28
Abu Rayhon Beruniy “Binket - Shosh shaharlaridan biri”. Turkiycha
nomi Toshkent. Bu qadimgi yunonlarning Burj ul Hijora qal'asi “(Qonuni
Ma'sudi II - jild, 576 - bet)”. Toshkent - tosh qal'a. Ptolemeyning
“Geografiya” kitobida tosh qal'a deyilgan” (“Hindiston”, 271 - bet) deb
yozgan.
Mahmud Koshg'ariy o'zining “Devonu lug'atit turk” kitobida “Tarkon
Shoshning nomi. Shaharning haqiqiy nomi Toshkand, ya'ni toshdan qurilgan
shahar” deb yozadi. (Devonu lug'atit turk, I, 414 - bet). Binobarin, Toshkent
tosh va kent so'zlaridan tuzilgan.
H.H.Hasanov Toshkent nomining tahlili to'g'risida dalillar keltirib,
quyidagicha xulosa qiladi: “Ikki ming yildan ziyodroq davr mobaynida faqat
“tosh” so'zi (so'g'diycha “choch”, grekcha - “petros”, xitoycha - “shi”,
arabcha - “hijora”)
tosh shahar, tog'u tosh etagidagi shahar, tog' daryosi
Chirchiq bo'yidagi shahar sharafini saqlab turibdi. Bu nom ikki ming yil
muqaddam ham ma'lum edi. Uni faqat mahalliy aholining bir qismi Choch,
bir qismi Shosh shaklida yuritgan.
Tarixda Toshkentning Tarkan, Binkent,
Afrosiyob kabi nomlari ham uchraydiki, bular ma'lum davrlardagi
shaharning bir qisminigina bildiradi”.
1
Toshkent shaharida kichik joy nomlari (mikrotoponimlar) juda ko'p.
Faqat ko'chalarning nomi 2000 dan ortiq. Shahardagi joy nomlarini tahlil
qilib, ularni yirik 6 ta guruhga jamlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: