8. Bozorga moliyaviy jixatdan bakuvvat autsayderlar kirishini kuting. Bu
tarmoqka investitsiyalar kuyishdagi xavf kamayganda mumkin bo’ladi.
9. Kuchli raqobatchilar paydo bo’lishiga tayyorlaning.
Korxona ilgorlik uchun kurashda ilk galabadan keladigan bir dakikalik
manfaatni o’zoq muddatli raqobat ustunligi va bozorda mustaxkam pozitsiya yaratish
extiyoji bilan muvofiqlashtirishi zarur.
6.3.Etuklik bosqichida bo’lgantarmoqlarda raqobat strategiyasi Yangi tarmoqlarning tez sur’atlar bilan o’sishi o’zoq davom etmaydi. Yetuklik
bosqichiga utish davrida, tarmoqning raqobat muxitida sezilarli o’zgarishlar sodir
bo’ladi.
Bo’lar quyidagilar:
1. Istemol talabining pasayishi tarmoqning bozordagi ulushini saqlab qolish
uchun kuchli raqobatni yo’zaga keltiradi.
2. Mijozlar injiqroq bo’lib boradilar va takroriy xaridlarida katta foyda talab
qiladilar.
3. Raqobatko’p xollarda xarajatlarga va xizmat ko’rsatish darajasiga katta ta’sir
ko’rsatadi.
4. Ishlab chiqarish kuvvatlarini kengaytirishda jiddiy muammolar paydo
bo’ladi.
5. Innovatsion jarayon va tovarlarni qo’llashning yangi usullarini izlash
kiyinlashadi.
6.
Xalkaro raqobat kuchayadi.
7.
Tarmoqning daromadliligi pasayadi.
8.
Raqobatning kuchayishi avvalgi raqobatchilarning bir-birga kushilib
ketishlariga va bir-birlarini «yutib» yuborishlariga olib keladi.
Etuklik bosqichi rivojlanib borgan sari korxonalar o’zlarining strategik
xarakatlarini raqobatchilar orasida pozitsiyalarini mustaxkamlashga yunaltiradilar.
Bunda ular kuyidagi vositalardan foydalanadilar:
Parametrik katorlarini kiskartirish.
Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilishga etiborni karatish.
Xarajatlarni kamaytirishga etiborni kuchaytirish.