Strategik menejment kompaniyaning o’zoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga
ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq
vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada
menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib
xizmat qiladi
2
.
Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat:
- Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish;
- Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish;
- undagi ichki vaziyatni tahlil qilish;
- Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab
chiqish;
- diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish;
- uning tashkiliy strukturasini loyihalash;
- integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash;
- «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish,
- Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel-atvor meyorlarni
belgilash,
- kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash,
- strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish.
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda
foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir.
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli
vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish
strategik rejani tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: