Geografik nomlarning ma'nosi haqida
Geografik nomlarning juda ko'p ekanligi haqida yuqorida aytgan
edik. Joy nomlari qancha bo'lsa, ularning kelib chiqishi tarixi, ma'nosi
haqidagi taxminlar ham shuncha ko'p. Geografik nomlar qaysi xalq tilida
bo'lmasin, ba'zi birlarining ma'nosini osongina tushunsa bo'ladi, ba'zi nomlar
murakkab bo'lib, tushunish qiyin yoki butunlay tushunarsizdir. Ba'zi bir
nomlar ma'nosi tushunarli bo'lib ko'rinsa ham, lekin ancha murakkab bo'ladi.
O'zbek tilidagi rang ko'rsatkichlar -
qora, oq, ko'k, sariq
so'zlari
toponimlar tarkibida kamdan - kam hollarda shu rang ma'nosida qo'llaniladi.
Masalan,
qora
so'zining
yomon yer, sharpa, past, shimol, qorsiz
ma'nolari
mavjud. Joy nomi tarkibida kelganda ham u o'shanday ma'nolarda ishlatilishi
mumkin. Masalan: Qora dengiz - shimoldagi dengiz, Qoratog' - past tog',
Qorasuv - sizot suv, buloq suvi ma'nolarini anglatadi. Toponimlar
tarkibidagi oq so'zi ham oqni anglatmaydi. Chunonchi Oqtog' - qorli
tog',
baland tog', yuksak tog';
Oqtepa -
boyonlar tepasi, oqsuyaklar tepasi,
yorug' tepa
ma'nolarini, Oqqum -
o'simlik bilan mustahkamlanmagan
ko'chma qumni
anglatadi.
Shunga o'xshash toponimlar tarkibida uchraydigan
taxta, xotin,
oydin, ayron
kabi so'zlar ham boshqa ma'nolarda qo'llaniladi. Masalan;
Taxtabozor -
tekis yerdagi bozor
, Xotinko'prik -
tosh ko'prik
, Oydinko'l -
toza suvli, ochiq ko'l,
Ayronko'l -
loyqa suvli ko'l
va boshqalar.
Toponimist olimlar joy nomlarini o'rganib, turli mamlakatlardagi
ko'plab nomlarning paydo bo'lishi, ma'nosi, qanday o'zgarganligini aniqlab
yozgan bo'lsalar ham hali kelib chiqishi, ma'nosi, hatto qaysi tilda ekanligi
noma'lum bo'lgan geografik nomlar juda ko'p. Shularni hisobga olib,
H.H.Hasanov (1985) geografik nomlarni ayon nomlar, ya'ni qaysi tildaligi,
ma'nosi uchun shunday atalganligi o'zidan anglashib turadigan nomlarga va
noayon, ya'ni qaysi tildaligi, ma'nosi, nega shunday atalgani aniqlanmagan
nomlarga ajratadi. Ayirtov, Bog'ishamol, Jarariq, Chuqursoy, Yakkasoroy,
Amerika, Kolumbiya, Volgograd, Avstraliya, Kumushkon, Oltintopgan,
Yangiobod, Tinch okean, Issiqqo'l kabi nomlar ma'nosi ayon nomlardir.
Ayrim joy nomlarining geografik o'rni, ayrim xususiyatlari nomning o'zidan
anglashib turadi; Kavkazorti, Janubiy Olamushuk, O'rta Chirchiq, Rostov -
Don, Janubiy Xitoy dengizi, Zadaryo, Unguzorti qirlari va boshqalar. Lekin
Ladoga, Farg'ona, Romiton, G'ijduvon, Taymir, Kolima va boshqa nomlar
ma'nosi uncha aniq emas.
Toponimlar orasida ba'zan Uchquduq, Beshqo'rg'on, Qo'shtut,
Yettiterak kabi aniq, tushunarli bo'lib ko'rinsa ham, aslida boshqa ma'no
anglatadigan nomlar ham bor, chunonchi Beshariq, Oltiariq aslida Peshariq,
16
Ortariq so'zlaridan kelib chiqib, keyin o'zgargan. Yong'oq, Ko'kterak,
Toshkent, Toldiqo'rg'on, Olmaliq, Belgrad kabi toponimlarda ham noaniqlik
mavjud. Yong'oq degan joyda yong'oqzor bo'lganmi yoki bir tup yong'oq
o'sganmi, Toshkentda shahar paydo bo'lganda hamma binolar toshdan
qurilganmi yoki bir qo’rg’on toshdan bo’lganmi yoki shaharni tosh devor
bilan o'ralganmidi. Bular noaniq.
Dostları ilə paylaş: |