z 
joniga qasd qilish, xiyonat, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator 
ko’ngilsizliklarning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham 
nafaqat yoshlarimiz balki faoliyati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog’liq 
bo’lgan mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakillari, katta yoshdagilar ham 
hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik xusuiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy 


94 
nizolar psixologiyasi haqida tegishli ma’lumotlarga ega bo’lishlari maqsadga 
muvofiqdir. Yoshlarimiz esa er-xotin nizolarini jiddiy, ayanchli oqibatlarga olib 
keluvchi: ajratuvchi «men» xarakteridagi «chegaralanmagan» turlaridan ogoh bo’lishi, 
o’z hayotlarida shu toifa nizolarning yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va 
bartaraf etish borasida zarur bo’lgan bilim va ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin