102
10-BOB.
TOVAR VA PUL BOZORLARINING O‘ZARO
BOG‘LIQLIGI TAHLILI
10.1. Tovar va pul bozorlarining o‘zaro bog‘liqligi.
IS-LM modeli va uning mohiyati
IS-LM modeli o‘zida tovar va pul bozorlarining o‘zaro birgalikdagi
muvozanatini aks ettiradi. U keynscha turdagi model bo‘lib (demand-
side), iqtisodiyotni qisqa muddatda o‘rganadi va zamonaviy yalpi talab
nazariyasining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
IS-LM modeli: 1) tovar va pullar bozorlarining o‘zaro bog‘liqligini
ko‘rish; 2) birgalikdagi muvozanat holatida va har bir alohida bozorda
ularning muvozanatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 3)
ushbu
bozorlarda muvozanat o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rish; 4)
fiskal va pul-kredit siyosatlari samaradorligi tahlilini amalga oshirish; 5)
yalpi talabga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash; 6) davriy
tebranishning har bir fazasida barqarorlashtirish
siyosatining turli xil
yo‘llarini tahlil etish imkonini beradi.
IS-LM modeli oddiy keynscha modelning barcha shartlarini saqlab
qoladi:
1) narxlar darajasi o‘zgarmas, ya’ni (R=const) va u ekzogen kattalik
hisoblanadi, shuning uchun barcha o‘zgaruvchilarning nominal va real
qiymatlari o‘zaro mos keladi;
2) yalpi taklif absolyut elastik (ishlab chiqarish hajmi) va har qanday
hajmdagi yalpi
talabni qanoatlantira oladi;
3) daromad (Y), iste’mol (C), investitsiyalar (I), sof eksport (X
n
)
endogen o‘zgaruvchilar hisoblanadi va model ichkarisida aniqlanadi;
4) davlat xarajatlari (G), pul taklifi (M), soliq stavkasi (t) ekzogen
o‘zgaruvchilar hisoblanadi va modeldan
tashqarida shakllanadi
(tashqaridan kiritiladi).
5) YaIM=SIM=MD, chunki soliqlarni faqat uy xo‘jaliklari to‘laydilar
va biznesga egri soliqlar mavjud emas.
Ammo bunda aytish kerakki, faqat foiz stavkasining o‘zgarmasligi
(doimiyligi) sharti bundan istisno, agar «keyns-xochi»da
foiz stavkasi
R=const va ekzogen ko‘rsatkich bo‘lgan bo‘lsa, IS-LM modelida u endi
endogen ko‘rsatkich hisoblanadi va model ichida shakllanadi; uning
darajasi pul bozoridagi vaziyat (muvozanat)ga qarab o‘zgaradi va
103
aniqlanadi, rejalashtirilgan avtonom xarajatlar foiz stavkasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: