199
saqlash xususiyatiga ega bo‘lgan toza qurilish materiallarini olish texnologiyalarini
ishlab chiqish ustida ham samarali tadqiqotlar olib bormoqdalar va ba’zi-bir
yutuqlarga ham erishganlar..
Quyosh nurining energiyaga aylanishi
.
1960-yylarning boshlarida ismaloq
bargidan ajratib olingan xloroplastlar elektronlarning sun’iy donori va bakterial
ekstrakt ishtirokida vodorod hosil qilishi aniqlangan.
ye
-
ye
-
ye-
Elektron donori → Fotosistema I → elektronlarni tashuvchi→
N
+
gidrogenaza → N
2
Keyinchalik esa ismaloq ekstrakti va tarkibida gidrogenaza bo‘lgan bakterial
ekstraktlar, ko‘rinadigan nur bilan nurlantirilganda, vodorod ajratishi mumkinligi
aniqlangan. Bunday holda xloroplastning I va II fotoximik sistemalari ishtirok
etadi.
Clostridium
dan ajratib olingan gidrogenaza fermenti kislorodga nisbatan
sezgir bo‘lib, kislorodli muhitda o‘z faoliyatini yo‘qotadi. Shuning uchun suv
fotolizi natijasida ajraladigan kislorodni yo‘qotish maqsadida reaksiya azotli
muhitda olib boriladi.
Bu yo‘l bilan energiya olish bir qancha afzalliklarga ega:
Fotoliz substrati ko‘p miqdorda ekanligi;
Energiya manbai cheklanmaganligi (quyosh energiyasi);
Mahsulot (vodorod)ni atmosferani ifloslantirmasdan saqlash mumkinligi;
Jarayonni tiklash mumkinligi;
Oraliq toksik mahsulotlar hosil bo‘lmasligi va normal xaroratda olib
borilishi .
Ko‘p miqdorda energiya olish uchun kislorodga nisbatan kamroq sezgirlikka
ega bo‘lgan gidrogenazalarni tanlab olish kerak. Masalan,
Alcaligenes
bakteriyasidan olingan gidrogenazalar, aralashmadan vodorodning sekin hosil
bo‘lish reaksiyasini kataliz qiladi.
Dostları ilə paylaş: