Namangan muhandislik pedagogika isntituti "menejment" kafedrasi ismatov r. O., Ahmedov o. T


Ikkinchi darajali o’rinda bo’lgan korxonalar strategiyasi



Yüklə 10,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/147
tarix17.10.2023
ölçüsü10,68 Mb.
#156681
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   147
strategik menejment

6.7. Ikkinchi darajali o’rinda bo’lgan korxonalar strategiyasi 
Ikkinchi darajali o’rinda bo’lgan korxonalar bozorda tarmoqning ilg’orlariga 
nisbatan ancha zaif pozitsiyasiga ega bo’ladilar. Ularning ba’zilari tirishqoq, 
serg’ayratlikka da’vogar bo’ladilar va sozlangan strategiyalardan o’z pozitsiyalarini 
mustaxkamlashda, bozordagi ulushini kengaytirishda foydalanadilar. Ular ancha 
chapdast bo’ladilar va quyidagi yondoshuvlardan xar qanaqasini qo’llay oladilar. 
1. Vakant uya strategiyasi. 
2. Mutaxassis strategiyasi. 
3. Korxonaning «bizda ulardagidan yaxshi» strategiyasi. 
4. «Itoatguy izdosh» strategiya. 
70


5. 
«Ega bo’lish (yoki orttirish) xisobiga o’sish» strategiyasi. 
6. 
Obruga mos strategiya. 
6.8.Muvaffakiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar 
 
Raqobat mavqei yomonlashayotgan korxona o’z siyosatini turtta asosiy 
strategik imkoniyatlardan kelib chikib kuradi. Korxonada moliya mablaglari mavjud 
bo’lsa, u kuyidagi strategiyani amalga oshirishi mumkin. 

Aylanma xujum strategiyasi.

Ximoya va mustaxkamlash strategiyasi. 

Tezlik bilan chekinish strategiyasi. 

«Xosil yig’ish» strategiyasi. 
Bunday korxonalar jozibasiz tarmoqlarda «xosil yig’ish» dan pul 
mablag’larini daromadli sohalarga yunaltiradilar. 
 
Muvaffaqiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar 
quyidagilardan iborat: 
1) Strategiya ishlab chiqish va uni amalga oshirishda korxonaning raqobat 
mavqeini o’zoq muddatga kuchaytirish imkonini beradigan xarakatlarga aloxida etibor 
bering.
 
2) SHuni bilingki, izchillik bilan aniq ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan 
raqobat strategiyasi korxonaga obro’ keltiradi va uning tarmoqdagi mavqeini tan 
oldiradi. Bir laxzalik bozor imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan o’zgaruvchan 
strategiya esa yo’zaki natijalar beradi.
3) Pastroq xarajatlar va kengroq tabaqalashtirish o’rtasidagi murosasozlikka 
asoslangan, «yo’lning yarmisida to’xtab qolgan» strategiyalardan o’zoqroq bo’ling.
 
4) 
Mablag’larni mustaxkam bozor ustunliklari yaratishga sarflang. 
5) 
Raqobat ustunliklari yaratish uchun agressiv xujum taktikasini va ularni 
ximoya qilish uchun qat’iy ximoya taktikasini qo’llang. 
6) 
Eng qulay sharoitlardagina muvoffaqiyat keltirishi mumkin bo’lgan 
strategiyalardan qoching. 
7) 
Korxonaga manevr imkoniyatlari qoldirmaydigan qattiq strategiya 
qo’llayotganda extiyot bo’ling, chunki tez o’zgaruvchan bozor sharoiti barcha 
xarakatlaringizni yo’qqa chiqarishi mumkin. 
8) 
Raqiblar xarakatiga yetarli baho bermaslikka yo’l qo’ymang. 
9) 
Salobatli raqobat ustunligi va yetarli moliyaviy ta’minot bo’lmasa kuchli 
raqiblarga xujum qilmang. 
10) 
Kuchli raqibdan ko’ra kuchsiz raqibga xujum qilish foydaliroq ekanligini 
biling. 
11) 
Xarajatlar bo’yicha yetarli ustunlikka ega bo’lmay turib baholarni 
pasaytirmang. 
12) 
Raqiblarning bozordagi o’rnini bisib olishga qaratilgan agressiv siyosat 
ularni urush ochishga va «marketingcha» qurollanish poygasini boshlashga turtki 
bo’lishi mumkin. 
13) 
Tabaqalashtirish strategiyasini amalga oshirishda sifat, tovarlardan 
foydalanish va xizmat ko’rsatishda muximroq tafovutlar topishga xarakat qiling. 

Yüklə 10,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin