ularning o’xshashliklari topiladi. Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta
varianti mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan
33
:
1.
Xarajatlar bo’yicha ilgorlik strategiyasi.
Tovar va xizmatlarni ishlab
chiqarishda tula xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi. Bu esa ko’p sonli xaridorni
jalb qiladi.
2.
Keng tabaqalashtirish strategiyasi.
Kompaniya tovarlariga
raqobatchi
Korxonalar tovarlaridan fark qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga karatilgan.
Bu xam xaridorlarni jalb etishga yordam beradi.
3.
Optimal xarajatlar strategiyasi.
Xaridorlarga past xarajatlar va mahsulotni
keng tabaqalashtirishni uygunlashtirish xisobiga kimmatli tovar olish imkoniyatini
beradi. Asosiy vazifa uxshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat
va past baholarni ta’minlashdan iboratdir.
4.
Fokuslangan strategiya
. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo’lib,
xaridorlarning tor segmentiga yunaltiriladi. Bunda Korxona o’z raqobatchilaridan
ancha past baholar xisobiga utib ketadi.
5.
Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor
uyasi strategiyasi
. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar
namoyondalarini ularning
did va talablariga yanada tularok javob beradigan tovar va xizmatlar bilan
ta’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: