Mashq
54
М
P 1.
Тrener auditoriyaga “Hikoyani gapirib ber” topshirig’ini bajarishni
taklif qiladi.
Ishtirokchilarning har biri 5 daqiqada juda qisqa ravishda, 5-6 jumla
ichida, hayotidagi istalgan bir kichik voqeani tasvirlaydi. Bu biron bir
harakat, hodisa, vaziyat yoki voqea bo'lishi mumkin.
Vaqt o'tganidan keyin trener 3-4 ishtirokchini mini-hikoyalarini
o'qishga taklif qiladi. (Trener izoh berishi mumkin, biroz hazillashishi
mumkin. Tomoshabinlarda ijobiy hissiy muhitni yaratish juda muhimdir.
Bu asosiy fikrlardan biri).
Ishtirokchilarning chiqishlaridan so'ng, murabbiy ma'ruzachilarning
biridan (Ishtirokchi A) hikoyasi yozilgan varaqni so'raydi va ushbu
hikoyani o'ziga xos tarzda o'qish uchun ruxsat so'raydi. (Eng aniq faktli
hikoya tanlanadi. Buning uchun bilvosita tanlov qilish imkoniyati paydo
bo'lishi uchun bir nechta ishtirokchilarning oldindan taqdimoti zarur.
Ushbu payt muhim hisoblanadi, chunki darsning keyingi bosqichi
tanlangan hikoya asosida quriladi) .
Trener tinglovchilarga tafsilotlarni eslatib turish uchun yana
ishtirokchining haqiqiy hikoyasini o'qiydi va Ishtirokchi A kabi tarzda
e'tiborni qaratadi.
Masalan, haqiqiy voqeaning versiyasi shunday ko'rinishi mumkin
(trener voqeani birinchi shaxsda emas, balki uchinchi shaxsda o'qiydi):
«Temur skeytbordga qiziqishni boshladi va o'zi uchun professional
skeytbord sotib olishga qaror qildi. Ota-onasidan qo'shimcha mablag'
so'ramaslik uchun u cho'ntak pullarini tejab, promouter yoki kuryer
sifatida ishlay boshladi. Yig'ish uchun ozgina miqdor qolganida,
qo'shimcha ishlari yaxshi yurishmay qoldi.
Bir marta Temur do'konda xaridorlardan birining hamyoni qanday
tushib ketganini ko'rdi. Buni odamning o'zi ham, boshqa xaridorlar ham
payqamadi. Temur hamyonni oldi. Ichida katta miqdorda pul bor ekan.
Birinchi bo'lib hayoliga hammasini o'ziga qoldirish fikri keldi. Skeytbord
uchun shunda mablag'i yetib qolardi. Ammo u shubhalandi va Temur
xaridorga yetib borib, hamyonini qaytarib berdi. U juda xursand bo'ldi va
shu zahotiyoq minnatdorchilik belgisi sifatida hamyonidan pulni
chiqardi. Ushbu pul kerakli skeyt sotib olish uchun etarli edi».
|