22
“q” harfi “k” bilan almashinib qolsa, daryo ko'lga aylanib, joyi o'zgarib
ketadi. Beshariq,
Oltiariq, (Farg'ona viloyatida) aslida Peshariq va Ortariq
bo'lgan. Fonetik o'zgarishlar oqibatida boshqa ma'noli toponimlarga
aylangan. Toponimlarning to'g'ri yozilishi masalasining murakkabligi
shundaki, ular turli tillarda bo'lib, aslida o'sha tillar qoidalariga muvofiq
yoziladi. Boshqa tillarga o'tganda talaffuzida ham, yozilishida ham
o'zgarishlar bo'lishi mumkin.
Ko'pchilik mamlakatlarda geografik nomlarning to'g'ri yozilishiga
katta ahamiyat beriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada geografik
nomlar
komiteti, AQShda geografik kengash, Belgiyada Toponimika va dialektlar
komissiyasi geografik nomlarning to'g'ri yozilishini tartibga solib turadi.
Rossiya Federasiyasida Ensiklopediya Bosh tahririyati toponimlar va
terminlarning to'g'ri yozilishini boshqaradi.
O'zbekistonda Atamalar qo'mitasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari
toponimika komissiyalari mavjud. Shunga qaramay geografik nomlarning
yozilishida chalkashliklar ko'p uchraydi. Geografik nomlarni to'g'ri yozish
juda muhim. Bu xalqning bilim va madaniy saviyasini ko'rsatadi. Kundalik
matbuotda, xususan gazetalar,
jurnallarda, radio va televideniyeda,
darsliklarimiz hamda badiiy adabiyotda mamlakatimizga va chet ellarga doir
minglab geografik nomlar uchraydi. Bularning hammasini ham to'g'ri
ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Hatto davlatlar nomi (shahar,
qishloq va h.klarni qo'yaturaylik) har hil aytiladi, har hil yoziladi. Biri
Olmoniya desa, biri Germaniya, biri Fransiya desa, biri Farangiston deydi,
biri Tursiya desa, yana biri Turkiya deydi.
Ko'pchilik xalqlarda geografik nomlarni yozishda traskripsiya usuli
eng ko'p qo'llaniladi. Transkripsiya deganda geografiyada nomlarni
talaffuziga
qarab yozish, ya'ni quloqqa qanday eshitilgan bo'lsa, shunday
yozish tushuniladi. Toponimikada transkripsiya kengroq ma'noda ham
qo'llaniladi. Bunda geografik nomlar transkripsiyasi deganda talaffuziga
ko'ra yozish ham, tarjima ham, qanday yozish masalasi ham, umuman
geografik nomlar imlosining barcha masalalari nazarda tutiladi. Lekin
geografik nomlarni talaffuziga qarab yozish ko'pincha to'liq bo'lmaydi.
Chunki boshqa tillarda mavjud bo'lgan ba'zi bir harf va tovushlar o'zbek
tilida bo'lmasligi mumkin. Masalan, rus tilidagi щ, ц harflari o'zbek
tilida
yo'q. Yoki o'zbek tilida mavjud bo'lgan q,o',g',h,j rus tilida yo'q. Bunday
hollarda tilida yo'q tovushlar ularga yaqinroq bo'lgan boshqa tovushlar
(harflar) bilan almashtiriladi. Bunday hollarda transkripsiya shartli fonetik
transkripsiya bo'ladi. Chet ellar tillaridagi geografik nomlarni yozishda
ba'zan transliteratsiya usuli qo'llaniladi. Bunda nomlar biron boshqa tildan
ko'chirilganida harfma–harf yozish, ya'ni chet tillar alifbosidagi harflarni
23
o'zimizdagi harflar bilan almashtirilib yoziladi. So'zning qanday talaffuz
qilinishi e'tiborga olinmaydi.
Geografiyada nomlarni yozishning
bir qancha tartib qoidalari
mavjud.
Chet el nomlarini yozishda ko'pincha transkripsiya usuli qo'llaniladi.
Ba'zan transliteratsiya usulidan foydalaniladi. Umuman, har bir geografik
nomni uning mahalliy tildagi asl talaffuziga yaqinlashtirib yozishga harakat
qilinadi. Keyingi yillarda bir qancha nomlarning asli tiklandi.
Qozog'istondagi Shevchenko Oqtov, Olmaota Almati, Qirg'izistondagi
Frunze Bishkek, Tojikistondagi Leninobod Ho'jand deb ataladigan bo'ldi.
Agar biror mamlakat o'z nomini, poytaxti, shahar, qishloq va boshqa
geografik obyektlari nomini o'zgartirishni rasmiy ravishda taklif etsa, o'zbek
tilida ham o'sha nom qabul qilinadi. Masalan;
Dostları ilə paylaş: