13
toponomlar deyiladi. Toponomlar barcha xalqlar tillarida ham uchraydi. Bir
qancha tabiiy geografik terminlar geografik nomlardan olingan:
vulqon
O'rta
dengizdagi Vulkano oroli nomidan,
geyzer
Islandiyadagi
Geyzer
deb
ataluvchi buloq nomidan,
karst
Bolqon yarimorolidagi Karst platosi
nomidan, meandra Turkiyadagi Menderes daryosi nomidan,
delta
Nil
daryosi quyiladigan Delta degan joy nomidan kelib chiqqan.
Bu geografik
nomlar geografik terminlarga aylangan. Ba'zan geografik nomlardan
butunlay boshqa ma'nodagi so'zlar paydo bo'ladi.
Bolonya, jersi, boston, krepdeshin, paplin
matolari nomlari joy
nomlaridan iborat. Bolonya va Paplin Italiyadagi shaharlar,
Jersi - Fransiya
shimolidagi shahar, krepdeshin - Xitoy matosi (krep - mato, shin - Chin) va
boshqalar.
Panama
(bosh kiyim) nomi Panama davlati nomidan,
olimpiada,
olimpika
Gretsiyadagi Olimp tog'i nomidan olingan, g'arbiy Yevropadagi
Alp tog'lari nomidan
alpinizm, alpinist, alp o'tloqlari, alp burmalanishi,
alpid
kabi so'zlar olingan.
Ayrim geologik davrlar, burmalanishlar, tabiiy hodisalar nomlari ham
joy nomlaridan olingan. Geologik davrlardan
kembriy
Angliyadagi Uels
viloyatining qadimiy nomi,
ordovik
va
silur
Angliya janubida yashaydigan
qabilalar nomi,
devon
Angliyadagi graflik,
perm
Uraldagi shahar nomi,
gersin
Markaziy Yevropadagi tog'lar nomi va h.k.
Gondvana
Hindistondagi
gond
qabilasi va
Vand
rayoni nomidan olingan.
Lavrosiyo Kanadadagi
Lavrentiya va Osiyo nomlaridan kelib chiqqan.
Bir qancha kimyoviy elementlar joy nomlari bilan ataladi:
fransiy,
skandiy, germaniy, yevropiy, poloniy, kaliforniy.
Ko'pchilik minerallar
topilgan joyi nomi bilan ataladi:
azorit, alebastr, amazonit, arogonit, birmit,
gavanit, labradorit, tanzanit
va boshqalar. Kichik
sayyoralar - asteroidlar
uchtasi
Ukraina, Volga, Sumianna
(Sumi shahri nomidan) deb ataladi.
Ko'pchilik ulug' shaxslarning ismi va taxalluslari ham ular tug'ilgan
yoki yashagan joylar nomlaridan olingan: Muhammad al Xorazmiy, Ahmad
al Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Yassaviy, Dehlaviy, Jomiy,
Sheroziy, Ho'jandiy, Rumiy, Mahmud Torobiy,
Muhammad Narshaxiy,
Rudakiy va boshqalar.
Juda ko'p kemalarga shahar, daryo va boshqa geografik obyektlar
nomlari qo'yilgan: “Volga”, “Vladivostok”, “Toshkent”, “Gruziya”, “Neva”
va boshqaar. Avtomobillar, sovuqxonalar,
kir yuvish mashinalari,
radiopriyomnik va boshqalarga ham joy nomlari qo'yilgan. Bulardan boshqa
ham joy nomlari bilan ataladigan narsalar ko'p. O'zbek tilida joy nomlariga
bog'liq ravishda vujudga kelgan so'zlar juda ko'p. Chunonchi,
makkajo'xori,
qo'qon jo'xori, hisori qo'y, angori echki, qorako'l qo'y, shibirg'oni uzumi,
qurama guruchi, shotut (shom tuti), balx tut, jilon jiyda (Erondagi G'ilon