AKKUMULYATOR BATAREYALARINI ZARYADLASH-RAZRYADLASHDA
BOSHQARILUVCHI TIRISTORLARNING AC/DC GA O’ZGARTIRISHINI TAHLIL
QILISH.
Rustamov Jahongir Zafar o„g„li
Navoiy davlat konchilik va texnalogiyalari
unversiteti
“Energetika” kafedrasi 3-20 E guruh
lmiy rahbar: M.K. Sayidov
Annotatsiya:
Mazkur maqolada akkumulyator batareyalarini zaryalashda
razryadlashda tiristorlarning AC/DC o„zgartirilishi bo‟yicha ba‟zi muommolar o‟rganilib
uning yechimlari ko‟rilgan., Tiristorlar
asosan avtomatik sestimalarda, elektronikada,
to‟girlagichlarda keng qo‟llanilib kelinmoqda.
Kalit so’zlar:
Tiristor, konvertor, diod,
akkumulyator batareyasi, avtonom
invertor, to‟g‟irlagich, komutatsiya, kondensator, dinistor, trinistor, simistor.
Tiristor deb p va n o‟tkazuvchanlik turlarining ketma ket o‟zgaruvchan sohalarida
tashkil topgan to‟rt qatlamli yarim o‟tkazgich qurilmasiga aytiladi.
Tiristorlarning asosiy
xususiyati shundaki, ular ochiq va yopiq holatda bo‟lishi mumkin. Birinchi tiristorlar bu
dinistorlardir.
Dinistor-bu, yoki boshqarilmaydigan diod uzib ulagichlardir.
Trinistor- boshqariladigan diod ulab diodli tiristorlardir uzgichlardir.
Simistorlar- bu simmetrik tiristorlardir.
1-rasm.
Tiristorning strukturaviy tuzilishi
Boshqaruvchi tok qancha ko‟p bo‟lsa, tiristorning ochadigan
kuchlanishi qiymati
shuncha past buladi. Tiristor bir necha mks larda ochilishi yoki yopilishi mumkn.
Ochilishidan keyin boshqaruvchi elkektrod tiristorining ishiga hech qanday ta‟sir qila
olmagan
i uchun, qisqa muddatli impuls yetarli buladi. Tiristorlar elektr o‟zgartirgichlarda
ventil, avtomatik boshqarish tizimining ijrochi va kuchaytiruvchi elementlarida, elektron
qurilmalarda va statik o‟zgartirgichlarda qo‟llaniladi.
Batareyani razryadi. Batareyaga statsionar texnik xizmat ko'rsatish
vaqtida
texnologik jarayonning ajralmas qismi uning zaryadsizlanishi hisoblanadi. Bunday holda,
kirishga batareya ulanadi va chiqishga tartibga solinmagan qarshilik ulanadi. Barcha
holatlarda batareyani zaryadsizlantirish energiyasi
issiqlik shaklida chiqariladi, ya'ni
befoyda yo'qoladi va hatto uni majburiy olib qo'yish uchun qo'shimcha energiya
xarajatlarini talab qiladi. Quvvat qismi tiristorlairda ishlab chiqarilgan statik konvertor
nafaqat o'zgaruvchan tokni to'g'rilash
rejimida, balki batareyaning zaryadsizlanishi
energiyasi o‟zgaruvchan tok tarmog'iga qaytarladigan invertor rejimida ham ishlashga
imkon beradi. To'g'rilash rejimida transformatorning ikkilamchi o'rami EYuK bilan elektr
energiyasining manbayi bo'lib, EYuK ga ega bo'lgan batareya
doimiy tok pallasiga
kiradi. Invertor rejimida batareya elektr energiyasi manbayi sifatida ishlaydi va
transformatorning ikkilamchi o'rami energiya qabul qiluvchisi bo'lib, uni o‟zgaruvchan tok
tarmog'iga uzatadi. Energ
iyani doimiy tok manbayidan o‟zgaruvchan tok qabul qilgichga
o'tkazish uchun EYuK kattaroq bo'lishi va zaryad olayotganda tok doimiy oqim zanjiri
orqali uning yo'nalishiga teskari yo'nalishda oqishi kerak. Ushbu rejim invertor stall deb
ataladi va favqulodda holat hisoblanadi. Shuning uchun nazoratsiz
diodli rektifikatorlar
invertor rejimida ishlay olmaydi. Tiristorli to‟g‟irlagich. Diodli to‟g„irlagichlarda
to‟g‟rilangan kuchlanishni rostlash uchun o‟zgaruvchan tok zanjirida avtotransformator
yoki to‟g‟irlangan tok zanjirida reostat yordamida kuchlanishni o‟zgartirish kerak. Elektr
energiya ko‟p isrof bo‟lgani uchun ikkala usulning foydali ish koeffitsiyenti past bo‟ladi.
Shu sababli, hozirda tiristorli boshqaruvchi to‟g‟irlagichlar juda keng tarqalgan.
a) sxema, b) tok va kuchlanishlari grafiklari.
Dostları ilə paylaş: