11
Ba'zi geografik joylar nomlari o'sha joylarni tadqiq etgan kishilar
nomiga, ba'zan ekspeditsiya kemalari nomi, ba'zan tadqiqotchining yaqin
kishilari, podshohlar nomi bilan atalishi ham mumkin. Masalan, “Mod”,
“Foka”, “Jannetta”, “Vityaz”, “Arnem” kemalar nomidagi orollar, yerlar bor.
Komandor orollari, Bering bo'g'izi, Dejnev burni, Livingiston sharsharasi va
boshqalar esa kishi ism familiyalari bilan bog'liq.
Bu keltirilgan misollarda geografik nomlarning paydo bo'lishida
qonuniyatlar mavjudligi ko'zga tashlanmaydi. Aslida bir qancha
qonuniyatlar mavjud. Bular quyidagilar:
1. Ko'pgina geografik nomlar til taraqqiyotining dastlabki davrida
oddiy turdosh otlardan iborat bo'lib, keyinchalik, vaqt o'tishi bilan atoqli
otlarga - geografik nomlarga aylanib ketgan. Masalan:
ilgari odamlar
oddiygina suv, soy, daryo, qo'rg'on, kent, ko'l, to'qay deb ataganlar.
Keyinchalik bu oddiy so'zlar geografik nomga aylangan. Bularga Amur,
Jayhun, Don, Edil, Ganga, O'kuz, Nil, Shott nomlari misol bo'ladi.
Hammasining ma'nosi bitta, suv demakdir. Aydar - qir, yayla - yaylov, chink
- jarlik, alp - tog', rio - suv, xingan - tizma va boshqalar.
2. Oddiy so'zlarga, toponimlarga aniqlovchi qo'shish yo'li bilan
geografik nomlar hosil bo'ladi. Bunda aniqlovchi sifat so'z turkumidan,
otdan, sondan, ravishdan, sifatdoshdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan,
sifat qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan toponimlarga Yangiqo'rg'on,
Kattaqo'rg'on, Oqmachit, Ko'kterak, Yangiobod, Qoradaryo, Oqdaryoni
misol qilib keltirish mumkin. Ot qo'shish yo'li bilan Qumqo'rg'on, Toshqal'a,
Taxtako'prik,
Toshkent, Chimkent, Shoshtepa, G'azalkent toponimlari
vujudga kelgan. Son qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan toponimlarga
Yettiterak, Beshqayrag'och, Uchtom, Qo'shtut, Yakkatut kabi toponimlarni
misol qilib ko'rsatish mumkin. Qaynarbuloq, Xo'jabaqirgan, Kuyganyor kabi
toponimlar otga ravishdosh qo'shilishidan hosil bo'lgan.
3. Geografik nomlarning bir obyektdan ikkinchi, ba'zan uchinchi,
to'rtinchi obyektlarga ko'chishi natijasida yangi joy nomlari vujudga keladi.
Masalan,
Sirdaryo daryosi, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Sirdaryo
tumani; Chirchiq daryosi, Chirchiq shahri; Ohangaron shahri, Ohangaron
daryosi;
Zarafshon daryosi, Zarafshon shahri, Farg'ona vodiysi, Farg'ona
viloyati. Ayrim daryolar bo'yidagi shaharlar nomi daryo nomiga suffiks
qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan. Masalan, Angara daryosi - Angarsk shahri,
Tom daryosi - Tomsk shahri, Ij daryosi - Ijevsk shahri, Or daryosi - Orsk
shahri.
4. Ko'pchilik mamlakatlarning nomlari xalqlar nomiga - iya, - iston
suffikslarini qo'shish yo'li bilan hosil bo'lgan: Turkiya, Ispaniya, Finlandiya,
Vengriya, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston va boshqalar.
12
Lekin ayrim davlatlar
nomining yasalishida - iya, suffiksi xalqlar nomiga
emas, balki boshqa so'zlarga ham qo'shilishi mumkin. Masalan, Braziliya
(brazil - o'simlik nomi), Kolumbiya (Kolumb - mashhur sayyoh), Islandiya
(island - muz mamlakati).
5. Geografik obyektlarga nom qo'yishda o'xshatib nomlash ham
mavjud. Bu har xil maqsadlarda bo'lishi mumkin. Chunonchi, Amir Temur
Samarqandning shuhratini oshirish maqsadida poytaxt atrofiga bir qancha
qishloqlar qurib, o'sha vaqtdagi mashhur shaharlar nomini qo'ygan;
Damashq, Parij, Sheroz, Bag'dod, Misr va boshqalar. Bularning ba'zilari
hozir ham nomini saqlab keladi. H.H.Hasanov keltirgan ma'lumotga ko'ra,
Yer yuzida 18 ta Amerika, 13 ta Vengriya, 9 ta Kanada, 5 ta Braziliya, 3 ta
Italiya, 7 ta Venetsiya, 4 ta Praga, 4 ta Kiyev nomlari mavjud ekan.
Amerikada Moskva, Parij, London, Uels,
Nyukasl va boshqa shaharlar
mavjud.
6. Geografik nomlar umumlashtirish yo'li bilan, ya'ni kichik joy
nomini katta hudud yoki obyektga ko'chirish natijasida ham vujudga keladi.
Bunga misol qilib Osiyo nomini keltirish mumkin. Qadimda Osiyo (Osu)
deb Livan, Falastin, Suriya joylashgan kichik hudud atalar edi, keyinchalik
bu nom butun qit'a nomiga aylandi. Hozirgi Tyanshan deb ataladigan
tog'larning umumiy nomi bo'lmagan, har bir tog' tizmasi o'z nomi bilan
Chotqol, Qurama, Ko'kshag'al, Talas, Farg'ona va boshqa nomlar bilan
atalar, faqat Tyanshanning markaziy qismi Tangritog', Xontangri, deb atalar
edi. Xitoylar Tangritog'ni o'z
tiliga tarjima qilib, Tyanshan deb atashgan.
Keyinchalik bu nom butun tog' tizimining umumlashma nomi bo'lib qolgan.
Huddi shunday Yevropa, Afrika nomlari ham umumlashma nomdir.
7. Tarjima qilish yo'li bilan ham shakllanib, yangi nomlar paydo
bo'ladi. Bunday nomlar bir joyda turli xalqlar yashaydigan hududlarda yoki
bir geografik obyekt
(xususan daryo, tog' tizmalari) turli xalqlar
hududlaridan o'tadigan joylarda uchraydi. Bunday geografik nomlarga Qora
dengiz - Chyornoye more, Qorasuv - Siyohrud, Qizilsuv - Surxob, Ilono'tti -
Morguzar, Baliqchi - Рибачье, Movarounnahr - Daryo orasi, Qizil dengiz -
Bahri muhit Ahmar - Kрасное море, Yangikent - Dehinov, Temir Darvoza -
Железное ворота, Shaytonmakon - Чертово городище va boshqalarni
misol qilib keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: