Toponimika va geografik terminshunoslik



Yüklə 445,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix19.10.2023
ölçüsü445,71 Kb.
#157137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Transkripsiya
- geografik nomlarning to'g'ri yozilishini ta’minlovchi 
yozuv usuli.
Toponimikaning rivojlanish tarixidan
Geografik nomlarning ma'nosini, ularning kelib chiqishini
o'zgarishini bilishga qiziqish juda qadim zamonlardan boshlangan. 
Toponimikaga oid ma'lumotlar qadimgi dunyo olimlari asarlarida ko'plab 
uchraydi. Chunonchi, Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”, 
Pomiponiy Melaning “Xorografiya”, Pliniyning “Tabiiy tarix” nomli 
asarlarida ko'pgina toponimik ma'lumotlarni uchratish mumkin.
Sharqda, jumladan, O'rta Osiyoda ham toponimikaga qiziqish 
qadimdan boshlangan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg'u bilig”, Abu Rayhon 
Beruniyning “Qonuni Ma'sudiy”, “Hindiston”, “Saydana”, Mahmud 
Koshg'ariyning “Devonu lug'atit turk”, Ibn Sinoning “Dengiz qirg'oqlari” 


7
asarlarida toponimikaga oid juda ko'p ma'lumotlarni topish mumkin. 
Toponimik ma'lumotlar muallifi noaniq “Hudud al - olam” nomli geografik 
asarda ham mavjud. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari 
mumtoz o'lkashunoslik asari bo'lishi bilan birga unda toponimikaga oid juda 
ko'p ma'lumotlar bor.
X - XI asrlarda yashagan Abu Rayhon Beruniy o'z davrining buyuk 
olimi - astronom, matematik va geograf bo'lgan. U 973 yili 4 sentabrda 
Xorazmdagi Kot (hozirgi Beruniy) shahrining chekkasida tug'ilgan va 1048 
yilda 75 yoshda G'aznada vafot etgan. Uning ilmiy merosi orasida 
toponimikaga oid ma'lumotlar ko'p uchraydi. Uning geografik va toponimik 
merosi “At - Tafhim”, “Qonuni Ma'sudiy”, “Geodeziya”, “Hindiston”, 
“Minerologiya”, “Osori boqiya”, “Saydana” kitoblarida keltirilgan.
Abu 
Rayhon 
Beruniyning 
“Hindiston”
asarida 
toponimika 
qonuniyatlariga oid bir qancha fikrlari mavjud. Chunonchi, yunonlar va 
arablar turkiy so'zlarni buzib, o'z talaffuzlariga moslab ishlatganliklari 
oqibatida ayrim so'zlarning ma'nosi o'zgarib ketganini aytadi. Masalan, 
turkiycha 
tosh
so'zini arablar 
shosh 
deb talaffuz qilishidan ma'no 
o'zgarganini aytadi. “Saydana” kitobida 400 dan ortiq qishloq, tog', daryo, 
shahar va orollarning nomlari tilga olingan. “Qonuni Ma'sudiy” kitobida 603 
ta joy nomi ko'rsatilgan.
Abu Rayhon Beruniy Mo'lton shahri nomiga quyidagicha izoh bergan 
(H.H.Hasanov, 1985): “Mo'ltonning (asl) nomi Koshiyapura edi. Keyin 
Hansapura, keyin Bashapura, keyin Sanbhapura va keyin Mo'lastxona, ya'ni 
“Asl joy” deb nomlanadi; mo'l - “asl”, tona - “joy” demakdir” deydi. 
“Mineralogiya” kitobida konlarning geografik tarqalishi, qaysi toshning 
qaysi tog', qaysi daryo vodiysi va qaysi qishloqdan qazib olinishi haqida 
yozishi bilan birga ayrim tosh, minerallarga izoh ham bergan. Beruniyning 
dunyo xaritasida qirqqa yaqin joy nomlari berilgan.
Muallifi noma'lum “Hudud al - olam” (X asr) kitobida ham geografik 
toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlar ko'p. Bu kitobda Buxoro, 
Farob, Poykent, So'g'd, Tavovis, Karmina, Dabusi, Arbinjon, Kushoniya, 
Samarqand, Kesh, Termiz, Zomin, Jizzax, Farg'ona, Axsikat, Qubo, Shosh, 
Kot va boshqa joylar haqida ma'lumotlar bor.
Zahiriddin Muhammad Boburning (1483 - 1530) “Boburnoma” 
kitobi mumtoz o'lkashunoslik kitobi bo'lishi bilan birga, unda toponimikaga 
va terminshunoslikka oid ma'lumotlar juda ko'p. Xususan Farg'ona 
vodiysidagi geografik nomlar ma'nosi, etimologiyasiga alohida ahamiyat 
berilgan. Andijon, Kandibodom, Isfara, Xo'jand, Ahsi, Xo Darvesh, Sayhun, 
Marg'ilon haqida batafsil ma'lumotlar mavjud.


8
Bulardan tashqari, Abu Hayyon (XIII - XIV asrlar), Jaloliddin Turkiy 
(XIV - XV asrlar), Mirzo Ulug'bek (XIV - XV asrlar), Abulg'ozixon (XVI 
asr), Qori Rahmatulla Buxoriy (Vozix) (XIX asr) asarlarida toponimikaga va 
geografik terminshunoslikka oid ma'lumotlar keltirilgan. Bu jihatdan 
Abulg'ozixonning “Shajarai turk”, Mirzo Ulug'bekning “To'rt ulus tarixi”, 
Qori Rahmatulla Buxoriyning “Xotiralar”, “Sayram risolasi” nomli asarlari 
ayniqsa diqqatga sazovordir.
Mamlakatimizda toponimika va geografik terminshunoslikning XX 
asrdagi rivojlanishida mahalliy tadqiqotchi olimlar bilan birga O'rta Osiyoni 
o'rgangan rus olimlarining ham hissasi katta bo'ldi. Bular orasida 
V.V.Bartold, V.P. Semenov - Tyanshanskiy, E.M. Murzayevlarni alohida 
ko'rsatish mumkin. V.V.Bartold o'zi tarixchi, uning toponimikaga oid 
maxsus ishi yo'q. Toponimik ma'lumotlarining 9 jildli tarixiy asarida 
uchraydi. Uning joy nomlarini tushuntirish sodda, ancha aniq va ko'p fikr-
mulohazalari ishonarlidir. U o'z asalarida mahalliy geografik terminlardan 
yaxshi foydalanadi. Uning 
asarlarida ariq, jo'y, kom, qir, rabod, tarxon, 
to'rtko'l, shahriston, yurt 
kabi terminlar talqinini bergan.
V.V.Bartold hayoti va ilmiy faoliyatining katta bir davri O'rta Osiyo,
xususan O'zbekiston va Toshkent bilan bog'liq. Olimning yaratgan 685 
asaridan 320 nafari, faqat Turkistonga bag'ishlangan...”
1

V.P.Semyonov - Tyanshanskiyning “Aholi punktlarining mahalliy 
nomlarida geografik manzara qanday aks etadi” (1924) asari toponimik 
jihatdan o’quvchida katta qiziqish uyg'otadi. Bu asarda muallif geografik 
nomlarning paydo bo'lishida tabiiy sharoitning ta'siri haqida yozgan.
E.M.Murzayev yirik geograf olim, toponimist. U O'rta Osiyo, Sinjon, 
Mongoliyadagi geografik nomlar va xalq terminlarini o'rgangan. Uning 
“Словарь
народных
географических
терминов” 
(1984) 
asari 
terminshunoslikda katta o'rin tutadi. Unda mahalliy geografik atamalar 
ma'nosini ochib beradi. Uning “Средняя Азия” (1957) kitobida 100 dan 
ortiq geografik nomlarning izohi berilgan. Masalan, Oqsuv, Oloy, 
Amudaryo, Orol, Bodxiz, Darvoz, Qoraqum va boshqalar.
O'rta Osiyo o'lkasidagi geografik nomlarni o'rganishda vengriyalik 
olim Armeniy Vamberiy (1832 - 1913) ning xizmati katta. O'rta Osiyoga 
mahfiy sayohat qilgan bu olimning “Buxoro tarixi”, “Markaziy Osiyoning 
geografik nomlari” kitoblari diqqatga sazovor. Uning lug'atida 600 ga yaqin 
geografik nom va termin berilgan.
O'zbekistonda 
toponimika 
va 
geografik 
terminshunoslikni 
rivojlantirishda H.H.Hasanovning (1919 - 1985) xizmatlari katta. Uning 
1
B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. T., “O'qituvchi”, 1994, 5-11 betlar.


9
toponimikaga oid fikr, mulohaza va ma'lumotlari “O'rta Osiyo joy nomlari 
tarixidan” (1965), “Geografik nomlar imlosi” (1962), “Yer tili” (1977), 
“Geografik nomlar siri” (1985) asarlarida, terminshunoslikka oid ishlari 
“Geografiya 
terminlari 
lug'ati” 
(1964) 
kitobida, 
geografiya 
va 
terminshunoslik tarixiga oid ishlari “O'rta Osiyolik geograf sayyohlar” va 
ko'pdan - ko'p maqolalarida o'z aksini topgan. Bu olimning toponimikaga oid 
kitoblarining ikkinchi qismi izohli lug'atlardan iborat bo'lib, bu mazkur 
asarlarning qiymatini yana ham oshiradi.
O'rta Osiyo o'lkasi, xususan O'zbekiston toponimlarini tadqiq etgan 
yana bir tadqiqotchi S. Qorayevdir. Bu tadqiqotchi toponimlarning 
etimologiyasiga oid ancha ish qilgan. U toponimlarni, xususan 
etnotoponimlarini chuqur o'rgangan. Uning ilmiy xulosalari “Geografik 
nomlar ma'nosi” (1978), “Geografik nomlar ma'nosini bilasizmi?” (1970), 
“Toshkent toponimlari” (1991) kitoblarida bayon etilgan. O'zbekistondagi 
joy nomlarini o'rganish va tadqiq etishda filolog tadqiqotchilardan 
H.Egamov, Z.Do'simov va T.Nafasovlar ishlari ham muhim manba bo'lib 
xizmat qiladi.


10

Yüklə 445,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin