10.2. IS egri chizig‘i va uning yasalishi IS egri chizig‘ini hosil qilishda: 1) yalpi xarajatlar modeli («keyns-
xochi» modeli; 2) avtonom rejalashtirilgan xarajatlarning foiz stavkasiga
funksional bog‘langanligi asos bo‘lib xizmat qiladi.
Investitsiyalarga xarajatlar miqdori va foiz stavkasi o‘rtasida teskari
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
firmalarning investitsiyalarni amalga oshirishlariga xohishlari shunchalik
kam bo‘ladi. Investitsiyalar funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I = I (R) yoki, agarda bog‘liqlik chiziqli bo‘lsa:
I = I – dR bunda, I – avtonom investitsiyalar, R – foiz stavkasi, d – investitsiya
xarajatlarini foiz stavkasiga nisbatan sezuvchanligini va foiz stavkasi bir
birlikka o‘zgarganida investitsiyalarga xarajatlar miqdori qanchalik
o‘zgarishini aks ettiruvchi koeffitsientdir. Koeffitsient d > 0, formulada
uning oldida "manfiy" ishora turganligi sababli, egri chiziq pastga qiya
bo‘lib qaragan.
Investitsiyalarga yalpi talab egri chizig‘i investitsiyalarga bo‘lgan
talab miqdorining foiz stavkasiga teskari proporsional bog‘liqikda
ekanligini aks ettiradi (10.2.1-a rasm).
Investitsiyalarga yalpi xarajatlar egri chizig‘ining
siljishi avtonom
investitsiya (I) lar miqdorining o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi: ularning
oshishi egri chizziqni o‘ngga, kamayishi esa chap tomonga qarab siljitadi.
Bu o‘zgarishlarni odatda keynscha yo‘nalish vakillari investorlar
investitsiya
xarajatlarining
kutilayotgan sof foyda me’yorini
baholashlaridagi pessimistik yoki optimistik kayfiyatlari bilan
bog‘laydilar. Avtonom investitsiyalar darajasi oshishining oqibatlari
10.2.1-b rasmda I ning o‘nga, ya’ni I’ gacha siljishiga sabab bo‘ladi.