boshqa mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish xuquqini olish yoki
yana xam past xarajatlarga erishish zaruriyati.
Sanab o’tilgan xar bir holatda dunyo bozoriga chiqish strategiyasi mavjud
sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi raqobat
strategiyalarini ishlab
chiqishga milliy bozorlardagiga qaraganda ancha qattik talablar quyadi. Bir mamlakat
bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farqlariga xaridorlarning didlari,
sotish
kanallari, o’sish istiqbollari, xarakatlantiruvchi kuchlar va raqobatchilarning ta’ziqlari,
milliy bozorlardagi sharoitlardan qanchalik farqlanishi kiradi. Bundan tashqari bunday
farqlarga xalqaro operatsiyalarning turtta xarakterli xususiyatlari xam kiradi.
1. Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini xar-xilligi.
2. Valyuta kurslarining o’zgaruvchanligi.
3. Xukumatlarning savdo siyosati.
4. Xalqaro raqobatning xarakteri.
Xalqaro bozorda raqobat global va ko’p millatli bo’ladi.
Turli milliy bozorlarda
raqobat sharoitlari bir-biri bilan o’zviy bog’langan taqdirda global raqobat mavjud
bo’ladi. Bu esa xaqiqatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global
raqobatning mavjud bo’lish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilg’or
korxonalar o’zaro, bir-birlari bilan raqobat qilishi bilan ifodalanadi. Ko’p
millatli
raqobat davomida korxonalar milliy bozorda ilg’orlik uchun kurashadilar, global
raqobatda esa korxonalar dunyo miqyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar.
Dunyo bozorida korxona faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud bo’ladi:
1. CHet el korxonalariga uning mahsulotini ishlab
chiqarish uchun uning
xususiy texnologiyalaridan foydalanish xuquqini berish.
2. Milliy ishlab chiqarishni mustaxkamlash va xorij bozorlariga tovarlar
chiqarish.
3. Ko’p millatli strategiya tomon yul tutmoq. Bunda korxona o’z faoliyatini
amalga oshirayotgan xar bir davlat uchun aloxida strategiya ishlab chiqadi. Ayni
paytda u mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va raqobat
sharoitlariga mos kelishi
kerak.
4. Past xarajatlar global strategiyasiga yul tutmoq.
5. Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yul tutmoq.
6. Fokuslashgan global strategiyasi tomon yul tutmoq.
Kompaniya mustaxkam mavqega ega bo’lgan va katta foyda olayotgan
mamlakat bozorlari «xazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun eng
daromadli bozor bo’lib xisoblanadi. CHunki yapon qonunchiligi
tomonidan yaratilgan
savdo tusiqlari uni xorijiy raqobatchilardan samarali ximoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: