Birlamchi va ikkilamchi nomlar
- Birlamchi nomlar asl nomlar.
Ikkilamchi nomlar nom ko'chishidan hosil bo'ladi. Masalan: Chirchiq
daryosi, Chirchiq shahri. Nom daryo nomidan shaharga ko'chgan.
Detoponimizatsiya
- geografik nomlarning terminlarga, oddiy
turdosh otlarga aylanishi: Geyzer bulog'i nomidan
geyzer
termini, Vulkan
oroli nomidan
vulqon
termini, Karst rayoni nomidan
karst
termini hosil
bo'lgan va h.k.
Dromonim
- yo'llar bilan bog'liq nomlar: Yangiyo'l, Buyuk Ipak yo'li,
Toshkent - Termiz yo'li.
Ekzonim
- yozilishi va talaffuzi odat (traditsion) bo'lib qolgan
geografik nomlar.
Etnonim nomlar
- xalqlar, qabilalar, urug'lar nomidan kelib chiqqan
geografik nomlar: Malik, Bo'ka, Turkqishloq, Sergeli, O'zbekiston.
Gibrid nomlar
- turli qismlari turli tildagi so'zlardan iborat bo'lgan
murakkab geografik nomlar: Ko'hitangtog', Gugurttog, Taxtapul.
Gidronim
- okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, buloq, quduqlarning
nomi: Sirdaryo, Uchquduq, Qorako'l, G'ovasoy, Volga, Chirchiq va
boshqalar. Gidronimlarning ayrim turlari ham mavjud:
potamonim
-
daryolar, soylar, irmoqlar, kanallarning nomlari;
limnonim
- ko'llar, buloqlar,
hovuzlar va quduqlarning nomlari;
pelagonim
- okeanlar, dengizlar va qo'ltiq
(ko'rfaz) lar nomlari.
Indikator
(toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy
geografik terminlar: qum, tepa, qo'rg'on, daryo, suv , kent va boshqalar.
Makrotoponimlar
- ko'pchilikka ma'lum bo'lgan, tez - tez tilga
olinadigan yirik nomlar: Yevropa, Osiyo, Tyanshan, Tinch okean, Sibir va
boshqalar.
Memorial nomlar
- buyuk kishilar nomi, yirik voqealar bilan bog'liq
bo'lgan nomlar: Navoiy, Beruniy, Vashington, Pushkin, Magellan, G'alaba
cho'qqisi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |