2
Ushbu o'quv qo'llanma universitetlar
va pedagogika institutlari
geografiya mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan. Lekin undan umumiy
ta'lim maktablari, akademik litsey va, kollejlarning, geografiya o'qituvchilari
o'z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, u geografik
nomlar va terminlar bilan qiziquvchi va tadqiqotchilar
uchun ham juda
foydali qo'llanma bo'ladi.
Mualliflar:
P.G’ulomov
-
geografiya fanlari nomzodi, dotsent
M.T.Mirakmalov
-
geografiya fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
Sh.S.Zokirov - geografiya fanlari nomzodi, dotsent
I.A.Hasanov - geografiya fanlari nomzodi, dotsent
T.J.Enazarov - filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Muharrir:
T.J.Enazarov - filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Mas’ul
muharrir:
geografiya
fanlari
nomzodi,
dotsent
-
R.Y.Mahamadaliyev
3
So'zboshi
Yer yuzida millionlab geografik nomlar - toponimlar mavjud. Yer
yuzidagi har bir geografik obyekt, hodisa va voqeaning o'z nomi bor. Har bir
dengiz, har bir daryo, har bir tog'u - cho'qqi, har bir shahar, qishloq, har bir
daha, har bir mahalla, ko'cha o'z nomiga ega.
Geografik nomlarga shunday
o'rganib ketganmizki, hatto, ularning mavjudligini ham unutib qo'yamiz.
Faraz
qilaylik, bir zum geografik nomlar yo'qolib qoldi deb: kim qayerga
borishini ham, qayerdan kelayotganini ham, shuningdek qayerda yashashini
ham bilmay qoladi. Geografik nomlar hayotiy zarurat bo'lib qolgan.
Geografik nomlar asosan ikki xil bo'ladi:
ayrim geografik obyektni
bildiruvchi atoqli ot, nom va geografik obyekt hamda voqea, hodisalarning,
umumiy nomini bildiruvchi turdosh otlar. Atoqli geografik nomlar