toponimistlar deb,
terminlarni o'rganuvchi mutaxassislar
terminologlar deb ataladi.
Toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlar kishilar bilimini
juda kengaytiradi hamda madaniy saviyasini o'stiradi. Deyarli barcha buyuk
kishilar, allomalar toponimika va terminshunoslikka oid ma'lumotlarga juda
qiziqqan va o'zlari ham fanning bu sohalari bilan shug'ullanganlar.
Geografiya darslarida toponimika va terminshunoslikka oid
ma'lumotlardan foydalanish o'quvchilarning fanga qiziqishini kuchaytiradi
va shu sohada chuqur bilim olishlariga yordam beradi.
I - BO'LIM. TOPONIMIKA Toponimik atamalar va tushunchalar Har bir fanni, shu jumladan toponimikani ham puxta o'rganish uchun
uning atama va tushunchalarini bilish zarur. Toponimikaning o'ziga xos
atama va tushunchalari mavjud. Bularning eng muhimlari quyidagilar:
Abbreviatsiya - geografik nomlarning qisqartirilgan shakli: XXR,
AQSH, MAR, BAM, Donbass, Kuzbass, RF va boshqalar.
Antonim nomlar - bir - biriga teskari ma'noli geografik nomlar:
Oqdaryo - Qoradaryo, Kungay Olatog'i - Terskay Olatog'i, Yuqori Chirchiq -
Quyi Chirchiq, Oqtog' - Qoratog' va boshqalar.
Antroponim nomlar - kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi,
laqamidan olingan nomlar: Navoiy shahri, Beruniy tumani, Iskandarko'l,
Vashington shahri, Suxe - Bator, Pushkino shahri, Amir Temur ko'chasi.
Arealli nomlar - bir xil qo'shimcha yoki topoterminlar ishtirokida
yasalgan geografik nomlar joylashgan hududdagi toponimlar: kent, tepa,
qo'rg'on va boshqa terminlar ishtirokida yasalgan nomlar tarqalgan hudud.
5
Masalan: Toshkent viloyatida kent termini yordamida yasalgan nomlar ko'p:
Alimkent, G'azalkent, Toshkent, Parkent, Zarkent va boshqalar.