Zaruratining tahlili


SHAMOL ENERGIYASI VA UNDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/22
tarix16.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#156356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
ENERGETIKA kafedrasi Maqolalar

SHAMOL ENERGIYASI VA UNDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Qayumov Ozod Istamovich 
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar
universiteti “Energetika” kafedrasi 7-22E guruh talabasi
Ilmiy rahbar: Shirinov S.G‟. 
Annotatsiya.
Shamol energiyasi juda katta masshtabda, sanoat va qishloq 
xo„jaligida ko„llanib kelingan. Shamol energiyasidan foydalanish bo„yicha olib 
borilayotgan xozirgi ishlar, alohida katta quvvatli shamol generatorlarini yaratish va 
ularning energiyasini ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq sifatida 
foydalanishdan 
iboratdir. 
Shamollarning 
yillik 
nazariy 
zahirasi 
yer 
yuzidagi 
barchaenergiya zahiralardan 100 marta ortiq bo„lib, 3300 x 10 kVt/ soatni tashkil qiladi.
Kalit so’zlar: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari, havo oqimi shamol energiyasi 
quvvati 
Shamol

bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o„zgarib turishi 
natijasida havo massasining harakatidir.Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 
m/s dan kam bo„lmasa shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Shamol elektrogene
ratorlari an‟anaviy generatorlardan 2 - 4 barobar qimmatdir. Ammo 
shamol energiyasi doimiy bo„lgan ba‟zi bir regionlarda u muhim energiya manbalaridan 
hisoblanadi. Odatda shamol energiyasi shamolga perpendikulyar joylashgan ma‟lum 
maydon ta‟siri orqali aniqlanadi ya‟ni
F
V
q
N
oqimi
sham




0049
,
0
.
Bu yerda: q 
–havoning zichligi(temperature va atmosfera bosimiga nisbatan), 
kg/m
3
; V-havo oqimining tezligi, m/s; F-maydon yuzasi, m
2
Shamol energetik qurilmasi uzatayotgan energiya miqdori, havo oqimi hosil 
qiladigan energiya miqdoridan tubdan farq qiladi. Chunki havo oqimi energiyasining bir 
qismi shamol g„ildiragi parraklarida, reduktor va generatorlarda isrof bo„ladi. Isrof 
bo„lgan energiya miqdori, shamol energiyasidan foydalanish koeffitsienti bilan hisobga 
olinadi. SHamolga perpendikulyar joylashgan maydon yuzasini shamol g„ildiragi 
diametri bilan belgilab, shamol energetik qurilmasining quvvatini quyidagi formulada 
hisoblash mumkin.
gen
red
par
quril
en
sham
D
V
q
N










2
.
.
00386
,
0
Bu erda: D-
ish g„ildiragi diametri, m; 
η
red
. va η
gen
. - reduktor va generatorning foydali ish koeffitsientlari; 
ξ
par
.-
parraklarda isrof bo„lgan havo oqimi energiyasi. 
Hisoblarga ko„ra, parrakli shamol dvigatellaring shamol energiyasidan 
foydalanish koeffitsienti 48 % gacha bo„lishi mumkin, shamol qurilmalari-ning umumiy 


foydali ish koeffitsienti undan ham kichikroq bo„ladi. 
Shamolga perpendikulyar bo„lib asosan, shamol qurilmalarinig parraklari 
joylashadi. Shamol qurilmasi 
quvvatini parraklar soni emas balki, ish g„ildiragi diametri 
belgilaydi. 1-
rasmda shamol qurilmasi ish g„ildiragi diametri bilan uning quvvati 
orasidagi bog„lanish grafigi ko„rsatilgan. 
Shamol agregatining quvvati, shamol tezligiga to„g„ri, ish g„ildiragi parraklari 
soniga teskari proporsionaldir.
(
)
Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish, shamol 
elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol qurilmalarining 
yig„indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi. SHamol qurilmalarining asosiy ishchi 
qismi, shamol g„ildiragi hisoblanadi. 
Shamol g„ildiraklarining qanotli, karuselli va barabanli turlari mavjud. Shamol 
elektrostansiyalarida asosan eng samarali bo„lgan qanotli shamol g„ildiraklari 
qo„llaniladi (2-rasm). 
1-rasm
. Shamol qurilmasi ish g„ildiragi diametri bilan uning quvvati orasidagi 
bog„lanish grafigi. 


2-rasm
. Quyosh shamol g‟ildiraklarining ko‟rinishi 
Shuni esda tutish lozimki, shamol g„ildiragi tomonidan qabul qilinayotgan shamol soni 
hech qanday ahamiyatga ega emas. Hozirgi kunda ish g„ildiragi diametri 1,0-64 m 
bo„lgan shamol qurilmalari mavjud. 
Ko„pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 m/s dan yuqori tezlikdagi shamol 
yordamida ishlaydi. Shamol generatorlari 8-25 m/s tezlikda esadigan shamol 
yordamida maksimall quvvatga ega 
bo„ladi. 
Odatda 
shamol 
generatorlarining 
maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkil qiladi. 
Shamol energetikasi ekalogik toza energiya manbaidir. Ammo shamol 
elektrostansiyalariuchun judakatta hududlar zarur (shamol energetik qurilmalarining bir 

biridan uzoqda joylashishi va ular orasidagi masofa ish g„ildiragi diametrining 6-18 
barobariga teng bo„lishi kerak). Masalan, ish g„ildiragi D = 100 m bo„lgan shamol 
energetik qurilmasi uchun 5-7 km hudud kerak. Butun boshli shamol elektr stansiyasi 
uchun esa o„nlab km hudud zarur. Boshqa bir noqulay tarafi - ish g„ildiragi shovqin 
chiqarib va havoni tebratib ishlashi natijasida tele va radio eshittirishlarga xalaqit 
beriladi. 
Shamol energiya
sidan foydalanish bo„yicha Germaniya birinchi o„rnini egallab kelmoqda. 
Bu mamlakatda shamol energiyasini ishlab chiqarish yiliga 500 - 1500 MVt ga 
ko„paymoqda, hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan energiya miqdori 2 mln.kVt/soatdan 
oshib ketdi 
Xulosa 
Biz 
shamol elektr stansiyasidan foydalanish shamol generatorlarining qimmat bo‟lishiga 
qaramasdan elektr energiyasi yetkazish qiyin bo‟lgan shamolli hududlar uchun ancha 
muhim hisoblanadi. Bundan tashqari shamol energiyasi ekologiyaga salbiy ta‟sir 
ko‟rsatmaydi. Shamol elektr stansiyasining foydali ish koeffisenti 48 foizgach yetishi muqobil 
energiya manbalari orasida ajralib turadi. 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin