192
yog‘och qipig‘iga adsorbsiyalangan mikroorganizmlarga asoslangan edi.
Hujayralarni immobillash fermentlarni immobillash metodi bilan juda yaqin.
Kimyoviy immobillash metodi faollashtirilgan tashuvchi bilan kovalent
bog‘lar hosil qilishga asoslangan.
Xujayralar immobirizatsiyasining fizikaviy metodlari esa, adsorbsiya va
agregatsiyadir.
Hujayralarni
turli gellar, membranalar, tolalarga kiritish yo‘li bilan
immobillash kimyoviy va fizikaviy o‘zaro ta’sirlanishlarga asoslangan. Kimyoviy
metodlar boshqa metodlarga nisbatan kam ishlatiladi. Hujayralar ko‘proq gellar,
membranalar va tolalarga kiritiladi. Bunday usullari
bilan immobillangan
hujayralar uzoq vaqt davomida, o‘zinig xayot faoliyatini saqlab qoladi va ozuqa
muhitida ko‘paya oladi. Immobillangan hujayralarning biokatalitik faolligi hozirgi
vaqtda fan va texnikaning turli tarmoqlarida ishlatilib kelinmoqda, xususan:
aminokislotlar, organik kislotalar, antibiotiklar, steroidlar, uglevodlar,
uglevodorodlar, nukleotidlar va nukleozidlar kabi birikmalarning biosintezi va
transformatsiyasida;
pivo va vino ishlab chiqarishda;
oqava va tabiiy suv havzalarini tozalashda;
oqava suvlarni metallardan tozalashda;
quyosh energiyasining assimilyatsiyasida;
vodorodli quyosh elementlarini tayyorlashda;
azotfiksatsiyada;
analitik maqsadlarda elektrodlar tayyorlashda.
Mikroorganizm
hujayralarini
immobillash,
ayniqsa,
ular
asosida
aminokislotalar, organik kislotalar va antibiotiklarni sintezlash bo‘yicha,
yapon
olimlari tomonidan ko‘plab ishlar qilingan. Moskva davlat universitetida
asparagin kislotasini olish metodi yaratilgan. Poliakrilamid gelga kiritilgan
E.coli
hujayralari asparagin kislotasini olish uchun juda qulaydir.
Mikroorganizmlardan tashqari, fiziologik faol
birikmalarni sintezlash
maqsadida o‘simlik va hayvon hujayralarini ham immobillash mumkin.
Hozirda hujayra organellarini immobillash bo‘yicha ham katta ishlar olib
borilmoqda. Bu esa, biotexnologiyaning immobillangan hujayralarni qo‘llash bilan
bog‘liq yo‘nalishining naqadar istiqbolli ekanligini isbotlaydi.
Dostları ilə paylaş: