Toponimika va geografik terminshunoslik


Afsonaviy va diniy nomlar



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
10. Afsonaviy va diniy nomlar
. Geografik xaritalarda o'sha joyga 
hech qanday aloqasi bo'lmagan nomlar ham uchraydi. Bunday nomlar 
kishilarning eshitgan ertak, hikoyalari, o'qigan kitoblari qahramonlari
afsonaviy mahluqlar nomlari bilan bog'liq holda vujudga keladi. Bunday 
nomlarga O'sh shahridagi Taxti Sulaymon, Toshkentdagi Kaykovus arig'i, 
Shri - Lankadagi Odamota tog'i, Uraldagi Shaytonmakon, Sirdaryodagi 
Farhod qoyasi, Xorazmdagi Duldulotlagan, Shohimardon, Ohangarondagi 
Ali qoyasi misol bo'ladi. Bunday nomlarni afsonaviy nomlar deyiladi. Aslida 
o'zi yo'q - ku nomi saqlanib qolgan joy nomlari ham afsonaviy nomlar 
hisoblanadi. Sannikov Yeri, Ko'hi Qof, Ya'juz - Ma'juz yeri ana shunday 
nomlardir.
Dinga va din namoyondalari nomlariga, diniy bayramlarga bog'liq 
toponimlar ham ko'p uchraydi. O'zbek tilidagi, umuman turkiy tillardagi 
dinga bog'liq nomlarga ko'pincha
ota, avliyo, bobo, islom, momo, nur, ziyo, 
shayx 
kabi qo'shimchalar qo'shiladi va bunday nomlar aksariyat hollarda 
muayyan shaxslar nomlari bilan bog'langan bo'ladi: Avliyoota, Zangibuva 
(Zangiota), Cho'ponota, Nurota, Shavkatbobo, Oqsoqota, Norakota, 
Surenota, 
Yalong'ochbuva, 
Islomobod, 
Shayx 
Zayniddinbobo, 
Ho'jaalandorbuva, Bibi Mariyam va h.k.
G'arb mamlakatlarida diniy geografik nomlarga odatda
san, sankt, 
svyatoy 
kabi so'zlar qo'shib yoziladi: San - Marino, San - Tome, San -
Fransisko, San - Salvador, Santyago, Sankt - Peterburg, Svyatoy Lavrentiy, 
Svyatoy Nos va b.
11. G'aroyib nomlar. 
Ba'zi bir geografik nomlar g'alati ma'noli, 
kulgili, ayrimlari qo'rqinchli bo'ladi. Toshkent shahrida Xotinko'prik, 
Pushtihammom, Chuvalachi, Yalang'och, Qoryog'di, Padarkush, Injiqobod, 
Jinko'cha, Kallaxona, Kampirdevor, Qonqus, Moxovzor kabi g'aroyib nomli 
ko'cha, mahalla, mavzelar mavjud. Dunyo xaritasida ham g'aroyib nomlarni 
ko'p uchratamiz. G'alati nomlardan Krivoy Rog (egri shoh), Kapri (echki) 
oroli, Kanar (it) orollari, Labbay tog'i, Cho'ntakqishloq, Zolotoy Rog (Oltin 
shoh), qo'rqinchli, vahimali nomlardan Dashti Lut (O'lim dashti), Ajal 
vodiysi, Dashti Margoh (O'lim dashti), Borsakelmas, O'lik dengiz, Jonchiqar 


21
kabi nomlarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Angliyadagi ayrim joy nomlari 
o'zbek tiliga tarjima qilinsa, “Rahming kelsin”, “So'qir kuyovlar”, 
“Qurbaqalar”, “Zo'r Muhabbat”, “Kalamush qal'a”, “Ko'rinmay qoldi” degan 
ma'nolarni beradi. Bunday nomlarni O'zbekistonda ham ko'plab uchratish 
mumkin: 
Ko'kdo'ppi 
(Farg'ona 
viloyatida), 
Og'zikeng, 
Jo'jao'g'ri, 
Kampirchiqdi, Qorko'mdi, G'alcha va boshqalar shular jumlasidandir. 
G'aroyib nomlar qayerda bo'lmasin o'z tarixiga va qandaydir o'ziga hos 
xususiyatiga ega bo'ladi.

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin