5) bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga
zarar yetkaza oladimi,
agar yetkaza olsa qanday zarar yetkaza oladi;
6) kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni
tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;
7) bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;
8) kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha
choralar
ko’rish lozimmi;
Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom
ettirgani ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob
beradi.
Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi
barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat taxhliliga
tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
- mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?
- mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi
muvaffaqiyat omillari bilan
qanchalik kuchli bog’liq?
- mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan
qanchalik yaxshi ximoyalangan?
- mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay
oladimi?
- kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?
- kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash,
ijobiy imkoniyatlarni
ko’paytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora-
tadbirlarni amalga oshirish kerakmi?
Dostları ilə paylaş: