5.2.Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydalanish Raqobat ustunligiga deyarli xar doim muvaffakiyatli xujumkor strategik
xarakatlar xisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta’minlash uchun muvaffakiyatli
xujumkor strategiyaga qancha vakt talab etilishi tarmoqdagi raqobat tavsifiga bog’liq.
Ustunlikni ta’minlash vakti kiska bo’lishi, xizmat ko’rsatish sohasidagi kabi,
murakkab texnologik jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha
davomli bo’lishi xam mumkin. Ideal darajada sozlangan xarakatlar mikyosi ancha
katta bo’lgan ( masalan, yangi kimmatbaho dorining patentiga farmatsevtikada ega
bo’lish sezilarli ustunlikni ta’minlaydi) yoki uncha katta bo’lmagan (masalan,
tikuvchilik sanoatida. Bunda kiyimlarning yangi modadagi fasonlari osongina
o’zlashtirilishi mumkin, nusxa kuchirish orkali) raqobat ustunligini yaratishi mumkin.
Muvaffakiyatli xujumdan sung «mevalarning samarasini» kurish davri keladi. Bu
davrning davomiyligi esa rakiblarga yuqotilgan pozitsiyalarni qaytarib olish uchun
xujumga utishga qancha vakt kerak bo’lishiga bog’liqdir.
Rakiblar Korxona yaratgan ustunlikka karshi jiddiy karshi xujum boshlashlari
bilan uning yemirilishi boshlanadi. Egallangan mavkeini saklab kolish uchun Korxona
ikkinchi strategik xujumni amalga oshirishi kerak. Uning fundamentini esa raqobatchi
ustunlikka erishish maqsadida kurashni kuchaytirgan paytlarida xujumga utishga
tayyor turish uchun «mevalarni samarasini» kurish davrida ko’rib kuyish kerak
bo’ladi. Raqobat ustunligini saklab turish uchun Korxona rakiblardan bir bosh baland
bo’lishi kerak. Bozordagi o’zining pozitsiyasini mustaxkamlash uchun ketma-ket
strategik xujumlar uyushtirishi va xaridorlarning moyilligini saklab turishi lozim.
Xujumkor strategiyaning oltita asosiy turi ajratiladi
34
:
33
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.181
34
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.184
63
1.
Raqobatchining kuchli tomonlariga qarshilik ko’rsatish yoki ulardan o’zib
ketishga qaratilgan xarakatlar.
1.
Raqobatchining zaif tomonlaridan foydalanishga qaratilgan xarakatlar.
2.
Bir nechta frontlarda bir vaqtda xujumga o’tish.